August 31, 2023
Termiz shahar adliya bo`limi YXKM va DXM tomonidan "Tinchlik" MFYda fuqarolarning huquqiy muammolari o`rganildi.
Termiz shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan joriy haftada “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” shiori ostida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida reja-grafiklar asosida uyma-uy yurib aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy tushuntirish berish uchun shahardagi "Tinchlik" mahallasida bo'lib, mahalla raisi, xotin qizlar faoli, hokim yordamchilari va fuqarolarga qonunchilikdagi so'nggi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi hamda aholini qiynab kelayotgan muammoli savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan so'ng adliya xodimlari mahalladagi uylarga tashrib buyurib aholi muammolariga huquqiy yordamlar berildi.