July 17, 2023
Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tashviqot tadbirlari:
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari Vohid Nazarov tomonidan joriy yilning 17-iyul kuni markazga biriktirilgan davlat tashkilotlari, jumladan Termiz shahar moliya bo'limi korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari va uning oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, korrupsiya jinoyati haqida, jumladan pora berish, bora olish uchun Jinoyat kodeksida belgilangan jazolar hamda jamiyat va millat rivojiga katta to'siq bo'lishi tushuntirildi. Uchrashuvlar qiziq va ko'tarinki ruhda o'tdi va suhbat so'ngida xodimlar va YXKM boshlig'i Mansur Turdiyev o'rtasida qiziq savol javob bo'lib o'tdi.