Har kim dam olish huquqiga ega.
Amaldagi mehnat kodeksi bo’yicha ish vaqti davomiyligi haqida eslatib o’tish vazifamiz va burchimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasiga ko’ra, har kim dam olish huquqiga ega.
Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq toʻlanadigan har yilgi mehnat taʼtilini belgilash orqali taʼminlanadi.
MK 182-moddasiga ko’ra, xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas (afsuski haftalik normani "2-3 kunda bajarib qo'yadigan" xodimlar juda ko'pchilikni tashkil qiladi)
MK 185-moddasiga ko’ra, har kungi ishning (smenaning) davomiyligi:
a) o‘ziga nisbatan ish vaqtining normal davomiyligi belgilangan xodimlar uchun:
6 kunlik ish haftasida — 7 soatdan;
5 kunlik ish haftasida — 8 soatdan;
b) 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeksning 416-moddasida belgilangan davomiylikdan;
v) nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeks 427-moddasining ikkinchi qismida belgilangan davomiylikdan;
g) noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun — ushbu Kodeksning 478-moddasida belgilangan davomiylikdan oshishi mumkin emas
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Sanjar Akramov