𝗥𝗼𝗮𝗱 𝘁𝗼 𝗵𝗲𝗹𝗹
Jk— Og‘riyaptimi? — deb so‘radi Jk kichik xonadan chiqib kelib, ko‘rsatkich barmog‘i beso‘naqay qilib bog‘langanini ko‘rgach.
Tae— H-ha... Rahmat, qonash to‘xtadi, — dedi uyalib, uning ko‘ziga qaramasdan.
Qo‘lingni so‘rib qo‘ygan odam oldida asabiy bo‘lish — bu tabiiy hol edi. Ayniqsa, agar u odam sizga yoqsa.
Ha, Taehyung o‘ziga ochiqchasiga tan olardi: u Jungkookni yoqtiradi. U qora sochli yigitga yuz foiz oshiq bo‘lib qolgan edi.
Agar odam juda chiroyli bo‘lsa, Taehyung tez oshiq bo‘lib qolardi. U go‘zal yuzlarga juda zaif edi. Jungkook esa nafaqat chiroyli, balki jozibali xarakterga ham ega edi — qanday qilib unga oshiq bo‘lmaslik mumkin?
Bundan tashqari, Jungkook uning barmog‘ini shunchalik... g‘alati tarzda yalab so‘rgan edi (bu Taehyung uchun edi, albatta). Agar Jungkook unga nisbatan hech narsa his qilmasa, nega bunday qilardi? U Taehyungning gey ekanini bilardi-ku. Demak, albatta uning ham yashirin niyatlari bor. To‘g‘rimi?
Taehyung boshidagi o‘ylar bilan kurashar ekan, Jungkookning ko‘zlariga qaradi — ular ham unga tikilib, yaltirab turardi.
Jk— Yaxshi ekan. Aytgancha, men gazni o‘chirib qo‘ydim, sho‘rva kuyay deb qolgan edi.
Tae— Oh, rahmat sizga. Mehmon bo‘la turib hamma ishni siz qilyapsiz, — dedi uyalib bosh egib.
Jk— Iltimos, unday demang. Siz ham menga juda yaxshi qarayapsiz.
Jungkook Taehyungning qo‘lini yengil ushlab, egilishdan to‘xtatdi. Bu esa Taehyungning tanasidan titroq o‘tkazdi.
Taehyung aslida Jungkookni qanday “parvarish qilganini” tushunmadi. Axir u unga qonini tatib ko‘rishga ruxsat bergan edi-ku.
Tae— Meni uyaltiryapsiz, — dedi kulimsirab.
Jungkook esa mayin tabassum bilan unga qarab turardi, bu esa Taehyungni yanada asabiylashtirdi.
Tae— Uhm... har holda, o‘tiring.Ovqat tayyor.
Taehyung oshxonaga yugurib ketdi.
Jungkookk stolga o‘tirdi va Taehyungning ovqat berishini kuzatdi. U doim kulib turardi.
Taehyung nega u shunchalik xursand ekanini tushunmadi. U majburan kulmayaptimi? Taehyung bunday bo‘lishini istamasdi. Agar u Jungkookning tabassumiga sabab bo‘layotgan bo‘lsa, bundan ortiq baxt yo‘q edi.
Balki ularning orasida yaqinroq narsa ham paydo bo‘lar...
Jk— Hamma narsa juda mazali ko‘rinadi.
U stolga qaradi, so‘ng uning ko‘zi Taehyungga tushdi.
Jungkook lablarini yalab qo‘ydi.
Jungkook sho‘rvadan bir qoshiq olib yedi. Uning yuzi biroz o‘zgardi — go‘shtning ta’mi og‘ir edi, og‘zida esa hali ham oldingi “shirin qon”ning ta’mi qolgan edi.
U deyarli qayt qilib yuboray dedi.
Chunki Taehyung unga qarab turardi.
Jk— Albatta. Men yegan eng yaxshi sho‘rvalardan biri, — dedi yolg‘on gapirib.
Ikkalasi ham ovqatlanish davomida o‘z haqiqiy hislarini yashirdi.
Birining ovqati unga juda yomon tuyuldi, ikkinchisi esa juda mazali deb o‘ylardi. Qanchalik qarama-qarshi holat.
Tae— Yana yordam berganingiz uchun rahmat. Siz menga juda katta yordam berdingiz.
Jk bir necha soniya jim qoldi, so‘ng kulib yubordi.
Jk— Siz juda yoqimlisiz, Taehyung-ssi.
Jk— Yana olib beraymi? — deb so‘radi bo‘shagan tarelkani ko‘rsatib.
Hammomdan “blgh” degan ovoz eshitildi.
Jk hojatxonada hamma yegan narsasini qayt qilib tashladi.
U ovozini past ushlashga harakat qildi — Taehyung eshitmasligi kerak edi.
U aslida nega o‘zini shunchalik tutayotganini ham tushunmasdi.
U xohlasa, Taehyungni hozirning o‘zida yo‘q qilishi mumkin edi.
Hammomdan chiqqach, Jk Taehyungni idish yuvayotganini ko‘rdi.
U uni yuqoridan pastgacha kuzatdi va lablarini tishlab kulimsiradi.
Tar— Yo‘q, yo‘q, kerak emas, — dedi kulib.
“Bu juda qiyin bo‘ladi…” deb o‘yladi u.
Jk— Yaxshisi vino bo‘lsa qanday?
Jk— Menda bor. Olib kelishimga qarshi emasmisiz?
Tae— Mutlaqo yo‘q, — dedi tabassum bilan.
Tae— Va keyin u meni shu yergacha kuzatib keldi! Bu juda qo‘rqinchli-ku! — deb Taehyung o‘zining sobiq sevgilisi haqida Jungkookga gapirib berdi. Jk esa nafislik bilan ichimlikdan bir ho‘plam oldi, ko‘zlari faqat mast holatdagi Taehyungda edi.
Taehyung odatda arzon barlardagi ichimliklarni ichardi — ular ertalab tomoqda achchiq ta’m va qorin og‘rig‘ini qoldirardi. Shuning uchun u vino haqida unchalik ishonchga ega emas edi. Ammo Jk taklif qilgan vinoni ichgach, u hech qachon to‘g‘ri ichimlik ichmagan bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qoldi.
Tae— Bu vino juda qimmatga o‘xshaydi. Men yana ichsam bo‘ladimi? — dedi hiqichoq otib.
U nima uchun bunchalik tez mast bo‘layotganini ham tushunmadi. Bir stakan vino uni odatda bunday yengil va mast qilmasligi kerak edi. Bundan tashqari, ichimlik g‘alati darajada shirin edi. Bu ta’mni buzmagan, aksincha yanada yoqimli qilgandi.
Jk kulimsiradi va qadahni barmog‘ida aylantirdi:
Jk— Bu qimmat emas, janob Kim. Xohlaganingizcha iching.
Jk Taehyungning deyarli bo‘sh qadahiga yana vino quydi.
Tae— Siz meni mast qilib qo‘yyapsiz, — dedi hiqichoq otib, Jkga orzudek tabassum bilan qarab. Xuddi u mast bo‘lishni o‘zi ham xohlayotgandek.
Jk— Hechqisi yo‘q. Siz o‘z uyingizdasiz-ku. Bir oz mast bo‘lsak nima bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi, janob Kim?
Taehyung bosh irg‘adi va ichimlikdan bir ho‘plam oldi. Tomog‘idagi issiqlik unchalik kuchli emas edi, chunki ichimlik shirin edi, lekin boshi yengillashib borayotganini sezdi. Endi Jk haqidagi qiziqishlari ham tiliga chiqib kelardi.
Va u birinchi, eng xavfli savolni berdi:
Tae— Siz erkaklarni yoqtirasizmi?
Jk— Huh? — Jk ichishni to‘xtatib, qadahni qo‘ydi va qoshini ko‘tardi.
Jk— Nega buni bilmoqchisiz, janob Kim?
Tae— Siz baribir yoqtirmaysiz shekilli...
Jk— Kim aytdi yoqtirmayman deb?
Tae— Nima? — ko‘zlarini pirpiratdi, lablari ochilib qoldi.
Jk— Men erkaklarni yoqtirmayman demaganman. Agar ular sizga o‘xshasa, men uchun farqi yo‘q, janob Kim.
Tae— Menmi? — hiqichoq otib, o‘ziga ishora qildi.
Tae— Demak... men sizning tipingizmanmi? (Type)
Taehyung yuzi qizarib, tobora qip-qizil pomidorga o‘xshab ketdi.
Jk— Siz juda chiroylisiz, janob Kim. Agar siz mening tipim desam, meni ayblaysizmi?
Ular orasidagi qarashlar muloyim va iliq edi, Taehyungning yuragini eritib yuborardi.
Tae— Unda... meni yoqtirasizmi?
Jk— Hmm... agar “ha” desam, meni uydan haydab yuborasizmi? —Jk kulib yubordi.
Taehyung birdan o‘rnidan turdi, stul orqaga yiqildi, lekin u e’tibor bermadi. Endi u jiddiy edi.
Tae— Agar “ha” desangiz... men sizni o‘pib qo‘yishim mumkin.
Jk ko‘zlarini biroz kattaroq ochdi, so‘ng yengil qisilgan nigoh bilan kulimsiradi.
Jk— Unda men tayyorlanib olaman...
U Taehyungning mast ko‘zlariga tikildi va dedi: