June 11

𝗥𝗼𝗮𝗱 𝘁𝗼 𝗵𝗲𝗹𝗹

Chapter 1

— "Bu kalamush edimi?!" — deb baqirib yubordi erkak. Qo‘lidagi qutini chaqqonlik bilan yerga qo‘yib, burchakdan yugurib ketayotgan katta kalamushni ko‘rgan zahoti undan uzoqlashdi.

Uning yoshidagi odamlar urushlarda qatnashayotgan bir paytda, u esa oddiygina kalamushdan qo‘rqardi. Bu uyatli holat edi, ammo Taehyung bunga qarshi hech narsa qila olmasdi. U shunchaki yoqimli bo‘lmagan harakatlanuvchi mavjudotlarni yoqtirmasdi. To‘g‘ri, kalamushlar ham ma’lum ma’noda yoqimli bo‘lishi mumkin, lekin bu haqda o‘zi bilan bahslashishni istamadi.

Hech bo‘lmaganda boshpana topganiga shukr qilishi kerak edi. Sovuq ko‘chalarda o‘tkazgan o‘sha ikki tunini hatto xotiralari orasida ham saqlagisi kelmasdi.

Unut buni, Kim Taehyung. Unut.

29 yoshli Kim Taehyung — biroz qoramtir terili, yuraksimon lablari, tekis burunli, tabiiy jigarrang sochli va bo‘yi 5 fut 8 dyuym bo‘lgan yigit. U afsuski muvaffaqiyatsiz jurnalist edi.

Hayot unchalik qiyin emasdi, toki u 18 yoshga to‘lgach yetimxonadan chiqarib yuborilguncha. O‘shandan beri hayot unga qattiq zarba bera boshladi. Hech kim unga ahamiyat bermaydigan, tanish-bilishchilik hukm suradigan dunyoda tirikchilik qilish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilardi.

Taehyung juda chiroyli edi. Juda ham chiroyli.

Ammo erkaklar bunchalik go‘zal ko‘rinishi odatiy hisoblanmaydigan davrda uning tashqi ko‘rinishi deyarli foyda bermasdi. Ayollar uning go‘zalligini qadrlashlari mumkin edi, ammo ularning ko‘pchiligi jamiyatda yetarli ta’sirga ega emasdi. Shu sababli Taehyung o‘z ko‘rinishidan biror foyda ko‘ra olmasdi.

O‘sha davrda modellik yoki aktyorlik ham hozirgidek rivojlanmagan edi. Shuning uchun uning qo‘lida jurnalistikadan boshqa narsa qolmadi. Bu kasbga esa u yoshligida, xonadoshlari uxlab qolganidan keyin kechalari radiodan yangiliklar tinglash orqali qiziqib qolgan edi.

Ba'zan u o‘zini sevishga, kimningdir bag‘rida xavfsizlik topishga muhtoj his qilardi. Axir uning bu dunyoda o‘ziniki deb ataydigan hech kimi yo‘q edi.

Bu juda g‘amgin holat edi. Agar erkaklar unga qiziqish bildirsa ham, ko‘pincha bu faqat uning tashqi ko‘rinishi sababli bo‘lardi. Ba'zilar uni chin dildan yoqtirgan taqdirda ham, bu uzoq davom etmasdi.

O‘sha davrda bir jinsli munosabatlar jamiyat tomonidan qattiq qoralangan edi. Shu sababli bunday munosabatlar baribir uzoqqa cho‘zilmasdi.

Kim Taehyungning hayoti juda og‘ir edi.

Bir vaqtlar u o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylagan paytlari ham bo‘lgan. Bu ancha oldin edi va hozir u o‘sha davrlarni eslasa, achchiq kulib qo‘yardi. Yosh va sodda Taehyung bu dunyoga tayyor emas edi. Ammo endi u o‘zini shunday chiniqtirganki, deyarli hech kim uning ruhini bezovta qila olmasdi.

Xo‘sh, balki o‘sha ulkan kalamush bundan mustasnodir.

Seul shahrining chekkasidagi qishloq hududida joylashgan eski binoga ko‘chib kelganidan so‘ng Taehyung hech bo‘lmaganda yashash uchun joy topganidan yengil tortdi.

Uy yomon emas edi: o‘rtacha kattalikdagi yotoqxona, unga tutash kichkina oshxona va ovqatlanish xonasi, shuningdek torgina hammom bor edi. Narxiga yarasha juda yaxshi joy edi.

Qolaversa, u bu yerda yolg‘iz yashamoqchi edi. Demak, bu haqiqatan ham yaxshi kelishuv edi. Har holda ko‘chada yashashdan ancha yaxshi.

Kim biladi, balki kalamushlar bilan ham til topishib ketar.

— Jimin'ga xat yozishim kerak. Oxirgi marta ko‘rganida ahvolimni ko‘rib xavotirlangan bo‘lsa kerak, — dedi Taehyung o‘ziga o‘zi.

U stol ustidagi changni artib tashladi va bolalikdagi eng yaqin do‘stiga qisqa xat yozish uchun o‘tirdi.

Park Jimin ham xuddi u kabi yetim edi va bir vaqtlar uning xonadoshi bo‘lgan.

Taehyung hayotini tugatmaslikka qaror qilgan sabablarning biri ham Jimin edi. U go‘yo uning ruhiy maslahatchisidek edi. Jimin bilan suhbatlashish har doim uning boshini salbiy fikrlardan tozalab yuborardi.

Shu bois undan ayrilish ham og‘riqli edi. Axir u bolaligidan beri biladigan yagona yaqin inson edi.

Jimin keyinchalik Busanga qaytib ketgan edi. Chunki u o‘zini qabul qilishga tayyor bo‘lgan buvi va bobosi borligini bilib qolgan edi. Hozir u ularning biznesi bilan shug‘ullanmoqda.

Taehyung esa eng yaqin do‘stining nihoyat hayotda baxt topganidan juda xursand edi.

Xatni yozib bo‘lgach, Taehyung kichkina derazadan tashqariga qaradi va quyosh botayotganini payqadi. Bu hududda kech qolish hatto erkak uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin edi, shu sababli u shoshilib binodan chiqib, xatni pochta qutisiga tashladi.

Yo‘lda oziq-ovqat ham olib qaytayotganida, tungi osmon allaqachon o‘z hukmini o‘tkaza boshlagan edi.

Yulduzlar bilan qoplangan osmonga qarab, Taehyung lablarini biroz ochdi va nafas chiqardi. Sovuq havoda nafasi oq tuman bo‘lib tarqalib ketdi.

Burni va lablari pushti tusga kirgan, terisi esa oqarib ketgandi. Bo‘yniga o‘ralgan issiq sharfning ichiga yuzining quyi qismini yashirib, bo‘sh qo‘lini palto cho‘ntagiga tiqdi va uyiga shoshildi.

Eski bino atigi ikki qavatli edi. Taehyung ikkinchi qavatdagi 202-xonada yashardi. Har qavatda ikkita kvartira bo‘lib, jami to‘rtta xonadon bor edi.

U yonidagi 201-xonada yashaydigan qo‘shnisi bilan hali tanishishga ulgurmagan edi. To‘g‘risini aytganda, bunga unchalik qiziqmasdi ham. Uy egasining o‘zi ham unga kalitni xuddi jirkanch bir mavjudotga qarayotgandek qovog‘ini uyib bergan edi.

Qolaversa, odamlar bilan tez chiqishib ketish Taehyungning kuchli tomonlaridan emasdi.

Sovuqdan muzlagan tanasini isitish uchun zinadan tez chiqib, eshigi oldiga kelganida sekinlashdi. Kalitni olish uchun palto cho‘ntagini kavlar ekan, oyog‘i bilan polga asta taqillatib turardi.

Va aynan o‘sha paytda...

u qichqiriq ovozini eshitdi.

Bo‘g‘iq qichqiriq.

Taehyung qotib qoldi.

— Bu nima edi? — deya deyarli pichirladi u.

U ovoz aynan yonidagi 201-xonadan kelganiga ishonchi komil edi.

Taehyung kalitni qulfga tiqishga ham, oyog‘i bilan polni taqillatishga ham jur’at eta olmadi. Bir muddat jim turib, haqiqatan ham kimdir qichqiryaptimi yoki yo‘qmi, tinglab turdi.

Ammo boshqa hech qanday ovoz eshitilmadi.

Atrofni mutlaq sukunat qopladi.

Taehyungning ichi g‘ash bo‘ldi. Tepasidagi xira lampochka xuddi dahshat filmlaridagidek miltillab turardi. Lekin Taehyung arvohlardan ham, dunyodagi mashhur afsonalardan ham qo‘rqmasdi.

Taehyung odamzoddan qo‘rqardi.

Bir insonning boshqa insonga zarar yetkazishidan qo‘rqinchliroq nima bo‘lishi mumkin?

Jurnalist sifatida u jinoyat olamidagi yangiliklarni muntazam kuzatib borardi va bir narsani yaxshi bilardi:

Odamlardan qo‘rqinchliroq narsa yo‘q.

Yoki hech bo‘lmaganda u shunday deb o‘ylardi.

Keyin boshqa hech narsa eshitmagach, Taehyung eshigini ochib ichkariga kirdi. O‘zini bularning hammasi shunchaki xayol deb ishontirishga urindi.

Bu chekka hududda yashayotgan ekan, qorong‘ida ortiqcha xavfga bosh suqmasligi kerak edi. O‘g‘rilar, qaroqchilar, qotillar — har qanday jinoyatchi atrofda bo‘lishi mumkin edi.

Lekin Taehyung bularni e’tiborsiz qoldirishi kerak edi.

O‘zi uchun.

O‘sha kecha u yaxshi uxlay olmadi.


Ertasi kuni uyg‘onganida esa, Taehyung kecha nima bo‘lganini deyarli eslolmadi.

U shu qadar charchagan ediki, karavotdan zo‘rg‘a turdi. Pastga tushishi bilan qutilardan biriga qoqilib ketib, yuztuban yiqildi.

— Jin ursin... — deb ming‘irladi u burnini ishqalab.

Atrofga nazar tashlab, xo‘rsindi.

— To‘g‘ri, hali hamma narsani joylashtirishim kerak ekan.

Norozilik bilan qoshlarini chimirdi va allaqachon tartibsiz bo‘lgan jigarrang sochlarini yanada chalkashtirib yubordi.

Ammo bunga vaqti yo‘q edi.

U ish topishi kerak edi.

Qaysidir gazeta yoki axborot kompaniyasi xodim qidirayotgan bo‘lsa kerak. Axir ishlamasa, bu uyning ijara haqini ham to‘lay olmasdi.

Oxirgi ishlagan kompaniyasi jinoiy to‘da tomonidan talanganidan so‘ng yopilib ketgan, barcha xodimlar singari Taehyung ham ishsiz qolgan edi.

Xuddi uning omadi kabi.

Yagona kostyumini kiyib, u shaharga yo‘l oldi. Ish topmaguncha qaytib kelmaslikka qaror qilgandi.

— Men uddalay olaman!

...

— Men buni uddalay olmayman... — deb xo‘rsindi Taehyung.

U zinadan nihoyatda sekin ko‘tarilardi.

Kun bo‘yi intervyularda qatnashib, barcha kompaniyalar tomonidan rad etilganidan keyin unda deyarli kuch qolmagan edi.

Ba’zan kimdir uni la’natlaganmikan deb o‘ylardi.

Aks holda nega hech kim uni ishga olmasdi?

Baribir umid bor edi.

Bugun mashhur kompaniyalarga murojaat qilgan bo‘lsa, ertaga kichik va ahamiyatsiz joylarni ham qoldirmasdi. Yashash xarajatlarini qoplay oladigan darajada pul topsa bo‘lgani.

X— Taehyung?

Tanish ovozni eshitib, u to‘xtab qoldi.

Zina tutqichini mahkam ushlagancha, chang bosgan oyoq kiyimlariga qaradi. So‘ng boshini ko‘tarib, eshigi oldida turgan erkakka tikildi.

Taehyung— Minjun? — dedi u holdan toygan ovozda.

Hozir uning bilan gaplashishga umuman toqati yo‘q edi.

Ammo omad yana undan yuz o‘girdi.

Minjun— Asalim... iltimos, meni eshit qo‘y...

Taehyung— Mening manzilimni qanday topding? Meni kuzatdingmi?

Taehyung zinaning qolgan qismini tez bosib o‘tib, uning qarshisiga bordi.

Minjun— Seni topish qiyin bo‘lmadi... Lekin gap bu emas! Iltimos, meni eshit. Meni shunday tashlab ketma...

Taehyung— Men seni allaqachon unutganman. Biz ajrashganmiz. Meni bezovta qilma, aks holda politsiyani chaqiraman!

Minjun achchiq kulimsiradi.

Minjun— Va ularga nima deysan? Sobiq yigitim meni bezovta qilyapti, debmi? Unda sen ham muammoga duch kelishing mumkin.

Taehyung— Og‘zingni yop va men hali yaxshi gapirayotganimda ket!

Taehyungning sabri tugagan edi.

Naq pul muammosi yetmagandek, yuragi ham singan edi.

Sobiq sevgilisi Minjun uni boshqa bir ayol bilan aldagan edi.

Bu Taehyung uchun yangilik emasdi.

Odamlar uni doimo tark etardi. Ertami-kechmi, baribir ketishardi.

...ammo Taehyung Minjun qaytib kelganini bilardi, chunki uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi bunga aytib turardi. Axir, yotoqda Taehyungdek yaxshi hech kim bo‘la olmasdi. Chiroyli, aniq chizilgan yuzidan tortib, jozibali qomatigacha — Kim Taehyung haqiqatan ham juda maftunkor edi. Afsuski, endi Minjun undan bahramand bo‘la olmasdi.

Minjun— Sen uyatsiz... Menga bunaqa gapirishga qanday jur’at qilding?!

Taehyung— Sen juda yomon odamsan. Nafaqat tashqi ko‘rinishing yoqimsiz, balki xiyonatkorsan ham. Men nega seni tanlashim kerak edi?!

Taehyung aslida bunchalik qo‘pol emasdi. Shunchaki bugungi kun davomida u yetarlicha asabiylashgan edi. Agar Minjun ertaga ertalab, Taehyungning kayfiyati yaxshiroq bo‘lgan paytda kelganida, ehtimol bunday haqoratlarni eshitmagan bo‘lardi. Ammo bugun Taehyung juda jahli chiqqan edi.

Garchi Minjun bunga loyiq bo‘lsa-da, Taehyung muammo tug‘dirganini his qildi. Qarshisidagi yigit xuddi portlab ketadigandek ko‘rinardi va aynan shunday bo‘ldi.

Minjun— SEN LA’NATI...! — Minjun qo‘lini ko‘tardi.

Ammo uning qo‘li Taehyungning yuziga yetib borishidan oldin, boshqa bir qo‘l uning bilagidan ushlab qoldi.

X— Nima qilayotganingni o‘ylayapsanmi?

Notanish ovozni eshitib, Taehyung instinktiv ravishda yumib olgan ko‘zlarini ochdi.

Uning nafasi bo‘g‘ziga tiqilib qoldi. Minjunning qo‘lini ushlab turgan, uni urilishdan qutqargan yigitga qaradi.

Bu odamning go‘zalligini tasvirlash qiyin edi. Taehyung nimadan boshlashni ham bilmasdi. Mukammal qoshlaridanmi? Tartibli qora sochlaridanmi? Chuqur va jiddiy nigohlaridanmi? Yoki qizg‘ish lablaridanmi?

"Voy, men nega notanish odamning lablariga tikilib qoldim?" deb o‘yladi u va ko‘zlarini pirpiratdi.

Minjun— Sen kimsan o‘zi? — dedi tishini g‘ijirlatib.

X— Kimligim seni qiziqtirmasin, dedi notanish yigit yaqinlashib.

X— Men zo‘ravonlikni yoqtirmayman. Shuning uchun muammo istamasang, yo‘qol.

Taehyung bu yigitdan taralayotgan qo‘rqinchli bosimni his qildi. Uning ovozi ham tahdidli eshitilardi.

Minjun— Nima, uning yangi yigiti bo‘ldingmi? —

X— Men aytdim, yo‘qol.

Yigit Minjunning qo‘lini yanada qattiqroq siqdi. Minjun og‘riqdan qiyshaydi.

Bu odam juda kuchli edi.

Lekin Minjunni qo‘rqitgan narsa bu emasdi.

Uni qo‘rqitgan narsa — notanish yigitning ko‘zlari bir lahzaga sariq tusda chaqnab ketgandek bo‘lgani edi.

Minjunning tanasi titrab ketdi.

Minjun— M-mayli! Ketyapman! — dedi u oxiri.

U Taehyungga yana bir marta g‘azab bilan qaradi:

Minjun— Buning uchun hali javob berasan!

Shundan so‘ng u tezda chiqib ketdi.

Taehyung ko‘zlarini ag‘darib qo‘ydi va keyin qarshisida turgan yigitga qaradi. Endi Minjun ketganidan keyin ularning orasidagi masofa ancha sezilardi.

X— Yaxshimisan? — deb so‘radi notanish yigit.

Taehyung yengil seskanib ketdi.

Taehyung— H-ha, rahmat... yordam berganing uchun.

X— Hechqisi yo‘q. U muammo chiqarayotgan edi. Men esa bunday odamlarni yoqtirmayman.

U jilmaydi, Taehyung esa nima deyishni bilmay qoldi.

X— U sening yigiting edimi? — deb so‘radi yigit.

Taehyung darhol hayajonga tushdi.

X— Qo‘rqma. Men hammasini eshitdim.

Taehyung— Nima?

Taehyungning yuragi tez ura boshladi.

U o‘zining avvalgi baqirig‘ini esladi va yuzi qizarib ketdi.

Taehyung— Demak, hammasini eshitdingizmi?

X— Demak undan qutulganing yaxshi bo‘libdi

Taehyungning ko‘zlari kattalashib ketdi.

Taehyung— Siz... bunga qarshi emasmisiz?

X— Nega qarshi bo‘lishim kerak? Bu sening hayoting-ku.

Yigit kulib yubordi, Taehyung esa yanada qizarib ketdi.

"Voy, bu odam nafaqat juda chiroyli, balki hurmatli ham ekan..." deb o‘yladi u.

X— Kecha ko‘chib keldingmi?

Tae— Ha... kecha ko‘chib keldim.

X— Tanishganimdan xursandman. Mening ismim Jungkook. Men qo‘shni xonada yashayman.

Tae— Men Taehyungman. Tanishganimdan xursandman.

Jk— Ha, bilaman, dedi mayin tabassum bilan.

Taehyung hayron bo‘ldi. Ular ilgari uchrashmagan edi. U uning ismini qayerdan bilardi?

Jk— Kech bo‘lib qoldi, men ketishim kerak, — dedi Jk qo‘l soatiga qarab. Gaplashganimiz yaxshi bo‘ldi, Taehyung. Agar yordam kerak bo‘lsa, qo‘shni eshikdaman.

U ketish uchun o‘girildi.

Ammo Taehyung uni hali qo‘yib yuborgisi kelmasdi.

Shuning uchun u ovoz berdi...

Taehyung— Janob Jungkook, men bilan kechki ovqatga borishga rozimisiz?

𝗕𝘆: 𝗟𝗶𝗮𝗻𝗮