May 28

𝗠𝗶𝗻𝗲 𝘁𝗼 𝗰𝗹𝗮𝗶𝗺

Chapter 1

Qon.

Juda ko‘p qon.

Yigitning oq futbolkasi qonga bo‘yalgan, burnidan qon oqardi, yorilgan labi ham qonga belangan edi — Jungkookning mushti ham qonga botgan.

Bu manzara jirkanch edi.

“Yana qaytar-chi, iflos,” Jungkookning lablaridan past xirillagan ovoz chiqdi, lablari tahdidli kulimsirashga tortilgan. “Bir oz oldin og‘zingni bemalol ishlatayotganding-ku.”

Ishonasanmi yo‘qmi, Jungkook aslida mahluq emas.

U odatda hech qachon mushtlashmaydi va kimdir uni gijgijlasa ham, birgina sovuq qarashi ko‘pincha hammasini hal qiladi. U qo‘llarini toza saqlashni yoqtiradi, chunki qon jirkanch, uning hidi ham undan battar. Jungkook yaxshi biladi — agar u urushga kirsa, mushtlari albatta qonga belanadi. Shu sababli u janjallardan qochadi.

Ammo kimdir Kim Teahyungning nomini tilga olsa… ayniqsa yomon ma’noda…

Jungkook har safar o‘zini yo‘qotadi.

Demak, ayb rostdan ham unda edimi? Bu hech kim bo‘lmagan yigit uning Teahyungining nomini tilga oldi — yana eng jirkanch tarzda. Jungkook bir necha daqiqadan beri urayotgan bu yigit Teahyung qizga o‘xshaydi deganidan keyin, uning mushtlari qonga bo‘yalmasligi mumkinmidi? Buning ustiga, bu ahmoqning Teahyungni gey deb atashga qanday jur’ati yetdi.

Qanday haddidan oshgan.

Kim Teahyung shunchaki chiroyli edi. U nozik, ammo o‘ziga xos erkakona jozibaga ega edi. Jungkook uni son-sanoqsiz marta “chiroyli” deb atagan va bundan keyin ham aytadi, chunki Teahyung haqiqatan ham chiroyli.

Ammo chiroyli bo‘lish uni qiz qilmaydi. Yoki undan ham yomoni — gey.

Bu mutlaqo noto‘g‘ri gap edi.

Ayniqsa Jungkook universitet yonidagi tor ko‘chadan o‘tib ketayotgan paytda.

U yigit do‘stlari bilan sigaret chekib, Teahyung haqida iflos gaplar gapirayotgan edi. Omadi bugun uning tarafida emasdi. Do‘stlari esa qo‘rqoq chiqdi — Jungkook uni devorga urib, jag‘iga qattiq musht tushirgan zahoti qochib ketishdi.

Ularning tabiati nega Teahyung haqida gapirishlarini o‘zi ko‘rsatib turardi.

Bunday pastkashlar boshqalarni muhokama qilmasa, o‘zlarini muhim his qila olmaydi. Odatda Jungkook ularga bir qarash ham tashlamasdi. Ammo hozir uning butun diqqati ostida og‘riqdan tipirchilayotgan, qonga belangan va jirkanch ahvoldagi yigitda edi.

Yigit:“t-tinchlan, xo‘pmi? men uni gey dedim, senga nima? seni aytganim yo‘q-ku!”

Jungkook ko‘zlari qorayib ketdi. U yigitning jag‘ini qattiq ushladi va bu uni og‘riqdan baqirtirib yubordi. Yigit Jungkookning qo‘lini itarishga urindi, ammo unga kuchi yetmasdi. Uning ayanchli ahvoli buning isboti edi.

Jungkook uni jag‘idan tortib yaqinlashtirdi va qo‘rquvga to‘la ko‘zlariga tikildi.

Jungkook:menga nima desang ham balki parvo qilmasman. Ammo Teahyung haqida bir ogʻiz iflos gapirish? Eng noto‘g‘ri harakat shu bo‘ldi.”

Jungkook mushtini ko‘tardi. Yigitning bir ko‘zi allaqachon ko‘karib, shishib ketgan edi.

Yigit:s-sen jinnisan… bularning hammasi bir bola uchunmi?

Jungkook:u Kim Teahyung. U oddiy bola emas, iflos.”

navbatdagi zarba yigitni hushidan ketkazdi.

Jungkook o‘rnidan turib shimini qoqdi. Qonli qo‘llariga qarab, yuzi tirishdi. Ro‘molchasini chiqarib qo‘llarini artdi, keyin ishlatilgan matoni devorga suyangan hushsiz yigitning ustiga tashladi.

Yana bir jirkanch qarash tashlab, ko‘zlarini aylantirdi-da, yurib ketdi.

“Gey va kim taehyung? pfft, go‘yo…”

Jungkook Kim Teahyungga nisbatan doim egalik hissiga ega bo‘lgan.

Bu hissiyot ular hali go‘dak paytlaridan boshlangan edi. Hatto ota-onalari ham hayratda qolardi — Jungkook Taehyungning barmog‘ini mahkam ushlab olar, uxlab qolmaguncha qo‘yib yubormasdi.

Bog‘chaga kirganlarida ham ularning rishtasi yanada mustahkamlandi. Ular qo‘l ushlashib yurishar, birga o‘ynashar va deyarli bir-biridan ajralishmasdi.

Agar boshqa bola ularning o‘yiniga qo‘shilmoqchi bo‘lsa, Jungkook yig‘lab yuborar yoki hatto urishib ketardi. Taehyung esa darrov uning holatini ko‘rib yig‘lab, uni quchoqlab olardi.

Bu bog‘liqlik maktab yillarida ham davom etdi.

Ular ajralmas edi.

Odamlar ko‘pincha uzoq yillik do‘stliklar baribir bir kun kelib tugaydi, deyishadi.

Ammo ular bilan bunday bo‘lmadi.

Bir xil maktabni tugatgach, ikkalasi ham bir xil universitetga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Taehyung biroz vaqt Jungkookdan alohida bo‘lishni istab, uning ham shu universitetga kirishiga qarshi chiqdi.

Ammo Jungkook haddan tashqari qaysar edi.

Shu sababli ular orasida kichik janjal ham bo‘ldi. Taehyung har biri o‘z yo‘lidan ketishi kerakligini aytdi.

Ammo keyinchalik, go‘yo tasodifdek, Jungkook ham aynan o‘sha universitetda paydo bo‘ldi.

Taehyung undan buning sababini so‘raganida, Jungkook yelka qisib qo‘ydi.

U ham shunchaki aynan shu universitetga kirishni istagan emish.

Taehyung bu gapga umuman ishonmadi. Jungkook hatto o‘z karyerasiga ham jiddiy qaramasdi. U baribir ota-onasining kompaniyasini boshqarishini bilardi, shuning uchun shunchaki biror yo‘nalishda o‘qib, diplom olib qo‘ya qolishni xohlardi.

Ammo Teahyung seouldagi eng kuchli universitetlardan biriga kirishni maqsad qilganini eshitgach — kirish nihoyatda qiyin bo‘lgan universitetga — Jungkook ham jon-jahdi bilan o‘qiy boshladi. U tabiatan yaxshi talaba bo‘lgani uchun oxiri qabul qilindi.

Taehyung esa Jungkook nega u bilan birga bo‘lish uchun bunchalik uzoqqa borishini tushunmasdi.

U shunchaki bolalikdagi do‘sti edi.

Bundan ortig‘i emas.

Jungkook sinfxonaga kirganida, eshik oldida gaplashib turgan Namjoon va Hoseokni ko‘rdi. Ularga yonlama qarab, qovog‘ini uygancha ichkariga kirdi.

Jk:Eeshikni to‘sib turish shartmi, tentaklar?

Hoseok: hey, do‘stim! har doimgidek qo‘polsan-a?

Hoseok kulib yubordi, Jungkookning gaplarini jiddiy qabul qilmay. Agar ular Jungkookning har bir gapini jiddiy olganida, allaqachon do‘st bo‘lolmasdi.

Aslida ular qanday qilib Jungkook bilan do‘st bo‘lib qolganiga ham hayron qolish mumkin edi — mashhur, qo‘pol bola, miyasi nima desa o‘shani yuzingga aytadigan, qanchalik og‘ir bo‘lishidan qat’i nazar.

Namjoon:ha, hech bo‘lmasa xayrli tong desang bo‘lardi dedi namjoon qahvasidan ho‘plab.

Ular Jungkook bilan birga yurib kelishdi. Jungkook xo‘rsinib, javob bermadi va joyiga borib o‘tirdi. Ikki bola esa odatdagidek uning ikki yoniga joylashdi.

Ular doim birga o‘tirishardi va Jungkook ba’zida ularning shovqinidan asabiylashsa ham, allaqachon ularni tinchlantirishga urinishdan voz kechgan edi. Juda ortiqcha mehnat.

Ularga e’tibor bermay, Jungkook telefonini chiqardi. Ekranga tikilgancha, sekin qoshlarini chimirdi.

Hoseok:Taehyungiedan hali ham xabar yo‘qmi?
Hoseok hazillashib uning telefoniga qaradi. Aslida qarashi ham shart emasdi. Hammaga ma’lum edi — Jungkook telefonini faqat kim Taehyung yozganmi-yo‘qmi deb tekshirish uchun chiqaradi.

Uni bunday chaqirma! Jungkook Hoseokka sovuq qarash tashladi.

Hoseok esa qo‘llarini ko‘tarib taslim bo‘lgandek qildi.

Hoseok: Tinchlan, odam. Bugun juda asabiy ko‘rinyapsan. Biror nima bo‘ldimi?”
Namjoon Jungkookning kayfiyatida nimadir boshqacha ekanini sezdi.

Jungkook odatda ham juda muloyim yoki yumshoq gapiradigan emasdi, ammo bu darajada qo‘pol ham bo‘lmasdi. Odatda ularning ahmoqona gaplariga chidardi, ba’zida hatto o‘zi ham qo‘shilib ketardi.

Ammo bugun Jungkook sinfga kirgan zahoti nimadir noto‘g‘ri edi.

U jahli chiqqan ko‘rinardi. Juda qattiq jahli chiqqan.

Taehyung yozmagani bunga yagona sabab bo‘lolmasdi.

Jungkook xo‘rsinib telefonini qo‘ydi.

Jk:hech narsa bo‘lmadi, xo‘pmi? Men yaxshiman. Xavotir olmang.

Hoseok: sen umuman yaxshi emassan— la’nat, futbolkangdagi nima o‘zi?
Hoseok ko‘zlarini katta ochib, Jungkookning kulrang futbolkasining yon tomonini ko‘rsatdi.

Futbolka rangi tufayli undagi mayda qon dog‘lari boshqalarga bilinmagandi. Ammo uning do‘stlari haddan tashqari shovqinli va hamma narsani payqaydigan edi.

Jungkook pastga qarab qon dog‘larini ko‘rdi va battarroq jahli chiqdi.

Jk:iflos haromi.

Namjoon: kim haqida gapiryapsan? va qoning qayerdan keldi? to‘xta bu o‘zingnikimi—

Namjoon gapini tugatolmay qoldi, chunki Jungkook o‘rnidan turib sumkasini oldi.

Taehyung hali ham ko‘rinmagan, futbolkasidagi qon esa uni haddan tashqari jirkanayotgan his qildirayotgandi. Shu sababli uyga borib uzoq va issiq dush qabul qilmoqchi edi.

Tetayotib, hayratda qolgan bolalarga qarab kulimsiradi.

Jk:meniki emas.

Taehyung Jungkookning hech bir xabari yoki qo‘ng‘irog‘iga javob bermaganidan beri, Jungkookning boshi butunlay chalkashib ketgan edi.

Bu holat uni xavotirga solayotgandi.

To‘g‘ri, Taehyung imtihon paytlarida ba’zida uni ataylab e’tiborsiz qoldirardi, “sen juda chalg‘itasan” deb.

Ammo jungkook yaxshi bilardi — hozir imtihon mavsumi emas.

Unda Teahyungni bunchalik band qilayotgan nima bo‘lishi mumkin ediki, hatto Jungkookning xabarlariga ham javob bermayapti?

Uzoq issiq dushdan keyin Jungkook faqat bokserda ( ichki kiyim🩲) karavotiga yotdi. Telefoni ekraniga tikilgancha, boshqa odamlarning yozgan son-sanoqsiz xabarlariga hatto qarab ham qo‘ymadi.

Taehyung hali ham javob bermagandi.

Olti soat o‘tib bo‘lgandi.

Jungkook tilini tanglayiga urib, ekranga tikildi. Taehyungning kakaotalk profilidagi g‘alati multfilm rasmini kuzatdi.

U hech qachon Taehyung nega ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini yoki hech bo‘lmasa o‘z rasmini profilga qo‘ymasligini tushunmagan.

Taehyung nihoyatda chiroyli edi. Instagramga bitta rasmi qo‘yilsa ham, osongina minglab kuzatuvchi yig‘ardi.

Ammo baribir jungkook bundan xursand edi.

U boshqalarning Teahyungga qarashini istamasdi.

Odamlar Teahyungning rasmlariga oshiq bo‘lib qolishini o‘ylashning o‘ziyoq uning ichida g‘alati hissiyot uyg‘otardi.

Yoqimsiz hissiyot.

U Taehyung bilan bir xil edi. Jungkook ham hech qachon o‘z rasmlarini joylamasdi va profil rasmi sifatida itining suratini qo‘yardi. Unga ortiqcha e’tibor kerak emasdi. Bundan tashqari, maktab paytida bir marta Taehyung bilan tushgan rasmini joylaganida, kommentariyalarda hamma aqldan ozgandek edi. Ha, Jungkook haqida ham yozishgan, ammo ko‘proq Taehyung haqida.

“Uning akkaunti nima?”
“U kim o‘zi?”

Shu gaplar Jungkookning shunchalik asabiga tekkanki, oxiri instagram akkauntini o‘chirib tashlab, boshqa hech qachon ochmadi.

Baribir unga bu ilova yoqmasdi.

Taehyungning esa yashirin akkaunti bor edi, ammo u yerga asosan tabiat yoki iti yeontanning rasmlarini joylardi. Jungkook bunga ruxsat bergan edi. Gʻalati tuyulishi mumkin, ammo agar Jungkook qarshi bo‘lganida, Taehyung ertami-kechmi akkauntini o‘chirib tashlardi.

Jungkook shunchalik bezovta qiluvchi va hududparast edi.

Bir daqiqa davomida ekranga tikilib o‘tirgach, Jungkookning sabri tugadi.

U o‘rnidan turib o‘tirdi, hali biroz nam sochlarini chalkashtirib yubordi va kulrang sport shimini kiyib oldi. Keyin qora futbolkani olib ustiga tashladi va telefoniga yana qaradi.

Nega bugun bunchalik bezovta ekanini tushunmasdi, ammo u Taehyungni juda sog‘ingandi.

Kecha Jungkook oilaviy kechki ovqatda bo‘lgani uchun, kun bo‘yi Taehyung bilan na ko‘risha oldi, na gaplasha oldi. Endi esa u bolani ko‘rishni juda xohlardi — ota-onasi uni qattiq tanqid qilgan o‘sha yoqimsiz oilaviy ovqatdan keyingi asabiyligini chiqarish uchun.

Ikasi ham yo‘q edi, shu sabab atmosfera bo‘g‘uvchi darajada noqulay bo‘lgandi.

Taehyung uning muammolarini tushunardi.

U har doim tushunadi.

Ammo bu Jungkookning uni ko‘rishni istashining yagona sababi emasdi.

Yaehyungning qo‘ng‘iroqlar va xabarlarga javob bermayotgani uni xavotirga solayotgandi. Shu sababli uni ko‘rish istagi yanada kuchayib borardi.

“Senda tushuntiradigan narsalar bor, Kim Taehyung,” dedi Jungkook qoshlarini chimirib, mototsikl kalitlarini olib.

Jungkook yana bir narsani tushunmasdi — nega Taehyung o‘sha kichkina kvartirada yashaydi, nega shunchaki uning uyiga ko‘chib kelmaydi?

Uylari haddan tashqari katta edi, ota-onasi esa deyarli doim tashqarida va undan uzoq edi. Oilaviy ovqatlarning nega bunchalik noqulay o‘tishi ham shundan.

U yolg‘iz yashaydigan akasiga havas qilardi. Bakalavrni tugatgach, o‘zi ham shunday qilishni rejalashtirgandi.

Ammo hozircha o‘sha uyda yashayotgan ekan, Taehyung ham u bilan yashashini istardi. “Uy juda yolg‘iz,” derdi u.

Ammo Taehyung hech qachon rozi bo‘lmagan.

Shunga qaramay, u tez-tez kelib turardi. Shu sababli Jungkook uni majburlay olmasdi, garchi boshqa ko‘p narsalarda buni tez-tez qilsa ham.

Mototsiklini bino oldiga qo‘yib, Jungkook zinadan ko‘tarildi va Taehyungning kvartirasi oldiga borib eshikni taqillatdi.

Taehyung eshikni ochishi biroz vaqt oldi.

Ochganida esa qarshisida jahli chiqqan Jungkook turardi.

Teahyung:Bu vaqtda bu yerda nima qilyapsan?

Deyarli kech bo‘lib qolgan edi. Jungkook odatda bu payt universitetdan qaytardi, ammo Taehyung uning sumkasini ko‘rmadi. Bu esa universitetga bormaganini anglatardi.

Sslida esa Jungkook borgan va kimningdir yuzini uning uchun qonga belab kelgan edi.

Ammo taehyung buning hech birini bilishi shart emasdi.

Aslida, maktab paytida uni haqorat qilgan bolalarga nima bo‘lganini Taehyung hech qachon bilmagan.

Ular uni bir necha kun juda yomon masxara qilishdi, keyin esa go‘yo vabodek undan qochadigan bo‘lishdi.

Taehyung ularning birdaniga nega bunday o‘zgarib qolganini tushunmagan.

Kim aytardi unga?

Uning eng yaqin do‘sti Jungkook doim hammasini yashirincha hal qilib qo‘yardi.

Yana, Taehyung hamma narsani bilishi shart emasdi.

Taehyung eshik tutqichini mahkam ushlab, unga suyangancha Jungkookka qarab turardi.

Uning yuzida hayrat bor edi, ammo Jungkook uning iliq jigarrang ko‘zlarida yashirinib qolgan xavotirni ham sezdi.

Jk:nega qo‘ng‘iroqlarimni ko‘tarmayapsan? Hech bo‘lmasa xabarlarimga javob yozsang bo‘lardi.

Taehyung lablarini yalab oldi va bir lahza atrofga qaradi, Jungkookning ko‘zlariga tikilmasdan.

U yolg‘on o‘ylab topayotgandi.

Jungkook buni darrov tushundi.

Ammo o‘yinga qo‘shildi.

Teahyung:Telefonim kun bo‘yi o‘chiq edi, uzr.

Jk:ha-a?
Jungkook istehzoli kuldi. Yuzida ochiq nafrat bor edi.

U ataylab Taehyung tomon bir qadam tashladi.

Taehyung beixtiyor eshikdan qo‘lini oldi va orqaga chekindi, ular orasidagi masofani oshirishga urinib.

Ammo Jungkook nafaqat ichkariga kirdi, balki Taehyungning ustidan egilib turdi. Bu esa bolani yanada asabiylashtirdi. U bor kuchi bilan nigohini olib qochmaslikka harakat qilardi.

Jk: yolg‘on gapirayotganingning sababi bor. Nima u?

Teahyung:men yolg‘on gapirmayapman
dedi taehyung, go‘yo o‘zi aytgan yolg‘onga ham ishonmayotgandek.

Taehyung ba’zida Jungkook uni ochiq kitobdek o‘qiy olishini unutib qo‘yardi.

Har doim emas, albatta.

chunki agar har doim shunday bo‘lganida, ularning g‘ayrioddiy mustahkam do‘stligi kartadan qurilgan uydek qulab tushardi.

“tae, men nimani yashirayotganingni so‘radim.”

jungkookning ohangida shunday nimadir borki, taehyung endi uning bug‘udek katta ko‘zlariga qarab tura olmadi.

jungkook jahldor edi, ammo unga nisbatan baribir yumshoq edi. savolning o‘zida ham g‘azabdan ko‘ra xavotir sezilib turardi.

u shunchaki eng yaqin do‘sti uchun xavotir olayotgandi.

chalkash xayollarini yig‘ishga urinarkan, taehyung rostini aytish to‘g‘rimi deb o‘yladi.

jungkook jahli chiqardi.

hatto bunga yo‘l qo‘ymasligi ham mumkin edi.

ammo agar jungkook unga yana bir oz shu nigoh bilan qarab tursa, taehyung ichidagi hamma sirlarni to‘kib solardi.

Chunki Taehyung Jungkook oldida ojiz edi.

Ular bir-biri uchun hammadan ko‘proq qayg‘urishini anglagan paytdan beri shunday edi — ehtimol hali go‘dak bo‘lganlaridan buyon.

Taehyung yaxshi bilardi, Jungkookning og‘riq chekishini ko‘rmaslik uchun u hamma narsaga tayyor. Jungkook ham xuddi shunday, hech o‘ylab o‘tirmasdan.

Ular bir-biriniki edi, ammo ayni paytda bir-biriniki emas ham.

Gʻalati.

Hatto kulgili.

Ammo ular shu g‘alati, haddan tashqari mustahkam do‘stliklarini juda qadrlashardi.

Shuncha yil eng yaqin do‘st bo‘lib yashash ularning bir-birini bilmasligiga imkon bermasdi.

Ammo Taehyung bir narsani bilardi — bu to‘liq haqiqat emas edi.

Jungkook hali ham uning bir qismini bilmasdi.

va bilmagani yaxshiroq edi.

Shu sababli, buni yaxshiroq yashirish uchun u Jungkookka nega kun bo‘yi qo‘ng‘iroqlariga javob bermaganini aytishi kerak edi.

Nega yolg‘on gapirganini ham.

Hatto bu foydasiz ekanini bilgan bo‘lsa ham.

Xo‘rsinib, Taehyung Jungkookning ko‘zlariga qaradi va ular haddan tashqari yaqin turganini angladi.

Jungkookning peshonasi ba’zida uning peshonasiga tegib ketardi.

Burunlari esa shunchalik yaqin ediki, istalgan soniyada tegib ketishi mumkin edi.

Lablari-chi?

la’nat.

Taehyung nigohini pastga tushirishni istamasdi.

Bu vaziyatni noqulay qilib yuborardi.

Chunki Taehyung hech qachon Jungkook bilan bunchalik yaqin turganda uning shirali lablariga qaramasdi.

Bu noto‘g‘ri edi.

bu uni vasvasaga solardi.

Taehyung esa allaqachon yetarlicha vasvasaga tushgan edi.

U Jungkookning ko‘zlariga tik qarab dedi:

Teahyung:men yaqinda armiyaga ketaman.

Jungkookning ko‘zlaridagi g‘azab va xavotir bir zumda yo‘qoldi.

Ularning o‘rnini shok egalladi.

U bir qadam ortga chekindi va qoshlarini chimirdi.

Go‘yo bu yomon hazildek.

Jk:Tea, bu kulgili emas,
dedi jungkook kulishga urinib.

U vaziyatdagi noqulaylikni yengillashtirmoqchi edi, chunki balki Taehyungni qo‘rqitib qo‘ygandir deb o‘yladi. Ba’zida shunday bo‘lishini bilardi.

Ammo Taehyung hech qachon bunday dahshatli hazil qilmagan edi.

Bu yangi edi.

va juda noqulay ham.

Teahyung: hazil emas. Men rostdan ham armiyaga ketyapman.

Jk: nima?

Uning yuzida dahshat aks etdi.

u har qanday narsani kutgandi.

faqat buni emas.

va hanuz bu hazil bo‘lishiga ishonishni istardi.

Taehyung uning ko‘zlariga tik qarab turardi.

Unda biror hazil alomati ham yo‘q edi.

Keyingi lahzada Taehyung o‘zini devorga urilgan holda topdi.

Jungkook uning ikkala qo‘lidan mahkam ushlab olgandi.

Taehyung og‘riqdan ingradi va unga qaradi.

Bu safar esa u chinakamiga hayratda qoldi.

Jungkook tamom bo‘lgandek ko‘rinardi.

Ammo nima sababdan?

Taehyungni 18 oy ko‘rmasligi uchunmi?

Bunda bunchalik dahshatli nima bor edi?

Jk:sen 25 yoshgacha armiyaga bormayman deganding... hali uch yil bor edi-ku.

Jungkookning ovozi titrardi.

Bu Taehyungni xavotirga soldi.

U Jungkookning bunchalik munosabat bildirishini kutmagandi.

U undan baqirishini, haqorat qilishini yoki hatto urishini kutgandi.

hamma narsani kutgandi.

faqat buni emas.

yo‘qotayotgandek qarashni emas.

Taehyung yo‘qolib ketmayotgandi-ku.

Unda nega Jungkook bunchalik vayron bo‘lib ko‘rinardi?

Teahyung: m-men uzr so‘rayman. shunchaki bu to‘g‘ri qaror deb o‘yladim.

Taehyung nigohini olib qochdi.

U Jungkookning asta-sekin parchalanayotganini ko‘rishga chiday olmasdi.

Bu bunchalar jiddiy bo‘lishi kerak emasdi.

Jk: nega menga aytmading?

mana bu savol haqiqatan ham yurakni og‘ritardi.

Ammo undan ham battarrog‘i — Jungkookning Taehyung yolg‘on gapirayotganini bilgan holda unga qarashi edi.

Jungkook yaxshi bilardi, Taehyung hech qachon yaxshi yolg‘onchi bo‘lmagan.

U hali ham boladek edi.

toza.

beg‘ubor.

Unda uning beg‘ubor eng yaqin do‘sti qanday qilib bunday katta qarorni undan yashirib qabul qildi?

Jungkook o‘zini xiyonatga uchragandek his qildi.

U Taehyung haqida hamma narsani bilaman deb o‘ylardi.

Ammo bilmas ekan.

Imuman bilmas ekan.

Teahyung: chunki sen aynan shunday reaksiya qilishingni bilardim.

yolg‘on.

Taehyung Jungkook bunchalik kuchli munosabat bildirishini bilmagan edi.

Ammo yana nima desin?

Teahyung: menga... o‘ylab olish uchun vaqt kerak edi. Keyin senga aytmoqchi edim. Ketishimga hali to‘rt kun bor.

U ko‘ziga qaramadi.

Chunki hozir Jungkookka qarasa, yolg‘oni darrov bilinib qolardi.

Shu sababli u ichida tushunarsiz hislar chaqnayotgan o‘sha bug‘udek ko‘zlarga qarashga jur’at etmadi.

Jungkook esa bir qadam ortga chekindi.

yana bir qadam.

oxiri eshik yoniga borib to‘xtadi.

Jk: birga boramiz deganding... yolg‘onchi.

Jungkook jag‘ini qattiq qisdi.

Taehyung asta unga qaradi va uning gaplaridan ranjidi.

Ammo Jungkook ham og‘riq chekayotgandi.

juda qattiq.

Nima qilishni bilmaydigan darajada.

Teahyung: Kook, uzr. Men... o‘zimga nima bo‘layotganini bilmayman, ammo buni tuzatish kerak.

Taehyung gap boshladi.

Ichidagi kichkina ovoz esa unga jim bo‘lishni aytayotgandi.

Chunki u qanchalik ko‘p tushuntirsa, haqiqiy hislarini shunchalik ko‘proq oshkor qilib yuborardi.

Ammo Taehyung Jungkook va uning ichiga butun olam sig‘gandek tuyuladigan bug‘udek ko‘zlari oldida juda ojiz edi.

Teahyung: Buni imkon qadar tezroq tuzatish kerak.
Shu sababli sendan uzoqda bo‘lishim kerak.

Jungkook ko‘zlarini pirpiratdi.

Taehyung esa tezda qo‘shimcha qildi:

hamma narsadan.

va bilaman, va’damni buzdim. Ammo ichimdagi noto‘g‘ri narsani tezroq tuzatmasam, ikkalamiz ham bundan afsuslanamiz.

Taehyung yutinib qo‘ydi.

U bundan ortiq gapirmaslikka qaror qildi.

U aytayotgan gaplar allaqachon Jungkookni chalkashtirib yuborayotganiga amin edi.

Keyin afsuslanadigan gapni aytishni istamasdi.

Jungkook bosh irg‘adi.

Keyin boshini qiya qilib kulimsiradi.

Jk: o‘zingni ehtiyot qil. Va umid qilamanki, sendagi nima balo bo‘lsa ham shu 18 oy ichida tuzaladi.

Chunki men eski eng yaqin do‘stimni qaytarib olishni xohlayman.

Shundan so‘ng Jungkook eshikni ochdi va chiqib ketdi.

Taehyung esa nihoyat his-tuyg‘ularini yashira olmay qoldi.

U devor bo‘ylab sirg‘alib polga o‘tirdi, yuzini qo‘llari bilan yopdi va ko‘z yoshlarini hatto soyasidan ham yashirdi.

Jungkook undagi “noto‘g‘ri” narsani tuzatishini xohlardi.

Ammo u aslida nimani tilayotganini bilmasdi.

Taehyungning unga bo‘lgan hislaridan qutulishini.

Jungkook bilmasdi.

Taehyung ketayotganining sababi u xohlagani uchun emasdi.

unga majbur bo‘lgani uchun edi.

Bolalikdagi eng yaqin do‘sti Jeon Jungkookka bo‘lgan bu ahmoqona hislardan qutulish uchun edi.





𝗕𝘆: 𝗟𝗶𝗮𝗻𝗮