2020-yilda ishlab chiqarilgan top-10 byudjet smartfonlar bilan tanishing.
2020-yilda byudjet smartfon ishlab chiqaruvchilari qurilma nafaqat arzon, balki kundalik hayotda foydalanish uchun juda qulay tanlov bo'lishi ko'rsatib berdilar. Endilikda kompaniyalar byutjet smartfonlarning faqatgina texnik xususiyatiga emas, balki uning tashqi dizayniga ham katta e'tibor berishmoqda. Bu o'zgarishlarning barcha sog'lom raqobat tufayli yuzaga kelmoqda. Hozir esa biz sizlar uchun 2020-yilda taqdim etilgan top-10 byudjet smartfonlar bilan tanishtiramiz va bu yangi gadjet olayotganlar uchun qo'l kelishi mumkin.
Poco X3
β Poco brendi smartfonlariga yildan yilga ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Buning sababi bozorda har doim kuchli texnik jihatlarga ega byutjet smartfonlarga talab juda katta hisoblanadi. Poco X3 Gorilla Glass 5, HDR10, 120Hz chastotali va 6,67 dyuymli IPS displeyga ega.
βIchki qismida Adreno 618 bilan ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 732G protsessori mavjud. Smartfon LiquidCool Technology 1.0 Plus suyuq sovutish texnologiyasi bilan jihozlangan, unga mis issiqlik trubkasi va bir nechta grafit qatlamlari kiradi.
β Asosiy kamerada to'rtta modul mavjud. Shuningdek, flagmani darajasida stereo karnaylar mavjud.
To'liq texnik jihati β https://t.me/texnologiyait/2808
Narx β $255 dollar
Redmi Note 9
β Redmi Note 9 ko'plab foydalanuvchilar sinovidan o'tgan byudjet liniyasining vakili. Gadjetda 2340Γ1080 piksellar soniga ega katta 6,53 dyuymli ekran mavjud. Smartfon MediaTek Helio G85 chipseti va ARM G52 MC2 grafik kuchaytirgichi bilan jihozlangan.
β Protsessori tufayli AnTuTu testida 205.496 ball to'playdi, bu Snapdragon 665-dan 21% ko'proq. Qurilmaning 3 va 4 Gb tezkor xotira, 64 va 128 Gb doimiy xotira turlariga ega va microSD orqali kengaytirilish ham mumkin.
β Eng qizig'i, smartfonda P2 suv o'tkazmaydigan qoplamali Gorilla Glass 5 qo'yilgan. Kameralar quyidagicha: 48 Mp, 8 Mp, 2 Mp, 2 Mp - asosiy, 13 Mp - old.
To'liq texnik jihati β https://t.me/texnologiyait/2103
Narx β $230 dollar
Moto G9 Plus
β Afsonaviy brendning smartfoni 6,8 dyuymli LTPS displeyga ega, uning o'lchamlari 2400Γ1080 piksel. Ichki qismida Adreno 618 grafik tezlatgichi bo'lgan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 730G mavjud.
β Tezkor xotira - 4 GB, doimiy xotira - 128 GB, 512 Gb gacha bo'lgan microSD kartadan foydalanishingiz mumkin. Asosiy kamera 4 ta modulga ega va asosiy kamera 64 megapiksel.
Narx β $255 dollar
Poco M3
β Ko'pchilikni hayratda qoldirishga muvaffaq bo'lgan byutjet smatfonlardan biri, shuningdek, dizayn ham yomon emas.
β Old qismi diagonali 6,53 dyuym, 2340Γ1080 pikselli IPS-matritsa. Adreno 610 o'rnatilgan Qualcomm Snapdragon 662 protsessoriga ega. Uch kamerali tungi rejimni qo'llab-quvvatlaydi.
β Hi-Res Audio sertifikati, yon barmoq izi skaneri va ikkita karnay mavjud. So'nggi asosiy yangilik - bu tezkor quvvat oladigan 6000 mA/soat quvvatga ega batareyadir.
To'liq texnik jihati β https://t.me/texnologiyait/3081
Narx β $215 dollar
Honor 10X Lite
β Honor 10X Lite 6,67 dyuymli IPS ekraniga ega, uning o'lchamlari 2400Γ1080 piksel. U butun frontal maydonning 90,3 foizini egallaydi va Gorilla Glass bilan qoplangan.
β Asosiy kameraning asosiy sensori 48 megapikseldir. 120 daraja ko'rish burchagi va chuqurlikni o'lchash uchun sensorlar mavjud. Protsessor 8 yadroli Kirin 710A, 14 nm, grafik tezlatgich - ARM Mali-G51 MP4.
β Tezkor ishda apparatga Magic UI 3.1 qobig'i Huawei Mobile Services va AppGallery markali onlayn-do'kon bilan yordam beradi.
Narx β $205 dollar
Samsung Galaxy A31
β Samsung A-liniyasi gadjetlarini takomillashtirishda davom etmoqda. Masalan, Galaxy A31. Bir xil texnik xususiyatlarga ega A41-ga qarash mumkin, ammo bu yerda, hech bo'lmaganda, siz 4 Gb yoki 6 Gb tezkor xotira, shuningdek 64 Gb yoki 128 Gb ichki xotirani tanlashingiz mumkin.
β Diagonali 6,4 dyuym va o'lchamlari 2400Γ1080 piksel bo'lgan Super AMOLED ekranini sizni anchagina xursand qiladi. Protsessor ham yomon emas - MediaTek Helio G70.
β Asosiy kamera 48 megapikselni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 15 Vt tez quvvat oladigan katta 5000 mA/soat quvvatga ega batareya mavjud.
To'liq texnik jihati β https://t.me/texnologiyait/2482
Narx β $255 dollar
ZTE Blade V2020
β Smartfon yuqori sifatli 6.53 dyuymli LTPS-ekran ega (Full HD+). Protsessor 8 yadroli MediaTek Helio P70. Grafika tezlatgichi β Mali-G72 MP3. Tezkor xotira - 6 Gb, doimiy xotira - 128 Gb.
β Smartfonda NFC va 5G mavjud. Asosiy kamera 48 megapikselni tashkil qiladi, shuningdek, 18 Vt tez quvvat oladigan katta 4000 mA/soat quvvatga ega batareya mavjud.
Narx β $170 dollar
Oppo A72
β Smartfonda Adreno 610, 4 Gb tezkor, 128 Gb doimiy, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 665 mavjud. Smartfon ikkita Dolby Atmos stereo karnay bilan jihozlangan, shuningdek yon tomonida barmoq izlari skaneri mavjud.
β Dastur Ultra Night Mode 2.0 va videoni tezkor tahrirlash uchun Soloop dasturini o'z ichiga oladi. Asosiy kamerada to'rtta modul, shu jumladan 119 daraja ko'rish burchagi bo'lgan ultra keng burchakli kamera mavjud.
Narx β $270 dollar
Realme 7
β 6,4 dyuymli Gorilla Glass displeyi - 90Hz. Kamera: 48 megapikselli asosiy, 8 megapikselli keng, oq rang balans moduli va makro modul.
β Realme 7 kamerasi panorama rejimini, portret rejimini, vaqtni kechiktirishni, HDR, AI-ni aniqlash rejimini taklif etadi. Qo'himcha UIS stabilizatsiyasi va UIS Max.
β Texnik jihatlar - Mali-G76 MC4 bilan MediaTek Helio G95, 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotira, 30 Vt adapterli 5000m/Ah quvvatga ega akkumulyator 26 daqiqada 50% gacha quvvat oladi.
To'liq texnik jihati β https://t.me/texnologiyait/2789single
Narx β $270 dollar
Nokia 5.4
β Nokia 5.4 smartfoni ko'pchilikni ajablantirishi mumkin. Birinchidan, zamonaviy dizayn. Ikkinchidan, mukammal kamera va texnik jihat. Unda 6,39 dyuymli IPS displey va Adreno 610 o'rnatilgan Snapdragon 662 protsessori mavjud.
β Nokia 5.4 "Cinema" rejimida suratga olishni ta'minlaydi - 21: 9 formatidagi soniyada 24 kadr. Videoni qayta ishlash uchun maxsus tanlangan rang sxemalariga ega video muharriri mavjud.
β Smartfonda tasvirni barqarorlashtirish va shovqinlarni pasaytirish texnologiyalari hamda OZO Audio atrof-muhit ovozi mavjud.
Narx β $245 dollar
Eslatma: Yuqoridagi narxlar O'zbekiston bozori bilan farq qilishi mumkin va blogpostda ayrim xatoliklar yuzaga kelgan bo'lsa, buning uchun sizdan uzr so'raymiz, bizni kuzatishda davom eting.