Blog
September 5, 2020

Reklama uchun qanday qilib to'gri kanal tanlash mumkin?

Siz uchun reklama joylashtirishda kanallarni to'gri tanlash va analiz qilish bo'yicha maqola tayyorladik. Qulayroq o'tirib oling va maqolani diqqat bilan o'qib chiqing. Adminlarga emas raqamlarga ishoning. Pullaringizni esa omonat kassalarida saqlang.

1. Reklama uchun kanal tanlash

https://uz.tgstat.com katalogida 33 000 dan ziyoda o'zbek kanallari mavjud.

Katalogdan mos kanal izlashda nimalarga e'tibor berish kerak:

ERR va 1 ta post qamrovi — kanaldagi obunachilarning nechi foizi kanalni kuzatishi. Ushbu ko'rsatkichlar orqali bizning reklamamizni taxminan qancha odam ko'rishini bilib olishimiz mumkin.

Nimani xulosa qilish mumkin: Reklamamizni qancha odam ko'rishini hamda, juda kam ERR kanal saviyasi pastligini yoki "nakrutka" dan darak beradi.

Kanalda har kuni chop etiladigan maqolalar soni — kun davomida e'lon qilinadigan postlar soni ko'p bo'lsa, obunachilarda reklamaga 'immunitet' kuchli rivojlangan bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, kanal bir kunda 20 ta post chiqarsa-yu, lekin kanalda 3-5 tacha post ko'rsangiz. Qolgan postlar VP-reklamalar bo'lishi mumkin. Juda ko'p kanallar (asosan diniy, ilmiy kanallar) 5-10 daqiqalik reklamalar joylashtirishadi.

Nimani xulosa qilish mumkin: Kanalga kirgan obunachi 30 ta postni o'qib chiqishi uchun 30 daqiqadan 60-70 daqiqagacha vaqti ketadi. Shu 30 ta postdan 1 tasi sizning reklamangiz. Aytingchi birorta kanali o'qishga siz har kuni shuncha vaqtingizni sarflaysizmi?

Kanalda joylashtiriladigan avvalgi reklamalar matni — siz tekshirayotgan kanalda avval qanday reklamalar joylashtirishi kanal auditoriyasining qanchalik darajada saviyaliligini ochib beradi.

Nimani xulosa qilish mumkin: Siz Moliyaviy savodxonlik haqidagi kanalingizni Asalhoney va Timur Aliyevni har kuni reklama qiladigan kanalda reklama qilmoqchi ekanligingizni biliasiz.

2. "Nakrutka"ni qanday aniqlash mumkin?

4-avgustda Telegram juda zo'r yangilik qildi. https://t.me/tginfo/2686

Endi boshqa kanalning postini repost qilgan kanaldagi postda faqat o'zining "просмотр"lari ko'rinadi.

Ushbu 'ficha'ni repost qilingan reklama postlari orqali kanalning 'nakrutka' qilingan yoki qilinmaganligini bilib olishda ishlatish mumkin.

Masalan. @KDUZB kanalining 'nakrutka' ekanligi aniq, lekin qanchadir obunachisi haiqiy bo'lishi kerak-ku?
@KDUZB da o'rtacha 1 ta post 180k ko'rishlar soniga ega. Lekin repost qilingan reklama va postlardagi ko'rishlar soni 95-110k
Demak, 'dodani' kanalida reklama narxi sizni qoniqtirsa, 100k obunachiga o'zingizing xizmatingiz haqida aytib berishingiz mumkin.

Obunachilarning soatbay o'sish dinamikasini tekshiring.

Tgstat orqali kanalning qaysi kunlarda va qaysi soatlarda obunachilar soni o'sganligini tekshiring. Dinamikada o'sish asosli ekanligini, qaysi manba hisobiga yangi obunachilar qo'shilayotganligini bilib oling.

Layfhak: Agar yaxshi effekt beradigan kanal izlayotgan bo'lsangiz, boshqa muvaffaqqiyatli kanallarning o'sish dinamikasini tekshiring. Dinamikada qaysidir kuni o'sish kuzatilgan bo'lsa, o'sish qaysi kanalda reklama joylashtirilganligi hisobiga ekanligini biling. Keyin o'sha kanaldan reklama oling ;)

  • Bizning maqsadimiz sizga sifatli va saviyali kanallarni taqdim etish. Kanallar ro'yxatini esa mana bu yerda: https://tgads.uz/+kanallar