Telegraph
September 5, 2020

Ghost Mode | Telegraph

Eng dolzarb masalalardan biri bo'lgan Ghost funksiyasi haqida

  • Ghost Mode haqida qisqa tushuncha.
  • Ghost funksiyasidan qanday foydalanish.
  • Nega Ghost Mode Telegraphdan olib tashlandi?
  • Ghost rejimidan foydalanishning boshqa yo'llari bormi?

Ghost mode haqida qisqa tushuncha.

Demak deyarli barcha Telegraph foydalanuvchilariga tanish bo'lgan Ghost Mode nima?

Ghost Mode yoki "Sharpa" deb ataluvchi bu funksiya faqat Telegraph(2, 3) uchun yaratilgan maxsus qo'shimcha dastur bo'lib, "Sirli" foydalanuvchilarga ba'zi-bir maxfiylik imkoniyatlarini yaratib beradi:

  • Tarmoqdagi faollikni yashirish
    • Tarmoqda online bo'lsangiz ham boshqa foydalanuvchilar buni sezmaydi
  • Online holatdayam so'ngi faollikni saqlab qolish
    • Online holatingizda ham so'ngi faollikda oldingi kirgan vaqtingiz ko'rsatiladi
  • Ko'rilgan xabarlarni ko'rilmaganday saqlab qolish
    • Suhbatdoshingizdan kelgan xabarlarni ko'rganingizdan keyin ham suhbatdoshingizda 1ta tasdiqlash belgisi (✔️) turadi.

Afsuski Ghost rejimining ham o'z kamchiliklari mavjud:

  • Ghost rejimida biron xabar jo'natsangiz, pprofilingizni tahrirlasangiz, kanal yoki guruhga qo'shilsangiz so'ngi faollik vaqti o'zgaradi
  • So'ngi faollik vaqti o'zgarganda o'qilmaganday turgan xabarlar tasdiqlanadi (✔️✔️)
  • Guruhlarda sizga reply (javob xabar) qilib yozilgan xabarlar yig'ilib qoladi. Ilovaga har kirganingizda @ belgisi ostida xabarlar to'planib turadi. (Bunga sabab so'ngi faollikning o'zgarmagani)

Ghost funksiyasidan qanday foydalanish.

O'rnatish