Telegram
March 7, 2020

Telegram aslida Telegraph ekanini bilarmidingiz: Telegram tarixi

Bugungi kuda messenjer 200 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega - u WhatsApp'ga asoslanib yaratilgan va xavfsizligi sababli shuhrat topgan!


2019-yil 14-avgustda eng mashxur messenjerlardan biri o'z faoliyatining 6 yilligini nishonladi. Bu mavzuda Pavel Durov - Telegram asoschisi o'zinging rasmiy servis sahifasida shunday dedi:

Pavel Durov
"Telegram 6 yoshga to'ldi. Bu yillar davomida biz erkinlik va maxfiylikga asoslangan holda faoliyat yurutdik. Endi, ishga tushirilganidan 6 yil o'tgach, Telegram dunyodagi xabarlar almashish bo'yicha uchinchi yirik dasturga aylandi. U TOP-10 ijtimoiy servislar qatoriga kiritilgan. Keling buni bugun nishonlaylik - ertaga biz yangi funktsiyalarni yaratishga qaytamiz, bizni ko'plab yangi qiziqarli imkoniyatlar kutmoqda "

Bugungi kunda Telegram ba'zi davlatlarda taqiqlangan bo'lishiga qaramasdan, butun dunyo bo'ylab odamlar undan foydalanishmoqda. Shaxsan o'zim Rossiya Federatsiyasida o'qigan paytimda kuzatganman - federatsiya hududia telegram serverlariga ulanish to'sib qo'yilgan bo'lsada, ko'pchilik blokirovkani bartaraf qiluvchi qo'shimcha dasturlardan foydalanib telegram ishlatishardi. Shu payt menda "Hammaga shu qadar manzur bo'lgan messenjer nega ayrim davlatlarda ta'qiqlangan?" degan savol paydo bo'ldi va men Telegram tarixini o'rgana boshladim. Ko'pchilikning fikricha Pavel Durov "ВКонтакте"ni sotishga majbur bo'lgach bu loyihaga kirishgan ekan. Ammo men o'z izlanishlarim natijasida bu yolg'on ma'lumot ekanligini aniqladim. Asli Durov bu loyiha ustida anchadan buyon ishlab kelgan ekan.

Telegram tarixi 2011-yilda Rossiyada bo'lib o'tgan davlat yig'ilishidan boshlanadi.

Telegram yaratilishi haqida ilk bora Anton Rozenberg 2018-yil iyulda GQ intervyusida aytib o'tadi. Uning aytishicha bu loyiha davlat yig'ilishida tasdiqlanishi kutilgan.

Anton Rozenberg

Yig'ilish dekabr oyida bo'lib o'tdi va ko'plab noroziliklar, mitinglarga sabab bo'ldi. O'sha paytda asosiy messenjer sifatida VK ishlatilardi. Ammo hechkim ushbu messenjerda yozishmalar havfsizligini kafolatlamagan. Shu sababli fuqarolar tomonida noroziliklar bildirilardi. Shunda Hokimiyat "xushmuomalalik bilan" Durovdan servisning ba'zi imkoniyatlarini yopishni so'raydi. Pavel Durov huddi shunday "xushmuomalalik bilan" buni rad qiladi. Shu qarori tufayli ОМОН uni yig'ilishdan kuzatib qo'yadi. Bu ham yetmagandek shu masala yuzasidan sudlanadi.

Ana o'shanda Durov hattoki o'z akasi Nikolay bilan ham gaplashishi havfsiz emasligini tushunadi. Anton Rozenbergning fikricha aynan shu vaziyatdan keyin Durov Telegram loyihasiga jiddiy yondosha boshlagan.

Telegram WhatsApp'ga asoslanib yaratilgan.

Yana Rozenbergning aytishicha o'zining mutlaqo o'zgacha loyihasini yaratish uchun Pavel Durovda fantaziya bo'lmagan. Bunga yaqqol misol qilib Facebook'ga aoslangan VK'ni aytishimiz mumkin.

Durov o'z loyihasini WhatsApp'ga aoslanib yaratar ekan uning asosiy kamchiligini Telegramning asosiy ustunligiga aylantirmoqchi edi. Ya'ni WhatsApp'da ma'lumotlarni saqlash uchun shaxsiy baza yo'q edi. Buning natijasida yangi qurilmaga kiritligan akkauntda avvalgi yozishmalar tarixi bo'lmasdi. Shuniyam aytish joiz-ki - dastlab ushbu loyiha Telegraph deb nomlangan! :)

Pavel Durov yangi messenger WhatsApp'ga nisbatan tezkor va qulay bo'lishi oldindan takidlab o'tgan. Bunday natijaga erishish uchun dasturchilar WhatsApp faoliyati va trafigini kuzatib, o'rganib chiqishga majbur bo'lishgan.

Ilya Sherbovich

2013-yil aprelda Pavel Durovning eski hamkorlari VK'dagi ulushlarini 48%ga birlashtirdilar. Ularni UCP - Ilya Sherbovichning investitsiya fondi sotib oladi. Ayni shu damda Durov yo'lda YPX'ni urib yuboradi va uning ustidan ish ochiladi. Natijada Pavel Durov biroz muddatga ko'zdan panaga o'tishga majbur bo'ladi. Bu vatda esa teleefirga Rossiyada yangi messenjerning yaratilayotgani haqidagi habar uzatiladi. Sherbovich tezlik bilan bu loyiha huquqlariga norozilik bildirdi.

"Bu aniq mening ishim emas.Men yangi ijtimoiy tarmoq yaratmayapman, yaratmaganman, va yaratmoqchi ham emasman"

Pavel Durov o'zini mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan usullar bilan oqlashga harakat qildi. Aynan o'sha paytda u tezda Telegraphni Telegramga o'zgartirdi.

Qiziqarli fakt: VK'dagi o'z ulushiga Pavel Durov 300 million dollar olgan. Bundan bir necha yil oldin esa u Telegramga har oyda million dollardan ziyod sarflagan. Eng qizig'i shudaki - messenger hozirgacha bir tiyin ham foyda keltirmaydi !

Telegramning asosiy yutug'i - maxfiylikka bo'lgan talab.

2013-yil kuzda Saudiya Arabistoni va Forsiy ko'rfaz yaqinidagi boshqa davlatlarda Telegram haqidagi gap-so'zlar ko'paydi. Shunda taniqli arab bloggeri Xolid App Store'da yangi ajoyib messenjer paydo bo'lgani haqida bir necha postda takidladi.

Telegramning reklamasi uning maxfiyligida bo'lgan. Durov hech kim ularning yozishmalarini ko'ra olmasligini takidlab, foydalanuvchilarda ishonchni qayta uyg'otdi.

2014-yilda Telegram munosib ravishda Yevropadagi eng tez o'sib borayotgan startapga aylandi. 2015-yilga kelib Telegram'dan foydalanuvchilar soni 100 milliondan oshib ketdi.

Edward Snowden

Telegram'ning rivojlanishida yana bir insonning ham o'z hissasi bor desam mubolag'a bo'lmaydi. Edward Snowden sobiq MRB agenti. U 2013-yilda AQSHdan qochib Rossiyaga keladi va boshpana so'raydi. Bunga sabab u hukumatning odamlar ustidan olib boradigan doimiy kuzatuvlarini fosh etadi. Telegram esa maxfiylikni kafolatlab barchaga manzur bo'ladi.

Qiziqarli fakt: Telegram shuhrat topishiga o'sha paytdagi ahvol - maxfiylikka bo'lgan talab sabab bo'lgan. Durov dastlab 3ta alohida servis yaratmoqchi edi: Telegraph - sayohat uchun, Pictograph - fotosuratlar uchun, Telegram - muloqot uchun. Lekin u faqat bittasi bilan cheklandi.

Messenjerning ochiq kodi uni yanada rivojlantirdi.

Telegram bozorda aniq raqobatchilar paydo bo'lgandagina o'zini ko'rsatdi: WhatsApp va Viber. Birinchisi deyarli butun dunyoda ishlatilgan, ikkinchisida Rossiya, Eron va boshqa mamlakatlarda o'n millionlab foydalanuvchilar bo'lgan. Sayyoramizning ba'zi mintaqalarida aloqa xizmatlari ham rivojlandi: WeChat allaqachon Xitoyda, Line Yaponiyada hukmronlik qildi va yozishmalar Hindistonda Hike orqali olib borildi. Ushbu raqobat bozoriga faqat maxfiylik yordamida kirish mumkin edi.

Telegram'ning rivojlanishida nafaqat uning maxfiyligi, balki, hamma uchun ochiq bo'lgan kodga egaligi ham katta yordam berdi. Durov Telegram uchun maxsus APIga ham alohida e'tibor qaratgandi. Uning yordamida dasturchilar Telegram'ga asoslangan holda o'zlaringing yangi, havfsiz messenjerini yaratishlari mumkin edi. Telegram'ga bu borada Braziliya katta shuxrat keltirdi. U yerda Telegramning ochiq kodiga asoslangan ZapZap nomli servis yaratildi - 2015-yilgacha bu dasturni App Store'ning o'zidan 6 million marta yuklashgan.

O'sha yilgacha Telegramni Italiyaning o'zida iPhone va Android uchun 2 million marta, Braziliyada esa WhatsApp taqiq ostidaligi sababli Google Playning o'zidan 10 million marta yuklab olishgan.

Eronda aql-bovar qilmas darajadagi Telegramga bo'lgan talabniyam unutmaylik. Bu davlatda Viber'dan ommaviy ko'chish bo'lgan. Sabab Viber'da Isroilga aloqadorlik topib shu zahoti-yoq bloklashgan. Durovning messenjeriga shu payti 20 million odam qo'shilgan.

Qiziqarli fakt: Facebook WhatsApp'ni sotib olganini e'lon qilgach hamma unga yopishib oldi. Natijada WhatsApp bir-necha soatga ishlamay qoldi. Bu texnik nosozlikdan norozi bo'lgan foydalanuvchilar Telegram'ga o'tishdi. Ushbu vaziyatda Facebook WhatsApp'ni sotib olib Telegram'ga 5 million foydalanuvchini sovg'a qildi.

Nega ayrim davlatlarda Telegram bloklangan?

Xitoy. Ushbu mamlakatda 2015-yil yozida Telegram bloklandi. Messenjerdan advokat va boshqa qonun himoyachilari keng foydalana boshlagach uni bloklashdi. Hukumatning fikricha bunday maxfiylikdan davlatga qarshi hatti-harakatlarda foylanilishi mumkin ekan.
Nimayam derdik... siz oldin hammani kuzatsangiz-u keyin maxfiy messenjer chiqib, sizni bundan mahrum qilsa... Hullas nima demoqchi ekanimni tushundingiz.

Afg'oniston. Telegram'ning yopiq siyosati tufayli u 2017-yil noyabrida ushbu mamlakat hududida ham blokirovka qilindi. Ammo bu mahalliy aholining juda ko'p noroziligi tufayli tezda to'xtatildi.

Qozog’iston. Birinchi marta ular 2018-yil bahorida messenjerda muxolifat harakatining faoliyati boshlanganidan keyin Telegram-ning bloklanishi haqida gapira boshlashdi. Keyin hokimiyat bilan ziddiyat bekor qilindi, ammo u yana 2019-yil bahorda boshlandi. Endi, messenjer ishlayotgan paytda, ba'zida shubhali nosozliklar yuzaga keladi, ammo mamlakatda rasmiy blok yo'q.

Eng qiziq narsa - Rossiyadagi Telegram tarixi. Aynan shu mamlakat uning vatani hisoblanadi, Durov bu haqiqatni yashirishga harakat qilsa ham.

Rossiya hududida Telegram bilan bog'liq qanday muammo mavjud

Telegram'ning vatani Rossiya bo'lishiga qaramasdan, Telegram uchun asosiy til ingliz tili bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolaveradi. Oldin ham, hozir ham Durov rossiyalik foydalanuvchilarga e'tibor qaratmaydi - messenjer allaqachon muvaffaqiyatga erishgan butun dunyo uning ustuvor vazifasi bo'lib qolmoqda.

Shunga qaramay, Rossiyada u yaqin vaqtgacha juda iliq kutib olindi. Uni hatto prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham maqtagan. Uning so'zlariga ko'ra, Kreml jurnalistlar bilan muloqot qilish uchun faqat Telegram'dan foydalanadi: bu tez va qulay. Xizmatni to'sib qo'yish haqida savol tug'ilganda ham, amaldorlar uni himoya qilish uchun o'rnidan turishdi. Ulardan biri o'sha paytdagi aloqa vaziri Nikolay Nikiforov bo'lib, u Durov bilan aloqada bo'lgan va messenjerga ishongan.

Nikolay Nikiforov

2017-yilning boshida hammasi izdan chiqadi. RosKomNadzor Telegramdan ma'lumotlarni sir saqlamaslikni so'raydi, aks holda blokirovka qilishlarini aytib po'pisa qilishadi. Durov bu murojatga jiddiy e'tibor bermaydi ammo, hamma ma'lumotlar ochiq manbaada mavjudligi haqida javob berib, hattoki o'sha manbaaga havola(link) ham beradi.

Keyinchalik FSB(Federal xavfsizlik xizmati) Durovdan Sankt-Peterburgdagi metro portlashida aloqasi bo'lgan 6ta jinoyatchining yozishmalarini so'raydi. Durov buni rad etadi va kuzda unga 800 ming dollar jarima yozishadi.

2018-yil bahorda RosKomNadzor Telegram'ga shart qo'yadi: telegram yozishmalarni kerakli paytda o'qiy olishi uchun maxsus parol yaratib uni hukumatga berishi kerak bo'ladi, aks holda davlatda telegramni bloklashadi. Durov sokinlik bilan bundan bosh tortadi va Telegram'ni bloklash mumkin emasligini takidlaydi. Natijada Moskvadagi sudda Telegram'ni butunlay bloklash hukmi chiqariladi. Servisni imkon qadar to'sib qo'yishga urunishdi ammo, to'liq bloklashning uddasidan chiqa olishmadi. Bugungi kunda Telegram Rossiya hududida VPN va Proxy orqali muammosiz ishlamoqda.

2018-yil mart oyining so'ngiga qadar Telegram foydalanuvchilari soni 200 milliondan oshdi. Tadqiqotlarga ko'ra Rossiya hududida telegramdan asosan 18-24 yoshdagilar keng foydalanishadi. Ko'pchilik telegramni "Bulut" xotira uchun ham ishlatadi. Uning yordamida faylarni bir qurilmadan ikkinchisiga tezda o'tkazsa bo'ladi. Telegram'da shuningdek guruh, kanal va botlar ham ommalashishga ulgurgan. Hozirda telegramda maxsus o'yinlar ommalashib bormoqda.

Sizlarga yetkazmoqchi bo'lgan habarlarim faqatgina bulardan iborat emas edi. Lekin hozircha shu bilan kifoyalanib turaman. Telegram haqida bilganlarimning eng qiziq va muhimlarini ushbu maqolada keltirib o'tdim.

Agarda sizda qo'shimcha ma'lumot yoki savol bo'lsa komentariyada yozib qoldiring!

@NurikNazarov11 | Telegram tarixi