𝑿𝑨𝒀𝑶𝑳𝑰𝑴𝑫𝑨 𝒈𝒐'𝒛𝒂𝒍 𝒒𝒐𝒍...
Taehyung Jungkookning barcha hazillarini ko'tarar va uni yaxshi ko'rar edi. U bilan juda qalin do'st edi.
Taehyung: kul kul ustimdan, qayerdanam do'stim deganmana seni?
Jungkook ichgan bo'lsa ham, doim o'ylab gapirardi xuddi hozirgisi kabi...
Jungkook: senga kim do'st bo'l dedi? Zarilmidi?
Taehyung Jungkookning birdan jiddiylashganini ko'rib sergak tortdi
Taehyung: yo'q, sen noto'g'ri tushunding, men unaqa demoqchimasdim
Jungkook esi-dardi Taehyungning gaplari emas, balki ichish edi...
Qisqa javob berib cheklanib qo'ya qoldi
Jungkook: hm
U yana bir stakan vinoni ichdi
Taehyung indamasdan unga qarab o'tirarkan, tinmasdan ichaverganiga ichi achib, gapira boshladi
Taehyung: bo'ldi, bas qil, bugunga yetarli, hozir uyingga bor, kech bo'lib qoldi
U shunday deb Jungkookning qo'lidagi stakanni olib, stol ustiga qo'ydi
Jungkook soatiga qararkan, haqiqatdan ham kech bo'lganini angladi
Taehyung Jungkookka yordamlashishni afzal bildi, sababi u oyoqda turolmaydigan darajada mast edi...
u Jungkookni qo'lidan ushlab, mashinasiga o'tirg'izdi
Jungkook boshini orqaga tashladi
Jungkook/pov: ax, juda charchadim...
Taehyung mashina ruliga o'tirdi va sekin gapira boshladi
Taehyung: uyingga olib borib qo'yaman, o'zingni haydashing xavfli
Jungkook boshini orqaga tashlagancha, unga qo'l siltadi
Jungkook: bilganingni qil, uyga borsam bo'ldi
Taehyung indamadi
Taehyung/pov: shunaqayam ko'p ichadimi odam degan?
Taehyung: yetib keldik, tushaqol
Jungkook uxlab yotardi
Taehyung/pov: aysh, yosh boladan farqi yo'q buni
U Jungkookni turta boshladi
Taehyung: Jungkook, ....Jungkook...uyg'on , yetib keldik
Jungkook sekin ko'zlarini ochib, tansoqchilarni qo'li bilan ko'rsatib gapira boshladi
Jungkook: ularga ayt
Taehyung/pov: nima? Ularga ayt degani nimasi bo'ldi? Haaaaaa, gap buyoqda ekanda....
U tansoqchilarni chaqirdi, ular mashinadan sekinlik bilan Jungkookni tushirib, ko'tarib olib kira keta boshladi
Taehyung Jungkookdan xavotir olib qo'ydi va Tansoqchilarga qarata:
Ular Jungkookni ichkariga olib kirib ketishdi...
Taehyung ham uyiga yo'l oldi... Sokinlik.... Va bu sokinlikni albatta bir inson buzmasa hisobmas...
Taehyungga qo'ng'iroq bo'ldi
Taehyung/pov: bemahalda kim bo'ldi
📲-yaxshimisan, uzr kech bo'lganda bezovta qildim
Taehyung kesatish ohangida gapira boshladi
📲Taehyung: hechqisi yo'q, seni bunaqa bezovta qilishlaringga o'rganib ketganman
Telefondan kulgi ovozi eshitildi
📲Taehyung: bilasanmi Jimin, seni bunaqa kulgularing qizlarni bir deganda ilintira oladi, bilasanmi shuni?
Jimin bunaqa gaplarni hecham Taehyungdan eshitmaganligi sababli, u ham kesatib gapira boshladi
📲Jimin: nima deding, uncha eshitmay qoldim?
📲Jimin: ha bo'pti, bo'pti, darrov arazlamagin, shunchaki hazillashdim
📲Taehyung: nega qo'ng'iroq qilganding, ruldaman, tezlash agar biron ishing yoki gaping bo'lsa
📲Jimin: ruldasan? Nega, tinchlikmi? Yo bitta yarimta qiz bilan...
Taehyungni asab tolalari Jiminning bu gapiga dosh bera olmadi
📲Taehyung: bas qil! Qanaqa qiz?
📲Jimin: bo'ldi, bo'ldi, qizishma, qayerdan kelyapsan?
📲Taehyung: uff.... Jungkookni uyidan qaytyapman
📲Taehyung: ha tinchlik, clubga kelgandi, anchagina ichdi, uyiga tashlab qo'ydim
📲Taehyung: savolimga javob bermading?
📲Jimin: qaysi? Haaaa, nega qo'ng'iroq qilganligimmi? O'zim shunchaki....
📲Taehyung: qoq tunni o'rtasidami? Shunchakimi? Balki o'zing qizlar bilan ishni tugatib, qo'ng'iroq qilayotgandursan?
📲Jimin: bu nima deganing? Biron marta shunday qilganimni ko'rganmisan?
📲Taehyung: ko'rdingmi Jimin? Xarakteringni o'zingga qaytarsa yoqmaydi
📲Jimin: hmmmm, shunaqami hali? Seni Jin akamizga aytib bermasammi?
📲Taehyung: yo'q,yo'q,yo'q, faqat bu emas
Telefondan Jiminni kulgisi eshitildi
📲Jimin: shundog'am aytmayman, meniyam kallam ketsinmi keyin?
📲Taehyung: bilasanku, Jin akamizni , bo'lar-bo'lmas narsaga bezovta qilaversang yoqmaydi
📲Jimin: ha mayli Taehyung, yaxshi yetib ol uyingga, ehtiyot bo'l
Taehyung o'y-u-xayollarga cho'mgan holda uyiga yetib keldi...
Xonasiga kirdi, kiyimlarini alishtirmasdan o'zini krovatga tashladi
Taehyung/pov: ax, naqadar og'ir kun...
U biroz shu alfozda yotdi va uyquga ketdi...
Jungkook boshida qattiq og'riq og'riq bilan uyg'onar ekan, telefoni tinmay jiringlayotganini sezib, erinibgina oldi, gapira boshladi...
Jungkook jahli chiqib, telefonga qaradi, ne ko'z bilan ko'rsinki, hali telefonni ko'tarmasdan gaplashib yotgan ekan
📲-uzr ertalabdan bezovta qildim, bu men Jihunman
Jungkook/pov: bu kim bo'ldi endi, shunaqa ishchim ham bormidi???
📲Jihun: ha Jihun, tanimadingizmi Janob
📲Jungkook: taniganimda ismingmi qayta so'rarmidim?
📲Jihun: uzr janob, men janob Kim Seokjin amakivachchangizni o'ng qo'llari bo'laman
📲Jihun: xullas, Janob Kim Seokjin, zudlik bilan kelib ketishingiz kerak ekanligini aytdilar
📲Jungkook: nega? Ertalabdanmi?
Jungkook/pov: uffff, shu yetmay turgandi o'zi, nima ishi bor ekan menda? Ishqilib tinchlik bo'lsin
U o'rnidan erinibgina turib, dushga kirib ketdi, biroz vaqtdan so'ng, sochiq bilan sochlarini artib chiqib kelar ekan,unga qo'ng'iroq bo'layotganini payqadi
Jungkook/pov: ufff boshlandi....
📲Taehyung: ishga kelasizmi janob?Siz bilan hal qilinadigan ishlar bor.
📲Jungkook: yo'q, biroz kechikaman, balki bormasman
📲Taehyung: nega? Tinchlikmi janob?
Jungkook kayfiyati yo'qligi sababli gapni maydalab o'tirishni xohlamadi