June 1, 2025
O’rganayotganlarimizga amal qilish usuli
O’rganish, izlanish, rivojlanish yo’lida bo’lgan inson o’rganayotganlarini har doim ham qo’llay olmaydi, yoki kerakli vaziyatda o’rgangan narsalarimiz esga kelmaydi.
Har kuni yangi narsa o’rganamiz lekin ularga qachon amal qilamiz?
Albatta kitobiy o’rganishni to’xtatganimizda, boshqacha qilib aytganda: og’riq orqali o’rganish bilan!
Biz amal qilishni boshlab, keyin o’sha narsa haqida o’rganishimiz kerak.
Amal qilmasak xatomiz bizga og’riq olib keladigan vaziyatda o’rganishimiz kerak.
Misol uchun, tibbiyotni o’rganmoqchimizmi, o’zimizdagi og’riqdan boshlashimiz kerak. Omma oldida gapirishni o’rganmoqchimizmi, shunchaki omma oldida gapirishdan boshlash kerak, uyalib qolamiz, bu ham og’riq beradi.