May 31, 2025

E-COM: Uzum Marketga katta raqobatchi

Bir, iki kun oldin Yandex Market sotuvchilar uchun tadbir o'tkazdi. Tadbirda 100 ga yaqin tadbirkorlar qatnashdi. Hayron qoldirgan jihati yosh sotuvchi va bu sohada yangi bo'lgan qiziquvchilar ko'pligi bo'ldi.

Yandex Marketni O'zbekiston bozoriga kirganiga qariyb 2 oy bo'ldi. Tadbir davomida bu davr mobaynida erishgan natijalari va kelgusi rejalari bilan bo'lishdi. Yandex Marketni bozorga kirib kelishi va sotuvlarni amalga oshirish jarayoni juda tez sodir bo'ldi. Albatta bu O'zbekiston bozorida Elektron tijorat hali to'yinmaganini bildiradi.

Uzum Marketdan asosiy farqi Yandex Market umumiy bir katta Ekotizimni bir bo'lagi hisoblanadi. Bu degani Ekotizimdagi bir servisning rivojlanishi boshqasiga ham ta'sir qiladi. Va Yandex Marketni Taxi Go ilovasiga joylashi ham shu jumladan.

Yandex Marketni kelgusida butun O'zbekiston bo'ylab kengayishi Uzum Market bilan raqobatni keskin kuchaytiradi. Shunda ham Yandex Market ishga tushganidan keyin Uzum market reklamaga e'tiborni kuchaytira boshladi.

Ma'lumot o'rnida Yandex Marketni yaqin orada Samarqand viloyatida ham ishga tushiradi.