January 29, 2025

O'ylarni qog'ozga tushirish

Shu yil, oyni boshidan jurnal tutishni, hech bo’lmaganda 2 kunda bir yozishni odat qildim. Natijasini mana bir oy bo’libdi ko’ra boshladim.

Ichimda o’tgan yaxshi-yomon hislarni, xato, kamchilik va yutuqlarni yozib boryapman. Chunki oldin bularni faqat xayollarimda o’ylardim va o’ylarimda juda toliqib ketardim. Ularni qog’ozga tushirish bunchalar yengillik beradi deb o’ylamaganman ham. Eng yaxshi jihati ularni tahlil qilish va nega aynan bunday bo’lganini tushunish mumkin.

Keyingi qadam ularni boshqarish, u xatoni qayta qilmaslik, hislarni erkin qo’yish, o’zini nazorat qilish va yaxshi tomonga intilish. Boshida biroz g’alati tuyularkan, lekin keyin bu yoqa boshlaydi.