January 23, 2025

Har narsaning o’z vaqti bor

Yoshligimizda qilgan orzu-havaslarimizda hozirda qisman yo balki to’liq yashayapmiz. O’ylab qolaman, men hozir yashayotgan hayotimni 3-4 yil oldin orzu qilardim, hozir esa undan ortiq hayotda yashayapman deb. Lekin u orzularni o’sha zahoti amalga oshib qolishini istagan edim, endi o’ylab qarasam u payt vaqti kelmagan ekan va mana hozir ayni o’sha orzular ushalgan onlar.

Endi xuddi shunday hozirgi orzu-havaslarimiz, istaklarimizga ayni paytda erishgimiz keladi. Lekin ularning o’z vaqti soati bor. Hech qachon ertaga keladigan narsani orzu qilmaymiz, qilmaganmiz ham, xuddi shunday 1 oydan keyin kelishi mumkin bo’lgan narsani ham orzu qilmaymiz, orzu qilganmizmi demak bunga ancha yillar bo’lgan, hayolimizdan o’tgan.

Orzu – bu ushalishiga ishoniladigan, ammo vaqt va usuli noma'lum bo'lgan istakdir.