Yoqmayaptimi? O’zingni majburla!
Odatda bizga foydasi tegadigan ishlarni yoqtirmaymiz (Kitob o’qish, ibodat qilish, telefonsiz o’tirib fikrlash, to’g’ri ovqatlanish, erta uyg’onish, yugurish va h.k), chunki bular bizga juda noqulay. Ko’plab qulay ishlar esa, biz uchun kam-kam lekin oxirida juda katta zarar beradi.
💡 Bunday vaqtlarda men o’zimni majburlayman. Turishga qiynalganimda, kitob o’qish yoqmaganda, telefondan uzoqlashishda va shunga o’xshash ishlarda o’zimni majburlar diqqatimni boshqa narsaga qaratishga urinaman. Bu ko’p hollarda yordam berdi, lekin ba’zi vaqtlarda bilmagan holda berilib ketib qolaman, ammo yodimga tushishi bilan men yana o’zimni majburlashga o’taman. Chunki bilamanki menga noqulay ishlarning menga foydasi katta.
Shu sababli har kuni noqulay, yoqtirmagan ishlarimga e’tibor qilib ularni bajarishga o’zimni majburlayman. Va buni bir qancha vaqtlardan keyin noqulayligi qolmaydi.
♻️ Men bu formuladan 2-3 oydirki foydalanaman, To’g’ri o’yindan tashqari holatlar ham bo’lib turadi, lekin o’zimga qulay bo’lgan vaziyatdan chiqib, boshqa foydali ishga o’zimni majburlayman.
Nima bo’lsa ham to’xtab qolmaslik kerak. Biz insonmiz xato qilamiz lekin uni tushinib yana to’g’ri yo’lga qaytish o’z qo’limizda.
⚠️Demak e’tibor qilishimiz kerak, bizga nimadir noqulay tuyilsa, aynan shu narsalar bizga foydalidir!