March 3, 2025

Tajriba  

Uzum Marketplace’da do‘kon yuritayotganimga 1 yil-u 8 oy bo‘libdi.

Marketpleys sotuvi bo‘yicha yaxshigina o‘rgandim va meni eng ko‘p quvontirgan narsa bu odamlarimizning E-COM’ga bo‘lgan ishonchi ortishni boshladi. To‘g‘risi hattoki o‘zim ham 3-4 yil oldin biror narsani online olishga qo‘rqardim.

Lekin Uzum Market juda katta va O‘zbekiston bozori uchun yangi bo‘lgan sohada katta ish boshladi. Va bu juda ko‘pchilikka foydali bo‘ldi.

💭Odamlar hech topolmayotgan narsalarini topishni, uyda o‘tirib qolgan ko‘pgina insonlar online sotishni boshladi, bu orqali yaxshigina daromad qilganlar ham bo‘ldi. Hech bo‘lmaganda urinib ko‘rganlar ham hech narsa yutqazmadi. Bu orqali o‘zini kichik daromad manbaini shakllantirib olganlar ham bo‘ldi. Shu bilan birga sotuvchi nuqtayi nazaridan qaraganda, tadbirkorlarga o‘z mahsulotlarini butun O‘zbekiston bo‘ylab sotish imkonini yaratdi, eng katta foydali taraflaridan biri aynan mana shunda.

Shunday katta Online bozorda do‘kon yuritish menga yaxshigina tajriba bo‘lmoqda va mana endi buni orqasidan sekinlik bilan "СНГ" bozorlariga ham qiziqish boshlandi ya’ni Wildberries’ga.

Sotuv bilan ko'p narsalarni o'rgansa bo'ladi!

@TheIbragimovs