Hech bo’lmasa xayollaringda rivojlanishdan to’xtama
Men o‘zimga doim bir iborani takrorlab kelaman “Hech bo‘lmasa xayollaringda rivojlanishdan to‘xtama”
Biror ishga kirishamiz lekin ozroq vaqtdan keyin tashlab qo‘yamiz, yurish, yugurish, yozish, o‘qish, ibodat va h.k. Menda ham bo‘ladi bu holat, lekin hech bo‘lmaganda xayollarimda qilishim kerak, davom ettirishim kerak, tashlab qo‘ydim, to‘xtatmaslik kerak degan fikrlar bilan o‘zimda yana qayta boshlashga kuch topaman.
Boshida 2-3 kun tashlab qo‘yaman 1 haftagacha cho‘ziladi, hatto oylab ham tashlab qo‘yaman, lekin shu vaqt oralig‘ida afsuslanib, qayta boshliman deb ko‘p o‘ylab yuraman. Bu yana boshlashimga turtki beradi. Va keyin kuch topib boshliman, bu safar amal qilish muddati avvalgisiga qaraganda ancha uzoqroq davom etadi.
To‘xtatib qo‘yganingda taslim bo‘lsang yutqazasan, yutqazmaslik uchun xayollaringda qayta boshlash va yaxshiroq qilish haqida ko‘proq o‘yla.
Xayollar harakatga undaydi, harakat esa natijaga!