January 14, 2025

Belgi berildi, qachon harakatga kirishasan?

Inson hayolida o’zining orzu-istaklarida yashaydi. O’ylagan o’ylarini hayotga tatbiq etishda qandaydir belgi yoki turtki kutadi va keyin harakatga kirishadi, unda ham bu belgi ekanligini anglasagina.

Bu yil menda shu kabi bir qancha belgilar bilan boshlandi. O’zim xayolimda o’ylab yurgan ishlar-u, istaklarni harakatga keltiradigan turtki bir necha bor berildi. Endi xayolni hayotga ko’chirish kerak xolos.

Bugun anchadan buyon meni qiynab kelayotgan savolga javob topdim. Savol: Nega atrofimdagi ayrim insonlar meni aytganlarimga amal qilishmaydi yoki beparvolarcha munosabatta bo’lishadi?

Qachon biror odamning maslahati ta’sir qiladi, qachonki u odamni yaxshi ko’rsak, u bizga yaqin bo’lsagina uni gapi bizga ta’sir qiladi”

Yaxshilab e’tibor beradigan bo’lsak, biz odatda maslahatini qabul qiladigan insonlarni yaxshiroq bilganimiz uchun u aytgan gaplariga amal qilarkanmiz.

Bu men uchun hammaga ham gapiraverib ta’sir ko’rsataman deb hom-hayolgan bormaslikka belgi bo’ldi.

Yana bir belgi. Anchadan buyon biror kontent qilib shaxsiy brend qilish kerakmikan deb o’ylab yurgandim, lekin nima kontent yaratish bo’yicha hecham bir qarorga kelolmayotgandim. Va eshitib qoldim, “Inson ko’rgan, eshitganlarini bo’lishgandagina o’rganadi”. Ha demak bizni qancha ko’p ma’lumot olganimiz emas qancha ko’p ma’lumot yetkazishimiz bizni ko’proq o’rganishimizga sabab bo’lar ekan. Bu ham men uchun bir belgi. O’rganayotganlarimizni o’rgatish orqali biz ilmni o’zimizga yuqtirgan bo’lamiz.

O’rganish va O’rgatish uchun enga yaxshi joy bu YouTube!

Generated by Krea.AI