Fikrlar buzilishi. Qalb dog'i
Oxirgi vaqtlarda fikrlarim juda tarqoq, buni psixologiyam bilan bog‘liq deb bilyapman. Chunki so‘ngi kunlarda shahvatimga ergashib Nafsimning istaklarini oxirigacha, to‘la to‘kis qondirishga muvaffaq bo‘lyapman.
Ongni fahsh bilan to‘lishi insonni har amallarini u bilan bog‘liq hayollar bilan o‘tkazishiga olib kelarkan. Qalbga o‘rnashgan bu illatlar, har dam insonni tinch qo‘ymaydi. Eng yomoni bu oddiy hol bo‘lib qoladi, har kun shu yo‘sinda davom etadi. O‘tib ketadi, voz kechaman deb o‘ylaydi lekin yillarni u xohishlarni so‘ndirish bilan o‘tkazadi.
Chiroyli kiyinishimiz odamlarga yoqish uchun, biror tashqi o‘zgarish qilishimiz odamlar uchun, maqtanish, nimanidirni isbotlash, ularga ko‘rsatib qo‘yish va shu kabi nafsing tubanlik va bizga yoqimli istaklari hammamiz uchun faqatgina yaxshi hayot deb ataladi.
Hayotni aslini tushunyapman deb o‘ylaymiz, boshqalarga o‘rgatamiz, ularni tilida aqllilik qilamiz lekin o‘zimiz bu bilganlarimizga sira amal qilmaymiz.
Bu holatlar bo‘yicha uzundan uzun fikrlar yozish mumkin, lekin bu o‘zimizga tasalli berish bilan aldashmi tushunmayman.