Tashqi ta’sir
Biz hamma narsani bilamiz, lekin bizga bildirishlari bilan harakatga tushamiz.
Yaqinda do‘stlarim bilan suhbatda Komfort zona va uning yomonligi haqida gap bordi, shu zahoti men ham o‘ylanib qoldim, chunki o‘zimda bu holatni ko‘rganman, Va shu payt bu zonadan chiqish yo‘llarini xayolan qidira boshladim. Lekin nega? Bilardim-ku, oldin nega buni jiddiy qabul qilmaganman?
Biz bilgan narsalarimiz haqida boshqa odamdan eshitganimizda unga yangicha nuqtai nazar bilan qarashni boshlar ekanmiz. Chunki oldin bunga yetarlicha e’tibor bermagan bo‘lamiz.
Bu kabi holatga yana bir misol. Hozirgi kunda trening va kurslar ko‘payib ketdi, treninglarda ishtirok etgan bir tanishimdan, o‘sha treninglar foyda berdimi, nimalarni o‘rgandingiz deganimda, shunday javob berishgandi.
“E o‘zi treningda aytilgan narsalarni bilar edim”
Lekin treningdan keyin bilgan narsalariga amal qila boshlagan. Sababi tashqi ta’sir.
Odamzod tabiatan tashqi omillarga kuchli javob beradi. Odamlar tabiatan ijtimoiy mavjudotlar, shuning uchun biz boshqalarning fikriga e’tibor beramiz. Va bu bizga bilgan narsalarimizga jiddiyroq e’tibor berishimizga sabab bo‘ladi.
Shu sababli biz o‘zimizda eslatib turish tizimini shakllantirishimiz kerak.
Telegram: @TheIbragimovs