September 15, 2021

Python yoki Java

Python yoki Java? Qaysi dasturlash tilini tanlash lozim.

Hozirda juda ham ko'p dasturlash tillar bor. Lekin eng mashhurlardan biri bu Python va Java. Bu maqolada Python va Java ni solishtiramiz va qaysi tilni tanlash kerakligini aniqlaymiz.

Sintaksis

Python bialn Javani birinchi farqi bu sintaksis. Hammaga malumki Python sintaksisi juda ham oson va Python kodi oson oqiladi. Java sintaksisini qiyin deb bo'lmaydi, ammo Python ga qaraganda Java sintaksisi qiyinroq. Shu jihatdan Python yaxshiroq. Python kodi ixchamroq va tezroq yoziladi. Berilgan vazifani Python bilan azgina kod yozib yechish mumkin. Agar siz hozir yoki kelejakda jamoa ichida dasturlamoqchin bo'sangiz Python bialn sizning kodingizni jamoadoshlaringiz tushunishadi.

Misol uchun hammaga tanish "Hello world" dasturini ikkala tilda ham yozdim.

Java:

public class Main
{
public static void main (String[] args)
{
System.out.println("Hello World");
}
}

Python:

print("Hello World")

Tezlik

Bo'shidan aytmoqchimanki tezlik deganda kodning yozilishi tezlikinimas, balki dastur bajarilishi teziki haqida yozilgan. Python oson til bo'lsa ham tezlik uning bir kuchsiz tomonidir. Java esa aksincha dasturni tez bajaradi. Buning sababi hamma dasturlash tillari ikkita guruhga bo'linadi: talqinlovchi(interpretatsiya) va jamlovchi(kompilatsiya). Java birinchi guruhga tegilshli bo'lib bu gurihning tillari dasturni tez bajarishadi, Python esa ikkinchi guruhga tegishli bo'lib, bu guruhning tillari sekin ishlaydi.

Turlash(tipizatsiya)

Ikkala til ham har hil turlash ga ega. Turlash bu o'zgaruvchanga(peremennaya) ma'lumot turi berish. Python dinamik turlashga ega. Bu degani siz o'zgaruvchanni turlashingiz kerakmas, Python buni o'zi qiladi va o'zgaruvchanda har qanday turli ma'lumot saqlashingiz mumkin. Java esa statik turlashga eda bo'lib, siz o'zgaruvchanni e'lon qilib unda faqat bir turli ma'lumot saqlashingiz mumkin. Dinamik turlash bir tomondan kodni ixchamroq qiladi, va dasturlashni yengillashtiradi. Statik turlash esa muammo tug'dirmaydi va dastur ishlshini tezlashtiradi.

Maqsad

Har bir til bir sohada ishlatiladi. Python va Java umumiy dasturlash tillari bo'lsa ham, ularning o'zining maqsadlari bo'r. Masalan Java Android va Mobil dasturlash sohasini egallagan, Python esa Web dasturlashda keng qollaniladi.

Python ma'lumotni tahlil qilishda va ma'lumot bilan ishlshda ham qollaniladi. Bunga misol Pythonda ishlidigan Netflix va Numpy, matplotlib, Pygal kutubxonalaridir. Java esa o'rnatiladigan texnologiya yaratishda qulaydir, chunki Javaning WORA(Write once run anywhere) tamoyili kodni har hir uskunalarda bajara oladi.

Xulosa

Ikkala til ham oziga yarasha yaxshi va yomon tomonlari bor. Bilingki ideal dasturlash tilini izlashga hojat yo'q, chunki unaqa tilning o'zi yo'q. Bizning sizga maslahatimiz bu ikkala tilni ham o'rganing, chunki Python ham Java ham mashhur va kuchli tillardir. Tilni tanlashda qaysi maqsad va qaysi vazifa yechish kerakligi muhum ahamiyatga ega. Tilni maqsadingizga qarab tanlang. Umid qilamizki bu maqolani o'qib siz o'ziz uchun yangi ma'lumot oldingiz. Siz qaysi dasturlash tilini o'rganmoqchisz?