July 3, 2021

Ada

Ada Lovelace - dunyodagi ilk dasturchi deb tan olingan ayol.

Ada Lovelace

Bu gap ko'plar uchun qiziq bo'lishi mumkin. Ammo buning bir qancha sabablari bor. Adaning otasi Lord Bayron shoir bo‘lgan. Onasi Anabella esa matematika o'qituvchisi edi. Adaga ham otasining, ham onasining hislatlari meros bo'lib o'tgan. Ada aslzoda oiladan edi. Shu sabab u kunlardan bir kun Charlz Bebbijning uyushtirilgan kechasiga taklif etiladi. U yerda Lovelace xonim Bebbijning differensial hisoblash mashinasi bilan tanishadi. Tabiiyki matematikani chuqur bilgan va shoirona ruhiyatdagi inson uchun bu mo'jizadek ko'rinadi.

Shunday qilib Ada Bebbijga u bilan birga ishlashni taklif etadi. Adaning vazifasi Bebbijning mashinasini dasturlashdan iborat edi. U matematik amallarni mashinaga "o'rgatishi" kerak edi.

Bebbijning keyinchalik paydo bo‘lgan yangi g‘oyasi ko‘rsatmalar asosida turli operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan umumiy maqsadli hisoblash mashinasining loyihasi edi. U bir vazifani bajargan holda boshqasiga o‘tishi mumkin edi. Bebbij bu mashina hatto o‘zidan vazifani o‘zgartirish buyrug‘ini so‘rashi va yoki o‘z shaxsiy hisob-kitoblariga tayanib «harakatlar algoritmi»ni o‘zgartirishi mumkin ekanligini tushuntirdi. «Tahlilchi mashina» deb atalgan bu konsepsiya o‘z davridan yuz yilga ilgarilab ketgan edi.

Shunday qilib Ada bu mashinani dasturladi.

Hozirda barcha dasturchilarga ma'lum bo'lgan hisoblash siklini ham dastlab Ada kod sifatida qog'ozga tushurgan.

Adaning fikricha kun kelib hisoblash mashinalari mavjud bo'lgan barcha mantiqiy, matematik hisoblash amallarini bajara olishi kerak. Ada bu haqida orzu qilar edi...

Hozirgi kunda biz Adaning ro'yobga chiqqan orzusi davrida yashamoqdamiz.

E'tiboringiz uchun tashakkur !

|Telegram|