G'aroyib chegaralar.
Davlat chegarasi o'zi nima?
Davlat chegarasi — davlatning quruqlik va suvdagi doirasini belgilaydigan chiziq. Bu chiziq ustidan oʻtadigan vertikal sath shu davlatning xavo chegarasi hisoblanadi. Xalqaro huquqqa binoan qo'shni davlatlar oʻrtasidagi Davlat chegarasi shartnoma tartibida belgilanadi. Davlat chegarasini belgilash 2 bosqichda amalga oshiriladi: chegarani delimitatsiya qilish va chegarani demarkatsiya qilish.
Chegaralar har xil bo‘ladi. Qayerdadir qurollangan chegarachilar, yuklarni tekshiruvchi bojxonachilar, o‘rgatilgan itlar va pasport tekshiruvlari. Qayerdadir bu asfaltdagi yo‘lak, yo‘lda va hatto binoning markazidagi bayroq. Keling, yaxshisi, hozirgi paytda ayrim davlatlar chegaralarining qanday ko‘rinishda ekani haqidagi ma’lumot va rasmlar bilan tanishib chiqamiz.
Kanada va AQSh chegarasi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi chegara dunyodagi eng uzun qo‘riqlanadigan chegaralardan biri hisoblanadi. Bojxona nazorati ikki davlat o‘rtasidagi faqat eng katta yo‘llardagina amalga oshiriladi. Qishloq joylarida, dala va o‘rmonlarda bojxona nazorat punktlari yoki chegara to‘siqlari mavjud emas.
Germaniya, Chexiya va Polsha chegaralari.
Germaniyaning bir nechta shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shni davlatlar bilan chegarada joylashgan bo‘lib, ularning ba’zilari chet el shaharlaridan faqat daryo yoki hatto bitta ko‘cha bilan ajralib turadi.
Ispaniya va Portugaliya chegarasi.
Ikki davlat o‘rtasidagi chegara 1214 kilometrga cho‘zilgan va bu chegara mana bunday ko‘rinish kasb etadi
Slovakiya, Avstriya va Vengriya chegarasi.
Slovakiya, Vengriya va Avstriya mamlakatlari o‘rtasidagi davlat chegaralari ushbu mamlakatlar aholisi uchun cheklovsiz ochiq.
AQSh va Meksika.
Tramp ma’muriyati Meksika chegarasida 3000 kilometrdan ziyod devor qurishga va’da bergan edi. To’rt yillik faoliyati davrida bu devorning faqat 160 kilometri qurildi, 560 kilometr eski devor ta’mirlandi. Prezident Jo Bayden Oq uyga kirishi bilan devor qurish loyihasi bekor qilindi.
Niderlandiya va Belgiya.
Niderlandiya va Belgiya o‘rtasidagi Barle nomli qishloq dunyodagi eng munozarali va chalkash chegara hisoblanadi. Butun qishloq Gollandiya bilan o‘ralgan, lekin uning 26 alohida hududi Belgiyaga tegishli. Sayyohlarni chalg‘itmaslik uchun chegara ko‘chalarining o‘rtalarida oq rangli xoch belgilari qo‘yib chiqilgan. Shu tarzda Belgiyada yoki Niderlandiyada bo‘lganligingizni aniqlab olasiz.
Nepal va Xitoy.
Dunyodagi eng baland tog‘ – Everest cho‘qqisi ikkita davlat chegarasida joylashgan.
Shveysariya va Italiya chegarasi.
Shveysariyaning Italiya bilan chegarasi Shveysariya chegarasining umumiy uzunligining deyarli yarmiga to‘g‘ri keladi. Konfederatsiya Italiya bilan nafaqat quruqlik, balki suv orqali ham chegaradosh.
Polsha va Ukraina chegarasi
Ikki Yevropa davlatlari chegarasining ushbu qismi har yili o‘tkaziladigan mahalliy san’at festivali oldidan bezatiladi
Shvetsiya va Finlandiya chegarasi
Germaniya va Niderlandiya
Norvegiya va Shvetsiya chegarasi.
Suratda ushbu davlatlar chegarasidagi Svinesund ko‘prigini ko'rishingiz mumkin.
Xitoyning Mog'uliston bilan chegaradosh hududi.
Bu yerda shunchaki ikki "o'pishayotgan" dinozavrlarni ko'rishingiz mumkin.
Avstraliyaning boshqa har qanday davlat bilan bo‘lgan chegarasi.
Avstraliya okeanlar va dengizlar bilan o‘ralgan bo‘lib, g‘arbda Hind okeani, janubda Tinch okeani, shimoliy-sharqda Marjon dengizi, shimolda Arafura dengizi, Timir dengizi va Arpeteriya ko‘rfaziga tutashadi.
▪️Bućo Nero uchun maxsus tayyorlandi. 22.11.2022