December 3, 2022

Navbatdagi "link" loyihasi.

Muqaddima

Neuralink - Elon Mask tomonidan asos solingan Amerika neyrotexnologiya kompaniyasi bo'lib, u implantatsiya qilinadigan miya-kompyuter interfeyslarini ishlab chiqarishni o'z oldiga maqaad qilib qo'ygan. Kompaniyaning bosh qarorgohi San-Frantsiskoda joylashgan. Kompaniya 2016-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu haqdagi ilk nashrlar 2019-yilning mart oyida paydo bo‘lgan. Neuralink savdo belgisi oldingi egasidan 2017-yil yanvar oyida sotib olingan. 2020-yilda olingan ma'lumotlar ko'ra hodimlar soni tahminan 100 kishini tashkil etgan.

Dastlabki natija.

Ilon Mask maymunning miyasiga chip oʻrnatish tadqiqoti natijasini koʻrsatdi. 2021-yilning fevral oyida Neuralink maymunlar ustida texnologik tadqiqot oʻtkazgan edi. Natijasi hayratlanarli boʻldi. “Taom olsam boʻladimi” — makaka miyasiga oʻrnatilgan chip sabab kompyuter orqali taom buyurtma bermoqda.

Yangiliklar.

Neuralink - inson miyasi va kompyuterlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri interfeysni yaratishga va'da bergan kompaniya hisoblanadi. Kuni kecha 30-noyabr kungi texnologiyani namoyish etuvchi loyihada Ilon Mask - implantatsiya qilinadigan miya chipini odamlarda sinovdan o'tkazishni rejalashtirayotgani haqida aytdi.

Navbat insonlarga.

Kompaniya asoschilaridan biri bo'lgan Maskning aytishicha, Neuralink "Oziq-ovqat va farmatsevtika" idorasidan qurilmaning odamlarda klinik sinovlarini boshlash uchun ruxsat so'ragan va kompaniya olti oy ichida birinchi miya chipini insonga o'rnatishi mumkinligini aytdi. Aslida loyihachilar inson ustidagi sinovlarni 2020-yilda amalga oshirmoqchi edi, lekin noma'lum sabablarga ko'ra keyinroqqa qoldirilgan.

Neuralinkning miya-kompyuter interfeysi neyronlar chiqaradigan signallarni o'qish va ularni kompyuterga uzatish uchun miya ichiga o'rnatilgan minglab kichik elektrodlardan foydalanadi. Implant unga telefon va kompyuterdan qoʻlsiz foydalanish imkonini beradi. U kompaniya ehtiyotkorlik bilan harakat qilishiga vaʼda berdi. Uning soʻzlariga koʻra, avvalroq shunga oʻxshash tadqiqotlar davomida, chiplar hayvonlarga oʻrnatilganda ham zarur ehtiyot choralari koʻrilgan. "Biz juda ehtiyot boʻlishni istaymiz va qurilmani odamga kiritishdan oldin yaxshi ishlashiga ishonch hosil qilamiz." - dedi Ilon Mask.

Chipning ko'rinishi.

Chip qanday o'rnatiladi o'zi?

Kompaniya jarrohlik robotini namoyish etdi, uning ta'kidlashicha, Neuralink chipini inson miyasiga elektrod iplarini aniq kiritib, muhim qon tomirlaridan qochib, odamga xavfsiz implantatsiya qilishga qodir. Kompaniyaning joriy implantatsiya qilinadigan chipi taxminan chorak kattalikda va Maskning ta'kidlashicha, u implantatsiya qilish uchun olib tashlanishi kerak bo'lgan bosh suyagi bo'lagi bilan bir xil qalinlikda bo'lib, uni butunlay ko'zga tashlanmaydigan qilib qo'yadi - ko'rinadigan simlarga ega va shunga o'xshash boshqa qurilmalardan farqli o'laroq.

Chipning o'rnatiladigan joyi.

Xavfsizlik "kafolati".

Tasdiqlangan ma'lumotlarga ko'ra Mask oʻz farzandlaridan biriga chip oʻrnatishga qaror qildi. Tadbirkorning taʼkidlashicha, uning Neuralink qurilmasi shunchalik xavfsizki, uni hech ikkilanmasdan farzandlaridan biriga oʻrnatib qoʻyadi. Toʻgʻri, hozirgacha ularda intrakranial chip hal qila oladigan sogʻliq muammolari yoʻq. Ma'lumot o'rnida aytib o'tishimiz kerakki, hozircha uning 10 nafar farzandi bor.

Uning kichikina o'g'li.

Moliyaviy holat.

Tashkil etilganidan beri kompaniya turli universitetlardan bir qancha nufuzli nevrologlarni yollagan. 2019-yil iyuliga kelib u 158 million dollar mablag‘ oldi (shundan 100 million dollari Maskdan edi) va 90 nafar xodimdan iborat bo‘lgan jamoa mavjud edi. O‘shanda Neuralink miyaga juda yupqa (kengligi 4-6 μm) iplarni joylashtira oladigan “tikuv mashinasiga o‘xshash” qurilma ustida ishlayotganini e’lon qildi va laboratoriya ma’lumotlarini o‘qiy oladigan tizimni namoyish qildi. Ular 2020-yilda odamlar bilan tajribalar boshlanishini kutishgan edi ammo bu prognozni 2022-yilga ko‘chirishdi. Mask Loyiha fondiga 2016-yildan buyon 373 million dollar pul kiritgan.

O'zaro bog'lanish.

Neuralink birinchilardanmi?

Agar Neuralink Maskning o'z qurilmasini inson miyasiga o'rnatish haqidagi ulug'vor maqsadiga olti oy ichida erisha olsa, u hali ham buni amalga oshirgan birinchi kompaniya bo'lmaydi. O'tgan yili Synchron FDA tasdiqlanganidan keyin AQShda birinchi marta insonga miya-kompyuter interfeysini joylashtirdi. Oktyabr oyida miya-kompyuter interfeyslari ustida ishlovchi yana bir kompaniya Aksoft yumshoq, egiluvchan materiallardan tayyorlangan qurilma yaratish uchun 8 million dollar pul to'plandi.

Synchron IMPLANT

Xulosa.

Internet kengliklarida Loyihaga oid moliyaviy ma'lumotlar deyarli ochiqlanmagan. Kelgusidagi rejalar esa yuqorida keltirib o'tilganidek. Oldinroq STARLINK haqida ham xabar bergan edik. Nima deb o'ylasiz Mask istiqbolda yana qanday yangiliklarga qo'l uradi..

Bućo Nero uchun maxsus tayyorlandi. 03.12.2022

Telegramda bizga ulanish uchun yozuv ustiga bosing👈