Eng, Eng, Eng - Forbes.
Intro. Umumiy ma'lumotlar.
Forbes — Amerika moliyaviy-iqtisodiy jurnali, dunyodagi eng nufuzli va taniqli iqtisodiy nashrlardan biri. 1917-yil 15-sentyabrda Berti Charlz Forbes tomonidan asos solingan. Jurnalning bosh qarorgohi Nyu-York markazidagi Beshinchi avenyuda joylashgan. 2016-yil uchun rais va bosh muharrir Stiv Forbes bo'lib, u jurnal asoschisi Berti Forbesning nabirasi.
Forbesning faoliyati.
Berti Charlz Forbes 1880-yil 14-may Shotlandiyada - tikuvchi oilasida dunyoga keldi. U o'nta farzand orasida oltinchi edi. Berti ish faoliyatini ancha erta boshladi: u 14 yoshida maktabni tashlab, haftasiga 75 sent evaziga yozuv teruvchi bo‘lib ishga kirdi. 7 yildan so'ng u stenograf bo'lishni o'rgandi (bu o'sha davr muxbirlari uchun zaruriy shart edi) va mahalliy gazetalardan birida jurnalist bo'ldi.
Stenografiya (yunoncha stenos - tor, tor va gamfun - yozish) - og'zaki nutqni tez yozib olish imkonini beradigan maxsus belgilar va bir qator qisqartmalar yordamida yozish usuli.
Sevgi, ayriliq, karyera.
1904-yilda Forbes Shotlandiyani tark etdi. Avval u boshqasiga turmushga chiqqan sobiq sevgilisini unutish uchun Janubiy Afrikaga bordi, keyin esa AQShga ketdi. Dastlab Forbes turli moliyaviy nashrlarda ishlagan.
Ko'p o'tmay, mediamagnat Uilyam Rendolf Xerst uning sa'y-harakatlarini payqab, Bertiga "New York Journal American"da ishlashni taklif qildi. Vaqt o'tishi bilan Forbes o'zining iste'dodi va jasorati tufayli eng mashhur moliyaviy jurnalistga aylandi. U boy va muvaffaqiyatli odamlarni qattiq tanqid qilishdan qo'rqmadi va qachonki uning bayonotlari muharrir tomonidan "chopilganda" juda xafa bo'ldi. Shundan keyin, 1917-yilda Forbes jurnaliga asos soldi, dastavval jurnalni Doers and Doings ("Amallar va ularni bajaruvchilar") deb nomlashni xohladi, lekin do'stlarining maslahati bilan u o'zining nomini berdi.
Fuqaro Xerst - prezident bo'lishni orzu qilgan, "sariq matbuot"ning otasi.
Yagona mustaqil jurnal. 10 million dollar
Forbes hayotlik davrida uning jurnali hech qachon yetakchiga aylanmadi: jurnalning yanada muvaffaqiyatli raqobatchilari bor edi (masalan, Business Week va Fortune). Depressiya yillarida jurnal o'z samarasini bermadi va Berti Charlz tahririyat xarajatlarini boshqa nashrlarda unga to'langan jurnalistik gonorardan to'ladi. Berti Forbes ostida tiraj 100 ming nusxadan oshmadi, bu natija esa Qo'shma Shtatlar uchun juda oddiy raqamlar xolos edi. 1928-yilda Uilyam Rendolf Xerst - Forbesni 10 million dollarga sotib olishni taklif qildi, biroq Berti “Amerikaning yagona mustaqil jurnalini saqlab qolishga urinish” sababli bu taklifni rad etdi.
Forbesning funksiyasi.
Forbes o’z mushtariylariga muvaffaqiyatli loyihalar va ularning mahsulotlari, loyiha muvaffaqiyatsizliklari va ularning sabablari, taniqli tadbirkorlarning hayoti va faoliyati, shov-shuvli voqealarning sabablari va oqibatlari, dunyodagi eng boy odamlarning reytinglari, eng katta to'lovlar haqidagi hikoyalarni taqdim etadi.
Jurnalning jami 70 ta davlatda 26 tilda nashr etiladigan 40 ta mahalliy versiyasi mavjud.
AQShda Forbes o'quvchilar soni bo'yicha Bloomberg Businessweek'dan keyin 650 000 dan ortiq tiraj bilan ikkinchi yirik biznes jurnali hisoblanadi. Jurnalning har bir sonida kompaniyalar, ularning asoschilari va rahbarlari haqida 60 dan ortiq tahliliy maqolalar o‘rin olgan. Forbes va uning xalqaro ingliz nashrining umumiy auditoriyasi butun dunyo bo'ylab 6,3 million kishini tashkil qiladi.
Birinchi marta 1918-yilda yetakchi ishbilarmonlarning ahvolini baholashga urinib, 30 ta eng badavlat amerikaliklar ro'yxatini e'lon qildi. Birinchi reytingning yetakchisi o'sha paytda 1,2 milliard dollar boylikka ega Jon Rokfeller bo'ldi. 2019-yilga kelib bu ro’yxatda Jeff Bezos yetakchilik qilgan.
Eng mashhur Forbes ro'yxatlari:
- The World’s Billionaires- dunyodagi milliarderlar ro'yxati (1987-yildan beri nashr etilgan)
- Forbes 400 - AQShning eng boy odamlari ro'yxati (1982-yildan)
- Forbes 2000 - dunyodagi eng yirik davlat kompaniyalari ro'yxati
- Forbes 500 - AQShning eng yirik kompaniyalari ro'yxati (2003-yildan)
- Dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli (2004-yildan).
Undagi ma'lumotlardan parchalar:
E’lon qilishicha, dunyodagi eng boy o‘ylab topilgan personaj — bu Skruj Makdak. 2013-yili uning davlati 65,4 milliard dollar sifatida baholangan.
Forbes hisoblariga ko‘ra, Maykl Jekson umumiy hisobda 4.2 mlrd dollar ishlagan bo'lib, buning 2,1 mlrd dollari o‘limdan so‘ng ishlab topilgan.
Forbes ma'lumotlariga ko'ra, Yer yuzida 36 million millioner va atigi 2000 milliarder bor. Har to'rtinchi milliarder AQShda, har yigirmanchi Rossiya Federatsiyasida yashaydi.
— Kolumbiyalik narkobaron Pablo Eskobar, hokimiyat tepasida bo'lganida, 1989-yilda, Forbes ro'yxatiga ko'ra, 25 milliard dollar boylikka ega edi. O'g'lining guvohligiga ko'ra, bir marta tog'larda hokimiyatdan yashirinib yurganida, Eskobar sovuqdan isinish uchun va ovqat tayyorlash uchun 2 million dollar naqd pulni yoqib yuborgan.
Dunyodagi eng boy hukmdor Tailand Qirolligi qiroli Phumibol Adulyadet (Rama IX) hisoblanadi. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, uning shaxsiy boyligi 30 milliard dollarga baholangan.
Forbes ma'lumotlariga ko'ra, dunyodagi eng yosh milliarder 18 yoshli Kevin Devid Lemandir. Avvalroq u Germaniyaning Drogerie Markt dorixonalar tarmog‘ining 50 foizini meros qilib olgan, deb yozadi gazeta. Uning boyligi 3,3 milliard dollarga baholanmoqda.
Dunyoning eng boy odami oʻzgardi! Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida birinchi oʻrinni LVMH egasi Bernard Arnoga boy berdi, Forbes. Bernard Arno - Louis Vuitton kompaniyasining egasi hisoblanadi! Yaqinda ushbu kompaniya Messi va Ronaldodan oʻz reklamasida foydalangan edi!
"Nokianing 1 milliard xaridori bor. Telefonlar qiroliga kim yeta oladi?" Forbes jurnali muqovasidagi "Nokia" telefoni reklamasi, 2007-yil.
Bućo Nero uchun maxsus tayyorlandi. 26.12.2022