❗️Gambit klub | Zakovat guruhi kodeksi.
- Guruh shaxmat o’yini uchun ochilgan bo’lib havaskor va professional shaxmatchilar qo’shilishi mumkin.
1.1. Guruh a’zolarining asosiy qismini Namanganlik yoki Namanganda istiqomat qiluvchilar tashkil etadi.
1.2. Guruhga qo’shilish uchun guruh koordinatoriga murojaat qilish talab qilinadi.
1.3. Guruhga qo’shilish uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar. Ism familiya, chess.comdagi usarname va rapid yo’nalishi bo’yicha reyting ball haqida ma’lumot.
1.4. Gambit klub | Zakovat guruhi a’zolar uchun qo’yilgan limit 100 nafar a’zo.
1.5. O’yinlar asosan chess com platformasida bo’lib o’tadi.
1.6. Mavsumiy o’yinlar boshlanishidan avval barcha a’zolardan rapid bo’yicha reyting ball haqida ma’lumotlar yozib olinadi. Ma’lumotlar doimiy tarzda tahlil qilinib shaxmatchilar statistikasi guruhda e’lon qilib boriladi.
1.7. Guruhga yangi qo’shilgan shaxmatchi agar mavsum boshlangan bo’lsa keyingi mavsum o’yinini kutishga majbur. Mavsum boshlangach yangi a’zolar turnirga qo’yilmaydi.
2. Mavsumiy o’yin 9 yoki 11 ta turdan iborat saralash o’yini orqali boshlanadi. Turlar soni turnirda qatnashyotgan a’zolaridan sonidan kelib chiqib koordinator tomonidan belgilanadi.
2.1. Saralash o’yinidan 8 nafar yoki 16 nafar shaxmatchi keyingi bosqichga chiqadi.
2.3. Saralashdan necha nafar shaxmatchi chiqishini o’yin tashkilotchilari tomonidan turnir avvalida belgilab e’lon qilinadi.
2.4. 1/8 final o’yini va 1/4 final o’yinlari play off tarzida davom etadi. Ushbu bosqichda g’olib 2 ta o’yindan iborat rapid yo’nalishi orqali aniqlanadi. 2 o’yin natijasiga ko’ra o’yin durrang bilan yakunlansa qo’shimcha bitta o’yinda rapid yo’nalishi orqali g’olib aniqlanadi. Ushbu penalti o’yinida ranglar random orqali aniqlanadi.
2.5. 1/2 final o’yini 2 ta o’yindan iborat 30 daqiqalik vaqt tizimidagi o’yin orqali bo’lib o’tadi. Natija durrang bilan yakunlansa g’olib rapid yo’nalishi orqali ranglar esa random tanlangan holda bo’lib o’tadi.
2.6. Final o’yini qoidalari quyidagicha. 2 ta o’yin 30 daqiqalik, durrang bo’lsa 2 ta o’yin 10 daqiqalik, durrang bo’lsa 2 ta o’yin blits, durrang bo’lsa 1 ta o’yin rapid ranglar random orqali.
2.7. O’yin vaqti 2 shaxmatchini o’zaro kelishgan holdagi vaqtiga belgilanadi. Berilgan 2 kunlik muhlat ichida.
3. Guruhda guruhga mos bo’lmagan mavzuda habar tashlash, muhokamalar olib borish taqiqlanadi.
3.1. Mavsumiy o’yinlarni 2 martadan ortiq sababsiz qoldirgan shaxmatchi keyingi mavsum o’yinidan chetlatiladi.
3.2. O’yinga tashrif buyurmagan shaxmatchiga texnik mag’lubiyat yoziladi. O’yin taklifini so’nggi bo’lib bergan shaxmatchi g’olib sanaladi.
3.3. O’yin uchun 2 kun muhlat beriladi, vaqt muhlatni so’nggi soatigacha amal qiladi.
3.4. O’yinda o’zi o’ynamay boshqa birovdan yordam so’rab ishtirok etgan shaxmatchi guruhdan chetlatiladi.
3.5. O’yinda g’olib bo’lish uchun turli dastur va programmalardan foydalangan shaxmatchi guruhdan chetlatiladi.
4. Shavkatbek Shokirov turnir qoidalari va Gambit klub guruhi kodeksi muallifi.
4.1. Jamshidbek Anvarov guruh menedjeri. O’yin natijalari, qoidalar va anonsni nazorat qiluvchi.
4.2. Dilshodbek Turdimamatov guruh egasi.
❗️ "Zakovat intellektual klubi" NNT Namangan viloyati "Zakovat klubi” rasmiy telegram kanali 👉 bu yerda