Alligator yoki Timsoh?
Alligator timsohdan nimasi bilan farq qiladi?
Ko'pchilik og'zaki nutqda timsohlar va alligatorlarni chalkashtirib yuboradi, garchi ular orasida juda katta farq mavjud. Quyida biz Sudralib yuruvchilarni o'ziga xos xususiyatlar bilan qanday ajratish mumkinligi haqida qisqacha bayon qilib beramiz:
Tashqi ko'rinish.
Timsohlar alligatorlardan kattaroq, uzunligi esa 2-7 metr. ular hatto katta alligatorlardan ham bir metr uzunroq bo'ladi. Ular, shuningdek, yorqinroq rangga ega.
Tumshug': Timsohlar tor va uzun tumshug'iga ega, alligatorlarda esa tekislangan va to'mtoq. Alligatorlarning tumshug'i kengroq, U shaklida, timsohlarda esa V shaklidagi ko'rinishni beradi. Darhaqiqat, timsohlar tishlarini yashirish uchun uzun tumshug'ini yopa olmaydi.
Jag'ning tuzilishi: Timsohda yopilganda, pastki jag'ning katta to'rtinchi tishi ko'rinadi. Alligatorda yuqori jag' bu tishlarni qoplaydi. Alligatorning tishlashi taxminan 2500 psi ni tashkil qiladi. Ammo bu timsoh bilan solishtirganda hech narsa emas, uning tishlash kuchi 3700 psi - ushbu ko'rsatkich ba'zi sanoat bosimli yuvish vositalaridan balandroq! Timsohlarning jag'lari nafaqat alligatorlarga qaraganda kuchliroq, balki hayvonlar olamidagi eng kuchli jag'larga ega. Soddaroq qilib aytganda ularni chakagi anchagina baquvvat va har qanday o'ljani parchalab tashlaydi.
PSI o'zi nima? Kvadrat dyuym uchun funt, aniqrog'i, "kvadrat dyuym uchun funt-kuch" (inglizcha pound-force per square inch, lbf/in² ) bosimning tizimli bo'lmagan birligidir. Asosan AQShda qo'llaniladi. Raqamli ravishda 6894,75729 Pa ga teng. 1 PSI ≈ 0.07 kg/sm²;
Sensorlar: Alligatorning og'zi atrofida qora dog'lar bor. Ular uning yetishmayotgan hid hissini almashtiradilar. Bu joylar sensorlardir. Ular bilan alligator o'lja qayerda ekanligini aniqlaydi va unga qarab harakat qiladi. Ammo timsohda bunday dog'lar tananing orqa tomonida joylashgan.
Tarqalgan hududi: Timsohlar Afrika, Osiyo, Amerika va Avstraliyada keng tarqalgan. Alligatorlar faqat Xitoy va Amerikada uchraydi.
Yashash sharoiti: Timsohlar sho'r suvda yashashga moslashgan, alligatorlar faqat toza suvda yashaydi.
Lacoste logotipi. Timsoh yoki Alligator?
— 1923 yil - Birinchi timsoh ramzning tug'ilishi.
Kompaniyani yashil "alligator" logotipi bilan tanib olish mumkin. Kompaniya asoschisi va tennischi Rene Lacoste o‘z jamoasi sardoriga alligator terisidan yasalgan chamadonga o‘z o‘yinida g‘alaba qozonishini aytib, pul tikib qo‘yganidan so‘ng, Amerika matbuoti tomonidan birinchi marta “Alligator” laqabini oldi. Keyinchalik tennis kortidagi matonatliligi uchun fransuz muxlislari uni “timsoh” deb atashgan. Rassom Robert Jorj 1927-yilda timsoh logotipini jonlantirgan. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, garovga qo'yilgan chamadon Alligator terisidan tayyorlangan lekin Lacoste logotipida Timsoh tasvirlangan. Bugungi kunda ushbu brend o'z mahsulotlarida nafaqat timsoh tasvirini, balki tabiatda qirilib ketayotgan boshqa hayvonlarni ham yashil logosini qo'ymoqda.
Timsoh tasvirlangan ilk logotip. Robert George
NoPoisk telegram kanali uchun tayyorlandi. 15.02.2023