01 – Jasurbek Hasanov
5+ yildan beri dizayner sifatida ishlaydi. Oxirgi 2 yilda faqat youtube muqovalarini tayyorlash bilan shug'ullandi. Shu sabab, 30'dan ortiq kanallar bilan ishlab, 100 ga yaqin muqovalar tayyorlagan.
Ijtimoiy tarmoqlari: Telegram // Twitter
Tanlangan dizayn
Topshiriq
Video vlog formatda olingan. U Shotlantdiyadagi safarim haqida. Muqova tomoshabinning e’tiborini tortishi va videoning qiymatini bir qarashdayoq tushuntirib berishi kerak. O'zingiz erkin uni yo'naltirishingiz mumkin.
Ilhom manbalari
Oldin vlog uchun doimiy ish qilmaganim biroz bilindi. Birinchi qiynagan narsa, bor resurslar bilan odatiy ish qilishni xohlamadim. Hammani hayoliga keladigan birinchi g'oyalarni hammasidan qochishga harakat qildim.
Lekin kanalda deyarli hamma narsa sinab ko'rilgandi. Bu yanayam tupikka tiqadigan narsa bo'ldi.
Ish jarayoni
Yaxshiyamki, videodan rasmlar olingan ekan. Lekin ular bilan nimadir qilib bo'lmasdi. Hammasi oldingi stilga moslab olingan.
Kardlar orasida yo'q, lekin muqova sifatida ishlatsa bo'ladigan kadr yasashim kerak edi. Ilojsiz, AI'ga bordim. Bir yaxshiroq versiyaga kelguncha, umrim ketdi 😭
Asosiy muammo yuzini o'xshatishda bo'ldi. Deyarli, bir kun shunga ketdi. Yuzini ideal qilib, aslidek qilib moslashtirib bera olmadi.
Keyin boshqa yo'lga o'tdim. Eng yaqin versiyalarini birlashtirish. Ya'ni photoshopda, bittalab, ochkisini, soqolini, ko'zlarini terib chiqdim.
Va bu ishladi. Photoshopda birlashtirib, kerakli natijani qila oldim.
Keyin muhit bilan ishladim. Videoni aurasiga mos "color grade" qilib, biroz "old-fashioned" his berish uchun noise qo'shib, yakunladim.
GIF qilib processni qo'ymoqchi edim, PSD yo'qolib qoldi. Dammn... Shunga mayli)
Qurilmalar:
- Model: Mac M1, 2020 (16 GB / 256 GB)
- Monitor: Samsung ViewFinity S7
Dasturlar va instrumentlar:
- Photoshop: barcha ishlarni qilish uchun
- YouTube/Pinterest: g'oyalarni ko'rish / analiz qilish uchun
- ChatGPT: odamni yuzini o'zgartirish uchun promptda yozishda
- Freepik (Magnific): Odamni yuzini o'zgartirish uchun
- 1of10: G'oyalarni har xil versiyasini chiqarib ko'rish uchun
- Gmail: Kommunikatsiya uchun
Bu tahlil sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni boshqalarga ham ulashing! Balki bu jarayon yana kimgadir asqotib qolar! ⚡️