Breakdown
August 10

02 – Usmonxon G'oyibnazarov

Usmonxon G‘oyibnazarov – Qo‘qondan, 20 yoshli dizayner. Dizayn sohasida 3 yildan buyon ishlab keladi va faoliyatini SMM uchun turli xil dizaynlar tayyorlashdan boshlagan.

Hozir esa o‘zini YouTube muqova dizaynida sinab ko‘rmoqda va Creative Dprt jamoasida muqova dizayneri sifatida ishlaydi.

Telegram: @goyibnazarov_31

Tanlangan dizayn

Topshiriq

Demak, bu Thumbnail Kitchen #06 uchun berilgan brif edi. Brifning asosiy g‘oyasi, video muallifining hayotida birinchi marta ovqat pishirishga urinayotgani va bu jarayonda nimalar bo‘lishini oldindan bilib bo‘lmasligi edi. Shu sababli thumbnail ham qiziq, biroz tartibsiz va kutilmagan vaziyatni aks ettirishi, tomoshabinda “Nima bo‘ldi o‘zi?” degan qiziqish uyg‘otishi kerak edi.

Chellenj – TK006

Ilhom manbalari

Bu ishda asosan shablon fikrlashdan iloji boricha qochgan holatda creative yondashishga urundim. Ya'ni ko'p dizaynerlar nima qilyapti? agar man ham shunaqa tarzda yondashsam qilgan dizaynim ularnikidan nimasi bilan farq qiladi degan hayol bor edi va shu uchun ham har yerdan reference va creative idea izlash uchun pinterest yoki yotubedagi cooking kanal yuritadiganlarni o'rganib chiqish bilan boshlandi.

Miyya o'ylash paytida shunda bir go'ya kelib qoldi agar mavzu yaxshi chiqme qolgan ovqat haqida bo'ladigan bulsa uni qahramon bilib bo'lganidan so'ngi holatida ko'rsatganimdan ko'ra birinchi o'zi ko'rgandagi emotsiyasini ko'rsatishim yaxshiroq natija beradi dib o'ylab shu yo'nalish bo'yicha reference yig'ishga qarab ketdim

Ish jarayoni

Asosiy muammo o'ylaganimdek rakursdagi pozani chiqarib olish edi va bunda refernce topa olmaganim so'ng Posemy.art orqali poza va rakursni yaratib olib, uni chatgptda qahramonimizga moslab berishi uchun prompt yozdirib oldim. Shundan so'ng Magnific (freepik) da generatsiya qildim.

Albatta generatsiyada ham bittada o'xshab istagan natija chiqarib bera olmaydi shuning uchun photoshopda yig'ilgan variantlardan kerakli qismlarini olib ularni alohida terib chiqdim.

Oxirgi tayyor bo'gan resultatni esa Photoshopda Camera Raw orqali ranglarini yanada jozibador qilish uchun color grade qildim.

Ish stoli:

Qurilmalar:

  • Model: Mac mini M4, (16 GB / 256 GB)
  • Sichqoncha: Keychron M6
  • Klavitura: Lofree Flow 100

Dasturlar va instrumentlar:

  • Photoshop: tahrirlash va color grade uchun
  • YouTube/Pinterest/Yandex image: g'oyalarni ko'rish / analiz qilish uchun
  • Posemy.art: 3d model yasash uchun
  • Chatgpt: prompt olish uchun
  • Magnific (freepik): 3d modelni odamga moslash uchun
  • Telegram: Kommunikatsiya uchun

Men tayyolagan yana boshqa ishlar:

Bu tahlil sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni boshqalarga ham ulashing! Balki bu yana kimgadir asqotib qolar! ⚡️