03 – Azimxon Zokirov
Samarqanddan, 19 yoshda. Dizayn sohasida 3 yildan buyon ishlab keladi. Faoliyatini grafik dizayn bilan boshlagan va so‘nggi 1 yil davomida YouTube muqova dizayniga ham e’tibor qaratib kelmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlari: Telegram // Behance
Tanlangan dizayn
Topshiriq
Topshiriq Google Meets orqali tushuntirilgan edi. Mazmuni: "Video chellenj formatda olingan. Abdusattor aka 3 kun yorug'liksiz yashadilar. Shuni muqovada bir qarashda tushunarli qilib ko'rsatib berish kerak."
Ilhom manbalari
Bu muqovani qilganimga deyarli 2 yil bo'ldi. O‘sha vaqtda muqova dizayni bo‘yicha tajribam yo'qligi bilinib turgan. Biroz kreativroq yondashishga harakat qilib, boshida video mavzusidan chetlashib ketganman.
Keyinchalik esa shu mavzudagi boshqa YouTube videolarini ko'rib chiqganman. Umumiy ko'rinishi qanaqa? Qanaqa elementlar bor? Muhiti qanaqa? Hammasini ko'rib chiqib, umumiy bitta g'oyani shakllantirganman.
Ish jarayoni
Menga kuzatuv kameralaridan olingan turli xil rasmlar yuborishdi.
Boshida muqova konsepsiyasini topishda biroz qiynaldim. Chunki, to‘g‘risi bu rasmlar bilan qanday qilqib yaxshi muqova chiqarishni aniq tasavvur qila olmadim. Keyin AI orqali qiziqarli vizuallar generatsiya qilib ko‘rdim. Rasmlar yaxshi chiqdi, lekin video yorug‘liksiz muhit haqida edi, men yaratgan rasmlarda esa nurlar bor edi.
Tepadagi xatolarni hammasini to'g'irlab oxirgi 2 ta natijaga yetib keldim va tasdiqlandi.
Bu muqovani 2024-yil noyabr oyida qilgan ekanman. Rasmlarni yaratishda Freepik AI’dan foydalanganman. O‘sha vaqtlarda AI orqali odam yuzini kerakli darajada o‘xshatib generatsiya qilish ancha qiyin edi. Meni esa 5-6 ta urinishdan keyin omadim kelib o'xshab qolgan )
Qurilmalar:
Dasturlar va instrumentlar:
- Photoshop: tahrirlash uchun
- Freepik: generatsiya uchun
- Chatgpt: prompt uchun
- Pinterest / YouTube: G'oya olish uchun
- Telegram: Kommunikatsiya uchun
Men tayyolagan yana boshqa ishlar:
Bu tahlil sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni boshqalarga ham ulashing! Balki bu jarayon yana kimgadir asqotib qolar! ⚡️