Breakdown
August 18

04 – Abdurahmon Shomurodov

Qarshidan, 23 yoshda. Dizayn sohasida 1,5 yildan buyon ishlab keladi, yo‘nalishi SMM dizayni. So‘nggi 6 oy davomida YouTube muqova dizaynida faol ishlamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlari: Telegram

Tanlangan dizayn

Topshiriq

Bu muqova Thumbnail Kitchen #03 uchun berilgan brif edi. Brifning bo'yicha, bosh qahramon (kashfiyotchi) buzilgan vaqt mashinasi bilan dinozavrlar davri va Ikkinchi jahon urushini birlashtirib yuboradi, natijada qahramon absurd tartibsizlik markazida qamalib qolishi berilgan edi. Bundan muqova: izdan chiqqan vaqtni; vaqt asosida ikki ziddiyatni, ikki zamonni ko'rsatib berishi, ko'rganda xavotirli ko'rinishni aks ettirishi kerak edi.

Ilhom manbalari

Birinchi ishni nimani qilmaslikdan boshladim, avvalgi ishimda, Lighting oshib ketganidan, ish o'ta sifatsiz va oddiy ish bo'lib qolgan edi. Bu ishimda esa barchasi tabiiy bo'lishi kerak edi, moslashtirish, yorug'lik, barchasi.

Pinterest'dan YouTube muqovalarini ko'rib chiqqan bo'ldim. Ikki qismli muqovalarni saqlab oldim.

(ref'lar o'chib ketib qolgan edi, yuklay olmadim)

Ish jarayoni

Bu muqova dizayni mening dastlabki YouTube muqovalari tomon qo'ygan ishlarimdan biri edi. O'sha vaqtda YouTube Thumbnail uchun qoidalar yoki aniq ko'rsatmalar haqida deyarli xabarsiz edim.

Faqat har bir dizayn ishni kichik detalniy soatlab tahrir qilish ko'nikmasi bor edi menda. Bu ishni ham deyarli to'liq kunga yaqin tayyorlagan edim.

GPT'ga "men muqova tayyorlamoqchiman," deb yozgan edim, va undan nimalarga rioya qilishim, nimalarni e'tibor berishim kerakligini aniqlashtirib oldim.

Tajribali ustozlar jamoasida edim, ular ham, tayyor qilgan dizayn ishimga fidbek berishgan edi, ba'zi qismlarida matching'dagi kamchlik va o'zgarishlarni aytishgan bo'lishdi, va tahrir qildim.

Mantqiy qismlarini to'g'riladim. Ishni 4 qismga bo'lib tayyorladim:

  • Asosiy personaj
  • Orqa fon (background)
  • Moslashtirish
  • Upscaling, sifatini reallikka qadar oshirish jarayoni bo'ldi.

Personaj (asosiy qahramon)ni ham 4 bosqichda tayyorladim:

  • Kiyim – yong'in va xavfsizlik yuqori futuristic kiyim
  • Pozitsiyasi – prompt bilan. Odamlar orasida yugurib qochayotgan kishining reference' orqali
  • Textura'lar - detalniy shikastlinish va qo'ldagi soat qismlari
  • Lighting - prompt bilan aniq lighting berish

Background qism: bir nechta generatsiyalarning jamlanmasi bilan Matching qilib tayyorlab oldim.

Fon va personaj'ni moslashtirish: Manual birlashtirish – chang detallari, motion qism.

Upscaling: har detalni reallikka qadar sifatini alohida oshirish

Qurilmalar:

  • Asus Vivobook pro 15 OLED
  • 16 GB RAM / 1TB M.2 SSD
  • Videokarta: Nvidia Geforce RTX 6 GB

Dasturlar va instrumentlar:

  • Photoshop: tahrirlash uchun
  • Freepik: generatsiya uchun
  • ​​Chatgpt: prompt uchun
  • Pinterest / YouTube: G'oya olish uchun
  • Telegram: Kommunikatsiya uchun

Qisqacha mening yo'lim haqida:

Men Dizayn sohasiga Oliy ta'limdan keyin kirib keldim. Bu esa menga YOSH SOHANING EGALARIga nisbatan 2 xissa ko'proq ishlashni anglatar edi.

Menga Pro Dizaynerlar orasida ulardek Dizayn ish qilishim uchun YILLAR kerak edi. Bu yillarni menga qisqartirib bergan tizim bu Ustozlar muhiti va ularning Darslari edi.

Men Ustoz Dizaynerlar muhitiga kelib qo'shildim, ma'lum ustozlardan shaxsan dars oldim, ma'lum ustoz Dizaynerlar tayyor qilgan dizayn ishimga Feedback, taklif berishdi. Qanday yechim qilishimni aytishdi. Men ulardan qandaydir Feedback olmagan kunimda ham, ular qilgan ishning o'zi, ulardek sifatli ishni takror qilishimga sabab bo'lgan edi.

Men yil davomida samarali ko'rsatkich bilan o'sdim, ishimda sifat, soha egalari bilan Teng ravishda Dizayn ishlarni takrorlab boshladim.

Orada Networking, odamlar bilan ishlashda menda muammolar borligi sezildi. Buni yaxshilashga, Networking jihatdan ochiq muomalada bo'lishni boshladim. Jamoalarga qo'shildim, dizaynerlar bilan suhbatda bo'ldim va hozirga qadar xulosam, sohaviy ishda, qandaydir Mukammal retsept yo'qligini anglagan bo'ldim: doim o'rganish va takrorlash - bir ishni tayyorlaysan, vaqt sarflaysan, uni yaxshilaysan va bu - Natija.

Ustozlar jamoasi esa hozir ham texnik bilimlarimning o'sishida, ularni qanday sayqallashimga to'g'ridan to'g'ri yordam berib kelishadi. Barchalariga Rahmat!.

Men tayyolagan yana boshqa ishlar:

Bu tahlil sizga foydali bo‘lgan bo‘lsa, uni boshqalarga ham ulashing! Balki bu jarayon yana kimgadir asqotib qolar! ⚡️