𝑺𝑬𝑶𝑼𝑳㋛︎
Shahar boʻylab esayotgan shamol endi avvalgidek sovuq va shafqatsiz emasdi. U mayin esib, uzoq kutilgan yoz kunlarini qarshi olayotgandek tuyulardi. Daraxtlar toʻq yashil yaproqlarga burkanib olgan, quyosh esa iliq nurlarini Ilsan ahliga saxiylik bilan sochardi.
Namjoon va Chayoung munosabatlarini boshlaganiga ikki oy boʻlgandi. Shu vaqt ichida ularning sevgisi yanada mustahkamlanib, bir-birlariga yanada yaqinlashishgandi. Ishlari sabab Namjoon tugʻilib oʻsgan shahri Ilsanga tez-tez kela olmasa-da, ular bir kun ham telefon orqali gaplashmay qolishmasdi. Suhbatlari kulgiga, samimiyatga va sogʻinchga toʻla boʻlar edi.
Kwon Minhyuck ham oʻz baxtini topgandi. U va Yoo Sooyoung juda chiroyli juftlik boʻlishgandi. Sooyoung Minhyuck yonida boʻlsa, doimo uyalib, yuzlari qizarib ketardi. Chayoung esa bu holatni koʻrib ich-ichidan kulardi.
Xayollaridan chiqib, u oshxonadagi ishiga qaytdi. Guruch pishirgichdagi guruchni ehtiyotkorlik bilan ikki kosaga suzdi.
— Oyi! — deb ovoz berdi u. — Kechki ovqat tayyor!
Soʻnggi ikki oy ichida Han xonim ancha oʻzgarib qolgandi. Avvalgidek dugonalari bilan tashqariga chiqishni xohlamas, aksariyat vaqtini karavotda yotib oʻtkazar edi.
Chayoung doktor Lining soʻzlarini unutolmasdi.
"Onangizning vaqti koʻp qolmagan..."
Bu gaplar tez-tez xayoliga kelardi. Ammo u har safar bu oʻylarni quvishga harakat qilardi.
Pastdan hech qanday javob eshitilmagach, Chayoungning yuragiga gʻulgʻula tushdi.
U asta zinadan yuqoriga koʻtarildi.
Onasining xonasi eshigi oldiga kelib, eshik tutqichini mahkam ushladi.
Keyingi lahzada nafasi ichiga tushib ketdi.
Han xonim karavotda qimir etmay yotardi. Uning nafas olayotganidan asar ham yoʻq edi.
Chayoungning vahimali qichqirigʻi butun uyni larzaga soldi.
U titrayotgan qoʻllari bilan karavot yonidagi telefonni oldi-da, darhol tez yordam raqamini bosdi.
Telefondan sokin ovoz eshitildi:
— Siz tez yordam xizmatiga qoʻngʻiroq qildingiz. Sizga qanday yordam bera olaman?
Chayoungning ovozi titrab chiqdi.
— Onam... onam nafas olmayapti!
Hamshiralarning oppoq, yaraqlab turgan yoʻlak boʻylab tez-tez eshitilayotgan qadamlari va devordagi soatning bir maromdagi "tik-tak" ovozi Chayoungni hushida ushlab turgan yagona narsalar edi.
U hali ham kun davomida kiyib yurgan koʻylagida edi. Faqat yelkasiga tez yordam xodimlari sovuq qotmasin deb mehr bilan yopib bergan moviy adyol tashlangan edi.
Han Eunbi shoshilinch yordam boʻlimiga olib kirilgandi. Uning xonasida bir nechta shifokor va hamshiralar jon-jahdlari bilan harakat qilayotgan edi.
Chayoung esa ichkariga kiritilmadi.
Xayollari bir-biriga urilar, yuragi vahimadan koʻksini yorib chiqay derdi.
Onasi uning nafaqat suyanchiği, balki eng yaqin doʻsti ham edi.
Qiz adyolni mahkam changallab, labini tishladi. Miyasiga kelayotgan eng dahshatli ehtimollarni quvishga urinardi.
Qarshisida doktor Lee turardi. Uning chehrasida chuqur achinish aks etgan edi.
— Doktor Lee... onam qalay? Yaxshimi? Ahvoli... yurak urishi... — dedi Chayoung oʻrnidan sapchib turib. Koʻzlari javob izlab doktorga tikilgandi.
Doktor Lee sekin uning yelkalaridan ushlab, yana oʻtirgʻizdi.
— Bu yurak xuruji edi... — dedi u juda muloyim ovozda. — Juda afsusdaman, Chayoung... Ammo... Han xonim olamdan oʻtdilar.
Chayoung bir necha soniya jim qoldi.
Goʻyo eshitgan soʻzlari miyasiga yetib bormayotgandek edi.
— Y-yoʻq... boʻlishi mumkin emas... Oyi... onam... yoʻq... u... u ketmagan...
Doktor Lee uning koʻzlariga qarab sekin soʻradi:
— Onangizni oxirgi marta koʻrishni xohlaysizmi?
Chayoung hali ham ishonolmagan holda asta bosh irgʻadi.
Doktor uni xonaga boshlab kirdi.
Karavot ustida Han Eunbi yotardi.
Eng yaxshi koʻradigan koʻylagi hamon egnida edi.
Uni koʻrishi bilan Chayoungning koʻzidan bir tomchi yosh sirgʻalib tushdi.
Han Eunbining umri nihoyasiga yetgandi.
— Chayoung... Sizni uyga olib ketishi uchun qoʻngʻiroq qiladigan biror yaqiningiz bormi?
Endi koʻz yoshlari toʻxtamay oqar edi.
U onasining yoniga engashib, yonoqchasidan ,soʻnggi bor mehr bilan oʻpdi.
Soʻng titroq qadamlar bilan tashqariga chiqdi.
Koʻz yoshlari tufayli telefon ekranini zoʻrgʻa koʻrardi.
Kontaktlar ichidan bitta ismni topib qoʻngʻiroq qildi.
— Chayoung? — telefon ortidan Namjoonning xavotirli ovozi eshitildi. — Nega yigʻlayapsan?
Qizning ovozi boʻgʻilib chiqdi.
— J-Joon... iltimos... Ilsanga kela olasanmi?... Meni.... senga ehtiyojim bor...
Telefon ortidan Namjoonning nafasi bir lahzaga toʻxtagandek boʻldi.
— Kut meni. Men iloji boricha tez yetib boraman.
Namjoon yugurib kelayotgan edi.
Ammo qizni koʻrishi bilan qadamlari sekinlashdi.
Sochlari tartibsiz yoyilib ketgan.
Yonoqlarida hali ham yangi koʻz yoshlarining izlari bor edi.
Chayoungning ovozi titrab chiqdi.
Namjoon bir zum ham ikkilanmadi.
Qoʻllari bilan orqasini ohista silab, qulogʻi yonida pichirladi:
— Hammasi yaxshi boʻladi... Jonim... Men yoningdaman...
Qiz uning bagʻrida ovoz chiqarib yigʻlab yubordi.
Shu payt koridor boʻylab yana bir tanish ovoz yangradi.
Uning yuzida ham charchoq va qaygʻu yaqqol bilinardi.
U ham Chayoungni quchoqlab oldi.
Axir u uchun Chayoung oddiy do'st emas, singlisidek aziz inson edi.
— Men Minhyuckka ham xabar berdim.
Chayoung esa hamon Namjoonning bagʻridan chiqishni istamasdi.
— Uni uyga olib ketgani keldinglarmi?
Ikkala yigit ham bosh irgʻadi.
— Qolgan rasmiy ishlarni keyin hal qilamiz. Hozir esa eng yaxshisi, Chayoungni uyiga olib boring.
— Rahmat, doktor, — dedi Namjoon.
Shunday qilib uch doʻst kasalxonadan chiqib ketishdi.
Har birining yuragi ogʻir edi.
Yoʻlda Chayoung sekin pichirladi:
Namjoon mehr bilan uning yoshdan qizarib ketgan koʻzlariga qaradi.
— B-bugun... men bilan qolasanmi?.. Men... yolgʻiz qolishni istamayman...
Namjoon uning peshonasidan ohista oʻpdi.
Uyga kirishlari bilan Chayoungning tanasi yana titray boshladi.
Stol ustida hali ham kechki ovqat tayyor turardi.
Eshik yonida esa onasining tuflisi oʻz joyida edi.
Goʻyo u hozirgina qaytib keladigandek...
Chayoungning yuragi yana ezildi.
— Men... kiyimimni almashtirib chiqaman... — dedi u past ovozda.
— Minhyuckning kiyimlari uchinchi xonada. Xohlasang oʻshaniki kiyib ol.
Xonadagi chiroqlar oʻchirildi.
Namjoon sekin karavotga chiqib, Chayoungning yoniga yotdi.
Qiz hech ikkilanmay uning qoʻlidan mahkam ushladi.
— Uxla, sevgilim, — dedi Namjoon mayin ovozda. — Men shu yerdaman. Xoʻpmi?
— Xoʻp... — dedi Chayoung zoʻrgʻa eshitiladigan ovozda.
Namjoon uni bagʻriga yanada yaqinroq tortib, orqasini ohista silab turdi.
U uzoq vaqt davomida Chayoungning uyquga ketgan yuziga termulib qoldi.
Hatto shamol ham goʻyo sukut saqlayotgandek edi.
Atrofni chuqur osoyishtalik qoplagan, dafn marosimi esa ogʻir sukunat ichida davom etardi. Bu Han Eunbi bilan bo‘layotgan so‘nggi vidolashuv edi.
Marosimga koʻp odam kelmagan edi.
Asosan ular yillar davomida yashab kelgan mahalladagi qoʻshnilar, bolalar bogʻchasi direktori janob Jung, antiqa buyumlar doʻkoni egasi janob Do, Chayoungning xolasi, janob Kim va Na xonim, Minhyuckning onasi hamda Han Eunbini tanigan yana bir nechta insonlar kelib, hamdardlik bildirishayotgan edi.
Uning ikki eng yaqin doʻsti — Namjoon va Minhyuck — ikki yonida sukut saqlab turishardi.
Uchovlon yogʻoch tobutning asta-sekin yer qaʼriga tushirilishini kuzatishardi.
Bu joy endi Han Eunbining abadiy maskaniga aylanishi kerak edi.
Namjoon Chayoungning muzdek qoʻlini mahkam siqdi.
Bir necha kishi tobut ortidan oq va qizil atirgullar tashlashdi.
Shundan soʻng qabr ustiga tuproq tortila boshladi.
Har bir belkurak tuproq Chayoungning yuragiga yana bir zarba boʻlib urilayotgandek tuyulardi.
Mahalliy cherkov ruhoniysi mehribon tabassum bilan unga yaqinlashdi.
— Shuni unutma... Agar biror narsaga ehtiyojing tushsa, barchamiz sen bilanmiz.
Chayoung bosh egib taʼzim qildi.
Ruhoniy mehr bilan Chayoung va Namjoonning yelkasiga qoʻl qoʻydi-da, asta boshqa odamlar tomon yurdi.
U Chayoung uchun begona inson emas edi.
Yillar avval otasi ularni tashlab ketganida, aynan shu inson Han Eunbi va Chayoungga dalda bergan, qoʻllab-quvvatlagan edi.
U ularga tez-tez oʻzi tayyorlagan taomlardan olib kelar, hatto sevimli retseptlarini ham ulashardi.
Uning qalbi nihoyatda pok va mehribon edi.
Chayoung koʻzlarini yangi qazilgan qabrga qadadi.
Bir tomchi yosh yana yuzidan sirgʻalib tushdi.
— Oyim... rostdan ham ketdi...
Namjoon sekin uning belidan quchoqlab oldi.
Iyakini Chayoungning boshiga qoʻyib, mayin ovozda dedi:
— U bizni jismonan tark etdi... Ammo ruhi hamisha biz bilan qoladi. Shunday emasmi?..
Chayoung indamay bosh irgʻadi.
Ular yonma-yon turib, qabriston boʻylab yurayotgan boshqa odamlarni kuzatishardi.
Kimdir ota-onasining qabri oldiga gullar qoʻyayotgan, yana kimdir umr yoʻldoshini sogʻinib jim turardi.
Har bir insonning qoʻlida turli rangdagi gullar bor edi.
Bugun bu yerga faqat gullar emas...
Sogʻinch, muhabbat va hech qachon unutilmaydigan xotiralar ham olib kelingandi.
Chayoung Minhyukning shoshilib yugurib kelayotganini ko‘rib, unga qaradi. Yigitning qadamlari asta-sekin sekinlashdi, yuzida esa xavotir yaqqol bilinardi.
— "Chayoung..." — dedi u shoshilgan ohangda. — "Bu yerga... otang kelibdi."
Qizning ko‘zlari hayratdan kattalashib ketdi.
— "Nima?" — u labini tishladi.
— "Bo‘lishi mumkin emas... Axir u bizning qayerda yashashimizni ham bilmaydi. Men... men uni ko‘rishni xohlamayman."
Uchovlon bir paytning o‘zida ovoz kelgan tomonga burilishdi.
Ularning qarshisida turgan erkak Chayoungga juda o‘xshardi. Xuddi shu muloyim kiyikdek ko‘zlar... xuddi shu tik va nazokatli qomat...
— "Im Chayoung," — dedi erkak sokin ovozda, qo‘lini uzatib.
Buni sezgan Namjoon uning o‘rniga erkak bilan qo‘l berib ko‘rishdi.
— "Kim Namjoon," — dedi u muloyim, ammo qat'iy ohangda. — "Men Chayoungning yigitiman."
— "Kwon Minhyuk. Men uning eng yaqin do‘stiman."
— "Men Im Jungvon... Chayoungning otasiman. U bilan yolg‘iz gaplashsam bo‘ladimi?"
Otasi bilan qizi qabriston chetidagi ulkan eman daraxti soyasiga borib o‘tirdilar. Daraxtning salqin soyasi yozning iliq quyoshidan panoh berardi.
Namjoon va Minhyuk uzoqroqda turishar, ammo vaqti-vaqti bilan xavotir bilan ularga qarab qo‘yishardi.
Birinchi bo‘lib Chayoung gap boshladi.
Jungvon yigitlarga qarab mayin jilmaydi.
— "Ko‘rinishidan ular seni juda ehtiyot qilisharkan."
— "Shunday. Ayniqsa Minhyuk. Maktab davridan beri meni himoya qilib keladi. Birinchi marta yigit bilan uchrashganimda ham shunday bo‘lgan."
— "Minhyuk raqs o‘qituvchisi edi, shundaymi? Namjoon esa mashhur idol..." — dedi Jungvon suhbatni davom ettirishga urinib.
— "To‘g‘risi, seni bir kun kelib idol bilan uchrashadi deb o‘ylamagandim."
— "Siz men haqimda hech narsani bilmaysiz. Bilishingiz ham mumkin emas."
U qizining bunday sovuq munosabatini kutgandi.
— "Onang bilan bir paytlar bir-birimizni juda sevganmiz, Chayoung," — dedi u sekin.
— "Ammo yosh edik... va eng katta xatoni men qildim. Men unga xiyonat qildim. U buni bilib qoldi... men esa ketdim."
Chayoung hayrat bilan bosh ko‘tardi.
— "Unda... siz onamning kasalligini qanday bildingiz?"
— "Uning o‘zi meni topdi. Onang hamon avvalgidek aqlli edi. Mening qayerdaligimni topib, kasal bo‘lib qolganini aytdi."
— "Demak... siz butun vaqt davomida u bilan aloqada bo‘lgansiz?" — Chayoungning ovozi hanuz sovuq edi.
— "U shunchaki menga aytishni istaganini aytdi." — Jungvon yelka qisdi.
— "Ba'zan sen uni kasalxonaga olib bora olmaganingda, men olib borardim. Keyin esa..."
— "...u vafot etganini bildingiz."
Ularning orasini uzoq sukunat egalladi.
Faqat bog‘bon gulzor orasidagi begona o'tlarni yulib tashlayotgani ko‘rinardi.
Nihoyat Jungvon yana gap boshladi.
— "Siz-chi? Aytmoqchimsnki hozir nima ish qilasizn?"
— "Men ko‘chmas mulk agentiman," — dedi u mayin tabassum bilan.
— "Seulda ishlayman. Agar bir kun meni ko‘rishni istasang... bemalol kel. Mana, telefon raqamim."
U cho‘ntagidan vizitka chiqarib Chayoungga uzatdi.
Vizitkaning yuqorisida yirik harflar bilan:
Jungvon ketish uchun o‘rnidan turganida, Chayoung uni to‘xtatdi.
Bir necha soniya sukut saqlab turdi.
Bu so‘zlar o‘z-o‘zidan lablaridan chiqib ketdi.
— "Onamning yonida bo‘lganingiz uchun... Men bo‘la olmagan paytlarda unga g‘amxo‘rlik qilganingiz uchun..."
Jungvon bunday gapni kutmagandi.
Ko‘zlarida iliq tabassum paydo bo‘ldi.
— "Yo‘q..." — dedi u sekin. — "Rahmat senga, Chayoung. Onangni shuncha yil davomida yolg‘iz tashlab qo‘ymaganing, unga mehr berganing uchun..."
Shundan so‘ng ota va qiz bir-birlariga oxirgi marta bosh irg‘ab, ikki tomonga yo‘l olishdi.
Minhyuk darhol Chayoungning yoniga keldi.
Ko‘zlari esa hali ham mashinasiga o‘tirayotgan Jungvonga qadalgan edi.
— "Qanday o‘tdi?" — deb so‘radi u.
Chayoung otasining mashinasi uzoqlashib ketayotgan tomonga yana bir bor qaradi.
— "Menimcha... endi hammasi yaxshi bo‘ladi."