July 10

𝑺𝑬𝑶𝑼𝑳㋛︎

9-𝘘𝘪𝘴𝘮シ︎

Qo‘l ushlashgancha Chayoung va Namjoon mashg‘ulot xonasiga qaytishardi. Ikkalasining ham yonoqlari hayajondan yengil qizarib turardi.

Ular ichkariga kirishlari bilan Minhyuck va BTS a'zolarining yuzida ma'noli tabassum paydo bo‘ldi. Ayniqsa, ularning bir-biriga chirmashgan qo‘llari hammasini aytib turardi.

— Xo‘sh? — dedi Yoongi qiziqish bilan. — Uddaladingmi?

Namjoon Chayoungga bir qarab qo‘ydi-da, ularning tutashgan qo‘llarini yuqoriga ko‘tardi.

— Janoblar... tanishinglar, bu mening sevgilim.

Xonani birin-ketin yangragan:

— Tabriklaymiz!

— Baxtli bo‘linglar!

— Nihoyat!

degan samimiy tabriklar to‘ldirdi.

Chayoung esa hayrat bilan ularga qarab qoldi.

— Bir daqiqa! — dedi u ikki qo‘lini ko‘tarib. — Demak... sizlar buni oldindan bilgan ekansizlarmi?

Minhyuck yelkasini qisib kulimsiradi.

— Axir senga Seulga kelishimizning yana bir sababi borligini aytgandim-ku. Namjoon seni uchrashuvga taklif qilmoqchi edi.

Chayoung lablari orasida sekingina ming‘irladi:

— Ha... lekin u faqat taklif qilish bilan cheklanib qolmadi...

Shunday desa-da, yuzidagi baxtiyor tabassumni yashira olmadi.

— Chayoung noona... — dedi Jungkook Hoseokning ortidan boshini chiqarib.

Uning quyonnikidek yoqimli tabassumi yuzini yoritib yubordi.

— Iltimos, Namjoon hyungga yaxshi qarang. Ayniqsa, u yana biror narsani sindirib qo‘ysa.

Xonadagilar kulib yuborishdi.

Namjoon chuqur xo‘rsindi.

— Bilasanlarmi... bu safar o‘zimni oqlashga ham urinmayman.

Bu gapdan keyin kulgi yanada avj oldi.

Shunda Jimin qo‘lini ko‘tardi.

— Menda bir savol bor. Hozircha munosabatlaringizni sir saqlaymizmi yoki bu haqda kompaniyaga ham aytamizmi?

Endigina sevishganlarga aylangan Chayoung va Namjoon bir-birlariga qarab qolishdi.

— To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham aniq bilmayman, — dedi Chayoung o‘ylanib. — Namjoon, sen nima deysan?

Namjoon unga mehr bilan boqdi.

— Men bu savolni sendan so‘ramoqchi edim. Hozircha buni sir saqlashni xohlaysanmi? Men sen qanday qaror qilsang, shunga roziman.

Chayoung bir necha daqiqa sukut saqladi. U hamisha hamma narsani ortiqcha o‘ylaydigan inson edi. Endi esa oddiy yigit emas, dunyodagi eng mashhur idollardan biri bilan munosabatda edi. Bu esa uning yelkasiga yanada katta mas'uliyat yuklayotgandi.

— M-Menimcha... kompaniyaga aytganimiz ma'qul, — dedi u nihoyat. — Biror narsa yuz bersa, ular bilib turgani yaxshi. Lekin... iltimos, hozircha ARMYga aytmaylik.

Jin boshini qimirlatib, uning fikrini ma'qulladi.

— Menga bu fikr yoqdi. Kompaniya buni yaxshi qabul qiladi, deb o‘ylayman. Ammo muxlislarga aytish masalasida biroz kutganimiz ma'qul.

Taehyung jilmayib qo‘ydi.

— Menimcha, aksariyat ARMY buni yaxshi qabul qiladi. Agar ular chin dildan Namjoon hyungning baxtli bo‘lishini istashsa, uning sevgan insonini topganidan xursand bo‘lishadi.

Namjoon kulib Chayoungga qaradi.

— Unda yur, kompaniyaga aytib kelamiz.

Qizning yuzidagi vahimali ifodani ko‘rib u kulgisini zo‘rg‘a bosdi.

— H-Hozirning o‘zidami?

Namjoon hazillashib qoshini ko‘tardi.

— Im Chayoung qo‘rqyaptimi?

— Yo‘q! — dedi Chayoung qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib. — Men qo‘rqmayman.

— Unday bo‘lsa, ketdik.

Chayoung kompaniya direktorining kabinetida Namjoon bilan yonma-yon o‘tirarkan, hayajondan qo‘llarini bir-biriga ishqalardi.

Kabinet juda did bilan bezatilgandi. Yorqin chiroqlar xonani yoritib turar, har bir buyum tartib bilan joylashtirilgan edi. Bunday interyer Chayoungning didiga juda mos tushdi.

Eshik ochilib, ikki kishi ichkariga kirishi bilan Chayoung darhol o‘rnidan turdi va ta'zim qildi.

— Kechikkanim uchun uzr so‘rayman, — dedi past ovozda. — Bir nechta hujjatlarni tartibga solayotgan edim.

Baqaloqroq kishi iliq tabassum bilan ularga yaqinlashdi.

— Men Im Chayoungman, — dedi qiz qo‘l uzatib.

— Men Bang Si Hyuk, — dedi u qo‘lini siqib. — Marhamat, o‘tiringlar.

Bang SiHyuk

Ularning yonidagi novcharoq erkak ham muloyim jilmaydi. Negadir Chayoungga u ayiqchani eslatib yubordi.

— Men Sejin, BTSning menejeriman. Tanishganimdan xursandman.

Bang PD qo‘llarini qarsak chalib gap boshladi.

— Xo‘sh, sizlarni nima olib keldi?

Namjoon Chayoungning qo‘lidan mahkam ushladi.

— Aslida... sizga bir yangilik aytmoqchi edik. Biz... uchrashyapmiz.

Xonaga sukut cho‘kdi. Bang PD ham, menejer Sejin ham Namjoonning so‘zlarini anglab olish uchun bir necha soniya jim qolishdi.

Keyingi lahzada esa...

— Tabriklayman! — dedi Bang PD quvonch bilan. — Rostini aytsam, Miss Chayoungni yangi stajyor sifatida tavsiya qilgani olib keldi, deb o‘ylagandim.

Chayoung shosha-pisha qo‘lini silkitdi.

— Yo‘q, rahmat. Bunday hayotga vaqtim yo‘q. Qolaversa, mening o‘z kasbim bor.

Menejer Sejin qiziqib so‘radi:

— Rostdanmi? Nima ish qilasiz?

— Men Ilsandagi bolalar bog‘chasida tarbiyachiman.

— Demak, bolalar bilan juda yaxshi chiqishasiz, — dedi Bang PD samimiy tabassum bilan. — Juda go‘zal kasb ekan.

Namjoon suhbatni yana asosiy mavzuga burdi.

— Demak... sizlar bunga rozimisiz?

Bang PD Sejinga qaradi. U ham tasdiqlab bosh irg‘adi.

— Albatta, rozimiz. Endi esa savol shuki, bu munosabatni muxlislarga qachon e'lon qilmoqchisizlar?

— Hozircha emas, iltimos, — dedi Chayoung darhol. — Keyinroq aytsak bo‘ladimi?

Bang PD tushunib bosh irg‘adi.

— Qachon tayyor bo‘lsangiz, o‘shanda. Sizlarni o‘zingizni noqulay his qilayotgan paytda bunday narsani oshkor qilishga hech qachon majburlamaymiz.

Kabinetdan chiqishlari bilan Namjoon hech ikkilanmay Chayoungni bag‘riga tortdi. U iyagini qizning boshiga qo‘yib, indamay bir necha soniya turdi.

Chayoung kulimsiradi.

— Bugun juda erkalab qolding-ku.

Namjoon uning quchog‘ini yanada mahkamroq qildi.

— Chunki men baxtliman.

Chayoung ham tabassum qildi.

— Men ham.

•••••••••••••

— Bilasanmi, — dedi Kwon Minhyuck kulgisini zo‘rg‘a bosib, — men "seni va Namjoonning munosabatini oldinga siljitish kerak" deganimda, Seulga kelganimizning birinchi kunidayoq uchrasha boshlashingni nazarda tutmagandim. Lekin... mayli, bu variant ham menga yoqdi.

Chayoung kulib yubordi. U qoshiq bilan guruchdan olib kosasiga soldi, so‘ng Minhyuckning kosasiga ham solib qo‘ydi.

— To‘g‘risini aytsam, men ham bunday bo‘lishini kutmagandim. Lekin nima bo‘lganda ham... bundan juda xursandman.

Minhyuck unga sinchkovlik bilan qaradi.

— Bir narsani so‘rasam maylimi? Muxlislarga hozircha munosabatlaringiz haqida aytishni istamayotganingning alohida sababi bormi? Yoki...

Chayoung uning gapini bo‘lib, sekin javob berdi:

— Men qo‘rqyapman.

Minhyuck hayrat bilan qoshlarini ko‘tardi.

— Qo‘rqyapsanmi?

Chayoung chuqur nafas oldi.

— Odamlar nima deyishidan qo‘rqyapman. O‘ylab ko‘r, Hyuck... dunyoga mashhur bir idol oddiy bog‘cha tarbiyachisi bilan uchrashayotganini odamlar qanday qabul qiladi?

Minhyuck darrov e'tiroz bildirdi.

— Bog‘cha tarbiyachisi bo‘lishning nimasi yomon? Bu juda sharafli kasb-ku!

— Men ham shunday demadim, — dedi Chayoung bosh chayqab.

— Muammo kasbimda emas. Muammo shundaki, Kim Namjoon kabi insonning yonidagi qiz qanday bo‘lishi kerakligi haqida odamlarning juda katta kutishlari bo‘ladi. Men esa... hali o‘zimni butun dunyoga ko‘rsatishga tayyor emasman.

Minhyuck bir necha soniya jim qoldi.

— Namjoonga qo‘rqayotganingni aytdingmi?

Chayoung boshini sekin chayqadi.

— Yo‘q... Bilmayman. U bunga qanday munosabat bildirardi... tasavvur qila olmayman.

Minhyuck qarshisida o‘tirgan eng yaqin do'stiga termuldi. Yillar davomida doim uning yonida bo‘lgan, eng og‘ir damlarida unga dalda bergan, kerak bo‘lsa o‘zidan ham ko‘proq qayg‘urgan inson...

U asta o‘rnidan turdi-da, Chayoungni bag‘riga bosdi.

Qizni mahkam quchoqlab, past ovozda pichirladi:

— Hammasi yaxshi bo‘ladi. Ishon menga.

Bir lahza sukut saqlab, kulimsiradi.

— Axir sizlar Kim Namjoon va Im Chayoungsiz-ku.

— Minhyuck! Eshikda kimdir turibdi!

Chayoungning ovozi karavotga yoyilib uxlayotgan yigitga yetib bordi. Ammo u hanuz uyg‘onish niyatida emasdek ko‘rinardi.

Qiz kulimsirab bosh chayqadi va eshikni ochdi.

Eshik ortida esa yuzida yorqin tabassum bilan turgan Kim Namjoon bor edi.

— Xayrli tong, — dedi u.

Namjoonni ko‘rishi bilan Chayoungning yonoqlari darrov qizarib ketdi. Ichida esa o‘zini koyidi.

"Nega uning oldida doim bunchalik hijolat tortaman?"

— X-Xayrli tong... Kir... kiraver.

U eshikni kengroq ochdi. Namjoon ichkariga kirib, oyoq kiyimini yechdi va kvartiraga bir nazar tashladi.

— Yaxshi uxlab turdingmi? — deb so‘radi u.

Ikkalasi ham bir vaqtda Minhyuck tomonga qarashdi.

U hali ham qattiq uxlar, qora sochlari yostiq ustida har tomonga yoyilib yotardi.

— Ha, yaxshi uxladim, — dedi Chayoung muloyim ovozda. — Sen-chi?

Namjoon bosh irg‘adi.

— Ha. Nonushta qilib bo‘ldingmi?

Chayoung kulib qo‘ydi.

— Rostini aytsam, endigina uyg‘onib tayyor bo‘ldim. Hozir juk tayyorlamoqchi edim. Sen ham yaysanmi?

— Albatta.

Chayoung unga jiddiy qaradi.

— Unda yonimda turib tomosha qilasan. Hech narsaga tegmaysan, hech narsa qilmaysan. Tushunarlimi?

Namjoon aybdordek kulib yubordi.

— Hali ham meni oshxonaga ishonmaysanmi?

— Hech qachon.

Shu payt Minhyuck ko‘zlarini ishqalagancha oshxonaga kirib keldi.

— Xayrli tong...

U charchoq bilan Chayoung va Namjoon qarshisidagi stulga o‘tirdi.

— Sen qachon kelding? — deb so‘radi Namjoondan.

— Taxminan yarim soat oldin. O‘sha paytda ham uxlayotganding.

Chayoung bir kosa jukni uning oldiga qo‘ydi.

— Mana, ol.

— Rahmat.

Juk🍛

Bir necha qoshiq yegach, Minhyuck orqasiga suyanib so‘radi:

— Xo‘sh, bugungi reja qanday?

Namjoon Chayoungga qarab jilmaydi.

— Aslida... bugun Chayoungni uchrashuvga olib chiqmoqchi edim.

Chayoungning qo‘lidagi qoshiq deyarli tushib ketay dedi.

— U-Uchrashuvga?..

Minhyuckning lablariga ayyor tabassum yugurdi.

— Men uchun muammo yo‘q. Baribir bugun o‘zimning ham boradigan joylarim bor.

Endi navbat Chayoungga kulishga keldi.

— Yoo Sooyoung bilan uchrashgani ketyapsan-a? U menga ta'tilga Seulga kelishini aytgandi.

Minhyuck ensasini qashlab, biroz uyalib kuldi.

— Ha... To‘g‘ri topding.

Namjoon kulimsirab dedi:

— Bo‘l, Kwon. Omad tilayman.

Minhyuck ham kulib boshini chayqadi.

— Bu gapni men senga aytishim kerak, Namjoon.