𝑺𝑬𝑶𝑼𝑳㋛︎
Chayoung qo‘lini javonning eng yuqori qismida turgan ramen qadoqlariga cho‘zdi.
Ammo ular juda baland qo‘yilgani uchun qo‘li sira yetmasdi.
"Nega bularni shunchalik baland joyga qo‘yishgan o‘zi?"
U oyoq uchida turib yana bir bor cho‘zildi.
Shu payt sviteri biroz yuqoriga sirg‘anib, beli yonidagi oppoq terisi salgina ko‘rinib qoldi.
Shunda orqasidan tanish ovoz eshitildi.
Chayoung darhol ortiga o‘girildi.
U xaki rang shim kiygan, futbolkasini shimining ichiga tiqib olgan edi.
Ustidan esa sovuqdan saqlanish uchun bomber kurtka kiyib olgan.
Yuzining katta qismini oq niqob berkitib turardi, muxlislar tanib qolmasligi uchun.
Bo‘yniga o‘ralgan sharf esa uni sovuq havodan asrardi.
— Men bunchalik pakana emasman.
Shunday deb yana ramenni olishga urindi.
Ammo bu safar ham urinishi besamar ketdi.
Bir necha bor qo‘l cho‘zganidan keyin qo‘li charchab ketdi va u hafsalasi pir bo‘lib qo‘lini tushirdi.
Namjoonning ovozida kulgi sezildi.
Chayoung uning niqob ortida kulib turganiga deyarli amin edi.
— Xo‘p...Iltimos... Yordam bera olasanmi?
Namjoon indamay unga yaqinroq keldi.
Chayoung bilan orasidagi masofa bir necha qadamgina qoldi.
U qo‘lini bemalol yuqoriga cho‘zib, javondan bir nechta ramen qadoqlarini oldi.
Namjoon buni mutlaqo tabiiy ishdek bajarayotgan edi. Ammo u bir narsani payqamadi.
O‘ziga bunchalik yaqin turgani sababli Chayoungning yonoqlari sekin-sekin pushti tusga kirib borayotganini...
— Rahmat, — dedi Chayoung ramen qadoqlarini savatiga solarkan.
Shundan so‘ng ikkalasi ham supermarket bo‘ylab yonma-yon, shoshilmay aylana boshlashdi.
— Sen bu yerda nima qilyapsan? — deb so‘radi Chayoung.
— Uyda ramen tugab qolibdi. Yana muzqaymoq ham olgim keldi.
— Hali ham eng sevimli muzqaymog‘ing yalpiz-shokoladlimi?
Chayoung ataylab "ha-a" degandek kulib javob berdi.
Namjoonning jirkanib qaragan chehrasini ko‘rib kulgisini zo‘rg‘a bosdi.
— Demak, sen hali ham uni yomon ko‘rasan.
Namjoon boshini chayqab kuldi.
— Yo‘q. Bu mavzuni yana boshlamaymiz.
Shunday deb muzlatkichdan bir quti mochi oldi.
— Bo‘ldimi? Kassaga boramizmi?
Chayoung gapini tugatishga ulgurmay qoldi.
Namjoon uning savatini qo‘lidan olib, o‘zining mahsulotlarini ham ichiga soldi.
So‘ng hammasini kassaga qo‘yib, hamyonidan qora rangli premium bank kartasini chiqarib kassirga uzatdi.
Kassir bir lahza hayrat bilan kartaga qaradi. Ammo odatdagi zerikarli ifodasini o‘zgartirmadi.
— Odam oziq-ovqat uchun ham qora karta ishlatadimi?..
Do‘kondan chiqishlari bilan sovuq shamol yuzlariga urildi. Ikkalasi ham beixtiyor yelkalarini qisib oldi.
— Nega mening narsalarim uchun ham pul to‘lading? Menda pul bor edi-ku.
— Agar shunchaki xohlaganim uchun desam...Ishonasanmi?
— Baribir haqiqat shu. Xohlasang ishon. Xohlamasang — o‘zing bilasan.
Shunday deb u oldinga yurib ketdi.
Oradan bir necha soniya o‘tib Chayoung birdan nimanidir angladi.
Namjoon hali ham uning xarid xaltalarini ko‘tarib ketayotgan edi.
U yugurib uning ortidan yetib oldi.
— Meni qorong‘ida yolg‘iz tashlab ketmoqchimiding?
Namjoon kulgisini yashira olmadi.
— Voy...Tinchlik tarafdori emish. Shunaqa gaplaring bilan hali United Nations minbarida nutq so‘zlaysan.
Chayoung kulib uning avvalgi gapini qaytardi.
— Xohlasang ishon. Xohlamasang — o‘zing bilasan.
Namjoonning lab chetida yana tabassum paydo bo‘ldi.
Tun allaqachon shaharga yoyilgan edi.
To‘q moviy osmon mayda yulduzlar bilan bezangandek ko‘rinar, ular go‘yo osmondagi sepkillardek miltillardi.
Oy esa ularning yo‘lini mayin nuri bilan yoritib turardi.
Ikkalasi sovuq tun bag‘rida yonma-yon yurishardi.
Birdan old tomondan baqiriq eshitildi. Keyin esa mast odamning g‘alati ovozi.
Namjoon ham, Chayoung ham beixtiyor o‘sha tomonga qarashdi.
Ko‘cha bo‘ylab bir mast erkak gandiraklab yurardi. Qimmatbaho kostyum kiyganidan u tadbirkorga o‘xshardi.
Cho‘ntagidan esa eng so‘nggi rusumdagi qimmat telefon osilib turardi.
Ammo tashqi ko‘rinishidan farqli ravishda... Ko‘zlaridagi ochko‘z va jirkanch qarash Chayoungning badani junjikib ketishiga sabab bo‘ldi.
Erkak Chayoungni boshdan oyoq kuzatib chiqdi. Labini yaladi.
— Voy...Juda chiroyli ekansan.
— Men bilan uyga yur. Ana u bolani qo‘y. Haqiqiy erkak bilan ket.
Chayoungning ko‘ngli aynib ketdi. Tomog‘iga achchiq narsa tiqilgandek bo‘ldi.
Shu payt belidan kuchli qo‘l quchib oldi. Namjoon uni o‘ziga yaqin tortdi.
Go‘yo himoya qilayotgandek bag‘riga bosdi.
Namjoonning ovozi sovuq va qat'iy eshitildi.
Chayoung uni hech qachon bunday gapirganini eshitmagandi.
— Men seni...Qayerdadir ko‘rgandekman...
Ammo ko‘p o‘tmay gandiraklagancha boshqa tomonga ketib qoldi.
Yo‘lning qolgan qismida ikkalasi ham indashmadi.
Chayoung esa ich-ichidan bitta narsadan minnatdor edi.
Namjoon hali ham uning belidan qo‘lini olmagan edi. Bu quchoq unga xavfsizlik hissini berardi.
Nihoyat uyning oldiga yetishdi. Namjoon xarid xaltalarini unga uzatdi.
Keyin esa bo‘ynidagi sharfni yecha boshladi.
Chayoungning gapi yarimta qoldi.
Namjoon sharfni ehtiyotkorlik bilan uning bo‘yniga o‘rab qo‘ydi.
Yaxshilab tuzatib, sovuq o‘tmasligiga ishonch hosil qildi.
Ko‘zlari iliq mehr bilan to‘lib turardi.
Keyin esa uni sekin bag‘riga bosdi.
Chayoung bir necha marta hayrat bilan kiprik qoqdi. So‘ng o‘zi ham qo‘llarini Namjoonning beliga o‘rab, quchog‘iga javob qaytardi.
Namjoonning bag‘rida o‘zini g‘alati darajada xotirjam his qilardi.
Namjoon uning sochlari orasiga yuzini yashirib, sekin pichirladi:
— U senga qaragani menga hech ham yoqmadi. Yaxshimisan?
Chayoung ham past ovozda javob berdi.
Ikkalasi asta bir-biridan uzoqlashdi.
Namjoon unga so‘nggi marta qo‘l silkitib, zinadan pastga tushib o‘z uyi tomon yo‘l oldi.
Chayoung esa uyiga kirarkan, bo‘ynidagi sharfni mahkamroq ushladi.
Undan taralayotgan hid... Aynan Namjoonning o‘ziga xos iforiga o‘xshardi.
Bu esa beixtiyor uning lablariga tabassum olib keldi.
Namjoon esa niqobi ortida kulib borardi. Yuragi g‘alati darajada quvonchga to‘lgandi.
Chunki Chayoung uni ilk bor...
Dam olish kunlari kelganidan Chayoungning ko‘ngli ancha yengillashdi. Hafta davomida u tinimsiz yugurib-yurardi.
Bir tomondan bog‘chadagi sho‘x-shodon bolalarga qarash, ikkinchi tomondan onasiga g‘amxo‘rlik qilish, yana mahalladagi qo‘shnilarga yordam berish...
Shu sabab dam olish kunlari uning bemalol nafas rostlab oladigan eng qadrli vaqtiga aylangan edi.
Onasining ahvoli ham nisbatan yaxshilanayotgandek ko‘rinardi.
Ammo yiqilishdan keyingi holsizlik hali ham o‘z ta'sirini ko‘rsatardi.
Chayoung so‘nggi kunlarda Han Eunbi avvalgidek erta uyg‘onmayotganini ham payqab qolgan edi.
Bu holat uning yuragini yana xavotirga solardi. Lekin u o‘zini yomon o‘ylar girdobiga tashlashni istamadi.
Shuning uchun xayolini boshqa tomonga burishga harakat qildi.
Qo‘lidagi idishda tort xamirini sekin aylantirar, o‘ziga tanish bo‘lgan bir kuyga past ovozda xirgoyi qilardi.
Chayoung pishiriq tayyorlashni juda yaxshi ko‘rardi.
" Agar bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lmaganimda, albatta o‘zimning kichkina qandolatxonamni ochgan bo‘lardim. "
Bu uning eng sevimli mashg‘ulotlaridan biri edi.
Ammo keyingi paytlarda bunga deyarli vaqt topolmay qolgandi. Chunki uning butun e'tibori onasining sog‘lig‘iga qaratilgan edi.
Xayollariga berilib ketganidan eshik qo‘ng‘irog‘i chalinganini zo‘rg‘a eshitdi.
Chayoung idishni stol ustiga qo‘ydi.
Oldidagi fartug‘iga qo‘llarini sekin urib, ularga yopishib qolgan unni qoqib tashladi.
So‘ng eshik tomon yurib, uni ochdi.
Eshik ortida turganlarni ko‘rishi bilan ko‘zlari beixtiyor chaqnab ketdi.
Qarshisida uning eng yaqin ikki do‘sti — Kim Namjoon va Kwon Minhyuck turardi.
Minhyuck yana soch rangini o‘zgartirganga o‘xshardi. Bu safar u qora rangga bo‘yab olgan edi.
Uning yonida esa Namjoon odatdagidek yorqin tabassum bilan turardi.
— Shunchaki kirib o‘tamiz, dedik, — dedi Minhyuck kulib.
Chayoung chetga chiqib, ularni ichkariga taklif qildi.
— Yo‘q, — dedi Chayoung oshxona tomon yurarkan. — Faqat tort pishirayotgandim.
Namjoon idishdagi xamirni kuzatib turardi.
Chayoung uni pishirish qolipiga quyib, pechga joylashtirdi.
— Tortlaringni yeganimga juda ko‘p bo‘ldi.
— To‘g‘ri. Maktabda o‘qib yurganimizda ularni tez-tez pishirarding. Har tug‘ilgan kunimizda bittadan tort tayyorlab berarding. Keyin uchovimiz musiqa xonasiga kirib, kichkina bayram qilardik.
Bu xotirani eslab, Chayoungning yuzida iliq tabassum paydo bo‘ldi.
— Agar "bayram" deganing uchovimizning musiqa xonasida tort yeb, shunchaki uzoq suhbatlashib o‘tirishimiz bo‘lsa...
Namjoon stol ustidagi oziq-ovqat bo‘yoqlariga havas bilan qaradi.
— Men yordam bersam bo‘ladimi?
Chayoung unga shubhali nigoh tashladi.
— Namjoon...Yoshing yigirmadan oshgani bilan seni oshxonaga ishonib bo‘lmaydi.
— O‘n olti yoshimizdagi voqeani eslaysanmi?
Bu gap aytilishi bilan Minhyuck o‘zini tuta olmadi.
Qornini ushlagancha qah-qah otib kulishga tushdi.
Hatto kulgidan ko‘zlariga yosh ham keldi.
Namjoon esa noqulaylikdan yengil qizarib ketdi.
— Buncha ham dahshatli emasdi-ku!
— Sen oshxonani deyarli yoqib yuboray deganding. Onalarimiz esa bizdan rosa jahllari chiqqan edi. Endi menga "unchalik ham yomon emasdi" dema.
Namjoon norozi ohangda ming‘irlab qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.
Chayoung esa tort uchun krem tayyorlashda davom etdi.
Minhyuckning kulgisi esa hanuz to‘xtamayotgandi.
Nihoyat kulgisi bosilgach, Minhyuck so‘radi:
— Xo‘sh...Seulga qachon qaytasan?
Bu savolni eshitishi bilan Chayoungning harakati to‘xtab qoldi.
Birdan esiga tushdi. Namjoon bu yerga faqat ta'til uchun kelgandi. Oradan esa allaqachon ikki hafta o‘tib bo‘lgan edi.
— Ehtimol...Ikki kundan keyin. Kompaniya hali aniq sanani aytmadi. Lekin studiyaga qaytishim kerak. Yoongi hyung, Hobi va men bajarishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor.
Chayoung asta boshini ko‘tardi. Ko‘zlari Namjoonga qadaldi.
Chayoung tashqaridan xotirjam ko‘rinishga harakat qilardi. Ammo ichida yuragi siqilib ketgandi.
Axir ular endigina yarashishgandi. Do‘stliklari yana avvalgidek iliq bo‘lib ulgurgandi.
Endi esa... Namjoon yana ketardi.
Va... Chayoung uning ketishini istamasdi.
Namjoonning ham ko‘ngli notinch edi.
U ham tug‘ilib-o‘sgan shahri — Ilsanni tark etishni istamasdi.
Oilasini...Eng yaqin ikki do‘stini...Ayniqsa Chayoungni ortda qoldirish unga og‘ir tuyulardi.
— Hechqisi yo‘q. Bir kuni Seulga seni ko‘rgani boramiz.
Chayoung hayron bo‘lib unga qaradi.
— Albatta. Kelasi haftadan maktab ta'tili boshlanadi. Musobaqalar mavsumi ham tugadi. Men bolalarni chiqishlarga olib bormayman. Sen ham bog‘chada band bo‘lmaysan. Shuning uchun bemalol Seulga boramiz.
Namjoonning yuzi birdan yorishib ketdi.
— Albatta kelasizlar! Birga juda maroqli vaqt o‘tkazamiz!
Chayoung unga qarab mayin jilmaydi.