May 31

FIRIBGAR

𝑺𝒆𝒏𝒊 𝒔𝒆𝒗𝒎𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏 𝒅𝒆𝒅𝒊𝒎, 𝒂𝒎𝒎𝒐 𝒊𝒍𝒌 𝒏𝒊𝒈𝒐𝒉𝒊𝒏𝒈 𝒎𝒆𝒏𝒊 𝒂𝒔𝒊𝒓 𝒆𝒕𝒈𝒂𝒏𝒅𝒊.

Pov: Author
Inson hayoti ajoyibotlarga boy, shunday emasmi? Ba'zida hayotimizga to‘fon bilab kirib kelgan insonlar unga shu qadar hotirjamlik baxsh etadiki, u kirib kelgan to‘fonni butunlay unutamiz. Ammo biz bilmaymizki, bu xotirjamlik to‘fon qayta ko‘tarilishidan oldingi aldamchi jimlikdir...

Hae eshik tomon nigohini tikarkan, Massimo turganiga guvoh bo‘ldi. U eshikni qulflashni unutgan edimi? Massimo qanday kirdi uyga? Ko‘z yoshlarini sekin artgan qiz, unga savol nigohi ila boqdi. Yuragini ezayotgan g‘am ko‘zlarida aks etgan u ostida o'tirgan tungi chiroq yorug‘ida ko‘z yoshlari jilvalanib turardi. Sokin, ammo maqsadli qadamlar bilan Massimo sekin oradagi masofani yopdi. Qiz qarshisiga cho‘kkalagancha, u tengi egildi. Katta qo‘lini cho‘zgancha, bosh barmog‘i bilan Hae yuzida adashgan ko‘z yoshni sekin artdi. Chuqur nigohlarini unga qadagancha so‘zsiz qizga termuldi.

— Qanday kirding?

Burnini tortib, entikkancha Massimoga shivirladi qiz. Hozir hatto baland ovoz uchun unda kuch yo‘q edi.

— Taqillatdim, eshitmading, qarasam eshik ochiq ekan.

Hae sekin bosh irg‘ab qo‘ydi.

— Yaxshi emassan.

Massimo endi qizni yuzidagi sochini qulog‘i ortiga o‘tkazdi. Teginish juda yumshoq, bunday insonda kamdan-kam uchraydigan holat.

— Gaplashishni xohlaysanmi?

Massimo Haega yaqinroq o‘tirdi. Qizni atiriga monand ifori burniga urilgancha, bir zum ko‘zlarini yumib, bu iforni his qildi.

— Gaplashgim yo‘q. Ammo kimgadir muxtojman. Men charchadim, kuchli bo‘lish meni zaiflashtirdi...

Massimo boshqa so‘zsiz qizni bag‘riga kirgizdi. Haeni boshi yigit ko‘ksiga qo‘yilgancha, qayta ko‘zlaridan yoshlar quyilib keldi. Hozir unda hammasidan ham keragi tasalli edi va Hae buni oldi.

Massimo uni sochlaridan ohista silagancha tinchlantirdi. Ular bu xolatda qancha o‘tirishdi, ma'lum emas, ammo ancha vaqtdan keyin Massimo Hae ko‘z yoshlari tingani va nafas olishi me'yorga kelib, tanasi bo‘shashganini his etdi. Bu esa qiz uyquga ketganidan dalolat edi.

Hech qanday qiyinchiliksiz uni ko‘targancha yotoqga joylashtirdi. Yumuq ko‘zlardagi ko‘z yoshlari sabab nam bo‘lgan kipriklar va shishib qolgan lablar hamma hususiyatlarni o‘z ichiga olgancha, bir zum unga tikilib qoldi Massimo. Ko‘rpani qiz ustiga yopgancha o‘zi ham yoniga kirdi va uni qayta bag‘riga tortdi. Haeni boshi ustidan bo‘sa bosgancha, sokin tun bag‘rida yigit shiviri yangradi:

— Sen mening yakunim bo‘lasan...

••••

Ertangi kun

Quyosh o‘z o‘rnini oyga bo‘shatib bergancha atrofga qorong‘ulik cho‘mdi. Taehyung uyi tinch, yagona ovoz oshxonadagi, Taehyung ichayotgan viskini quyilgan va undagi muzlar chayqalgandagi sokin ovozi edi. Viskiga hissiz tikilgancha, miyyasidagi o‘ylarni tartiblashga urinardi u.

Massimo uni yonidan joy olib, u ham o‘ziga ichimlik quydi. Bir ko‘tarishda qahrabo suyuqlikni tushurgancha, ukasi tomon nigohini tikdi.

— U bokirami?

Akasini to‘satdan bergan savolidan Taehyung unga o‘qrayib qaradi va istehzo bilan jilmaydi. Gap kim haqida ekanligini allaqachon anglab ulgurgan edi.

— Men bilan yaqin bo‘lgan ayollar shundayligicha qoladi deb o‘ylaysanmi?

Viskisidan simirgancha, qahrabo suyuqlikni stakanda aylantirdi yigit.

— Balki. Ammo unda nimadir bor, soflik, negadir menga u aybsizdek tuyulyapti.

Massimo Taehyung tomon egilgancha shivirladi. Akasi so‘zlaridan Taehyung yuzi bir zumda tundlashdi, jag‘ mushaklari siqilishni boshladi.

— Aslo! Menikiga tegishni o‘ylama. Agar bu fikr xayolinga kelgudek bo‘lsa, seni nimtalayman, aka.

— Balki allaqachon xayolot olamidan yiroqlashib, amalda harakat qilgandirman. O‘ylab ko‘r, senga nega bu savolni berdim. O‘ylab ko‘rmadingmi, kecha men nega uyga kelmadim? Balki senga tegishli bo‘lgan inson kecha meni quchog‘imda taskin topgandir. Balki undan ham ko‘prog‘i.

Endi Taehyung qo‘lidagi stakan siqildi, shu qadar g‘azab uni qamrab oldiki, stakan bo‘laklarga bo‘lingancha polga tushdi. Taehyung qo‘llari esa akasi yoqasiga yopishib, uni yuzigiga yaqinlashtirdi. Nafasidan nafrat ufurgancha qahri ila shivirladi:

— Xaddingdan oshyapsan, u qilmaydi. Mendan nafratlanishi mumkin, ammo o‘zga insondan taskin olmaydi. Men xaqliman, uni ranjitishga ham, ovutishga ham meni xaqim bor, boshqa hech kim!

Massimo xotirjamlikni saqlab, sovuq jilmaydi. Bir harakatda Taehyungni qo‘lini yelkasidan tushirdi.

— Realikka qayt, sen qilganingda u qilolmaydimi? U hozir mehrga muhtoj. Sen nimtalagan yurakni men qayta tiklashga urinayapman va bu ishlayapti.

— O‘lim orzuying bormi?

— Balki bu orzu senda bor. Meni eshit, men hali hislarimni to‘liq joylashtira olmayapman. Ammo hammasini anglaganimda, bu simpatya emasligiga amin bo‘lganimda, men senga bu qiz kimga tegishli ekanligini butunlay ko‘rsataman. Ungacha o‘zingni aldab yurishing mumkin, uka. Endi esa meni ishlarim bor, qayta menga tashlanishga urinma, har doim ham akalik mehrim seni ayamaydi.

Gaplarini yakunlagan Massimo oshxonani tark etdi va Taehyung o‘z xayollari og‘ushida qoldi.

•••

Jungkook “boraman” deyishiga qaramay, qarshilik qilgancha, Haeni yoniga yolg‘iz ketgan Minsoni kutayotgan Jungkook toqati toq bo‘la boshladi. Atiga o‘tgan 2 soat asirlaridek tuyulgancha, qiz raqamini terdi, ammo qo‘ng‘iroq to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovozli pochtaga o‘tdi. Qayta-qayta shu javobni olgan yigit ahiri o‘zi tekshirishga qaror qilib, mashina kalitini qo‘liga oldi. Mashinasiga o‘tirib, o‘t oldirganda telefoniga kelgan xabarga ko‘zi tushdi. Xabarni o‘qirkan telefon qo‘llarida siqilib, qoshlari g‘azabdan chimirildi.

"Men qaytmayman, mei izlab ovora bo‘lma. Men seni sevmasligimni angladim, sevishga urindim, ammo eplay olmadim. Aslida senga yaqinlashish sababim oilang mavqeyi edi. Kecha onang bilan telefonda gaplashganingni tasodifan eshitib qoldim, agar men bilan birga bo‘lsang, onang seni merosdan mahrum qilishini aytdi. Menga esa hech vaqosiz yigit kerak emas. Meni qayta bezovta qilma. Xayr!"