ALMASHILGAN BAXT
~Men Demirning yuziga tupurdim.
U ortga tisarilib boʻynimni qoʻyib yubordi. Endi men tomonga bostirib kelayotganda eshik birdan ochilib Demirning odamlaridan biri kirib keldi. U yigit bir menga bir Demirga qaradi. Men yopinchiq bilan oldimni toʻsdim.
~Beyim sizga muhim gapim bor , bu juda zarur .
~Tashqarida kut hozir chiqaman
~Xoʻp beyim
Yigit xoʻp deb boshini egib xonadan chiqib ketdi . Demir men tomonga oʻgʻrildi.
~Leyla qonimni qaynatma ! Shu goʻzal yuzingni bejab qoʻyaman
~Mahluqsan , sendan nafratlanaman , oʻldiraman seni. Yoʻq qilaman . Nimalar qildim . Nimalar boʻladi endi Doruk bilsa nima qilaman . Doruk bilsa meni kechirmaydi . Ming la’nat .
~Boʻldi qil yarang ochilib ketibdi .
~Teginma menga ! Qoʻlingni uchini ham tekizma , meni yolgʻiz qoldir
~Bilganingni qil
Demir xonadan chiqib ketdi . Yotoqxonadan chiqan Demir tashqarida turgan odamini yoniga chaqirdi .
~Nima boʻldi ?
~Beyim yomon xabar bor
~Nima boʻldi ?
~Buni oʻzingiz koʻring
Yigit qoʻlidagi telefonni uzatdi. Yangiliklarda Leyla va Demirning birga quchoqlashib yotgan sur’atlari bor edi va pastida katta qilib.
DEMIR OʻZTURK OʻZ XOTINIGA UNING OPASI BILAN XIYONAT QILYABDIMI .
Sharxlarda shunday yozilgan edi .
👤: ~Leyla Aslan men undan bunday buzuqlikni kutmagan edim . Nahotki u oʻz singlisiga shuni ra’vo koʻrdi ?
👤: ~Bechora Derya Aslanga rahmim kelayabdi , ham eri ham opasi tomondan xiyonatga uchradi.
👤: Demir Oʻzturk va leyla aslan juda ajoyib juftlik chiqadi
👤: Adashmasam Leyla Doruk Yilmazoʻgʻlu bilan juftlik emas edimi? Ular ajralishdimi ?
👤: Bularning oilasi oʻzaro dushman emas edimi? Leyla aslan koʻringani kabi emas ikki yuzlamachi yengil tabiat ! Demir erkak nomiga nomunosib .
Demir sharxlardagi oʻzi va Leylaga nisbatan bildirigan yomon xabarlarni oʻqib asablari buzildi.
~Buni kim qilganini tez top! Qaysi ma’lun mening yotogʻimgacha , kirib meni sur’atga olishga jasorat topgan ekan.
~Xoʻp beyim
~Kameralarni tekshir darhol !
Demir bor ovozi bilan baqirdi.
10- soat oldin yarim tun.
~Akin Demir pastga tushmagach yuqoriga koʻtarildi. Xonani taqilatdi ammo ichkarida ovoz eshtilmagach eshikni ochib ichkariga kirdi. Yotoqda Leylani quchib uxlab yotgan Demirni koʻrib hayratlandi. Avvaliga nima qilishini bilmadi, soʻngra choʻntagidan telefonini chiqarib ularni sekin sur’atga ola boshladi.
Pov Akin
~Demir Oʻzturk oʻzing oʻz xotingni poyimga tashlading, endi Deryadan umid ham qilolmaysan koʻramiz xotining seni bu qilmishingdan soʻng kechirarmikan .
Akin gʻolibona tabasum qilgancha xonani tark etdi. Akin divan ustida oʻylanib oʻtirgan Deryaga yaqinlashdi.
~Opam axvoli qanday ?
~Opangni axvoli shu darajada yaxshiki hattoki oʻzini xursand qilishga ham ulguribdi
~Nimalar deyabsan ?
~Oʻzing koʻra qol
Akin telefonini Deryaga uzatdi. Derya telefondagi sur’atlarini koʻrib , hayratdan koʻzlari kattalashib ketdi.
~Bu nima ?
~Sen bu yerda opangni oʻylab oʻtirgan bir paytda opang seni qiynagan , seni azoblagan hayvon bilan tunini oʻtkizib uning bagʻrida begʻamlarcha uhlab yotibdi Derya .
~Ishonmayman .
~Sur’atga boq , nahotki tanimayabsan . Doim shunday boʻlgan tan ol , doim opang seni oʻylamagan oʻzini oʻylagan , barcha opangni hurmat qilgan ,mehr bergan , uni koʻklarga koʻtarishgan senichi ? Aslanzodalarning kichik farzandi Derya Aslanchi ?
~Bas qil
Derya qoʻllari bilan quloqlarini yopib oldi.
Pov Derya
~Nega doim men ? Nega doim faqat men azoblanishim kerak . Nima uchun men xiyonatga uchrashim kerak nima sababdan. Yoshligimdan meni ajratib kelishdi , mehr berishmadi , doim Leyla , leyla , leyla . Qayerga bormasam uning soyasida qolardim , doim barchasiga u erishardi menchi ? Leyla leyla doim zoʻrlar ichra zoʻri leyla . Undan nafratlanaman, doim undan nafratlanmaslika intilib keldim.
~Derya meni eshtyabsanmi Derya ?
Akin qizning qoʻllarini tortib oldi. Yuzidagi koʻz yoshlarini sekin artdi.
~Istaysanmi? Opang ham sen his qilgan azobni ming chandan his qilishini ?
Aybdorlar jazo olishini istaysanmi? Demir oʻz qilmishiga yarashasini olinishi sen aytsang bas , shu on men barchasini sen uchun qilaman . Derya xohlaysanmi?
Derya koʻzlarini devoldan olib Akinga qaradi va qat’iy ovozda
~Ha istayman , ularni tavbasiga tayantir !
Akin qizning miyasini nihoyat zaharlash maqsadiga erishgach tabasumi kengaygancha xonani tark etdi.
Hozirgi vaqt .
~Kamerlar orqali barcha suxbat va bularning ortida kim turganini anglagan Demir vajohat bilan stolni bir tepib yubordi. Xonadan chiqib pastda uxlab yotgan Derya tomon otildi. Uning qoʻllaridan siltab uygʻotdi.
~Nima qilyabsan ?
~Sen bu ishni unga qilishga buyurdingmi javob ber !
~Nimani aytyansan tushunmayabman shaytoning malayi
~Oʻzingni goʻllika solma Derya bu nima ????
Demir qoʻlidagi telefoni Deryaga tutdi.
~Nima bu ? Bu sur’atdagilarni koʻryabsanmi ?
~sen va qoni buzuq opaginam bu
~Sen taviya qanday hadding sigʻdi buni qilishga . Seni tirikqoʻymayman . Oʻsha Akinni ham seni ham bir joyga koʻmaman !
~Akin uddalabdida juda soz ! Qilgan ishimdan aslo pushaymon emasman . Senga oʻxshagan jirkanchlardan nafratlanaman !
~Iflos
Demir Deryaning yuziga bitta tarsaki tushirdi.
Pastki shovqindan sekin zinalardan tushib kelayotgan Leyla Demir singlisini urganini koʻrib qadamlarini tezlatdi.
~Sen Iblis singlimga qoʻl koʻtarishga qanday ju’rat qilyabsan ?
Leyla Demirga baqirdi, yuzini ushlab olgan Derya opasiga qarab kula boshladi.
~Barakala Leyla rolingni qoyilmaqom bajaryabsan opa ! Tunda uning qoʻynida erkalanib tongda yoqasidan olasanmi?
~Nimalar deyabsan Derya ?
~Doimo oʻzingni farishtadek koʻrsatib kelarding . Qanday qilib singlingni hayotini barbod qilgan yigitning qoʻyniga kirding !
~Sen haqiqatni bilmaysan
~Juda yaxshi bilaman ! Doim
haqiqatni bilmaganimni roʻkach qilib kelgansan . Bilasanmi nima qildim qadrli opajon meni tushuna boshlaysan endi . Atrofingda otang ham , sevgiling ham, oilang ham qolmaydi.
~Nimalar deb aljirayabsan ?
~Halliyam xabarsizmisan ? Butun turkiya hozir sen va sening xushtoring Demir Oʻzturk haqida muhokama qilyabdi
~Ovozingni oʻchir Derya !
Demir ovozini balandlatdi
~Nima ? Leyla tushunmasdan singlisiga qaradi . Derya qoʻlidagi telefoni unga uzatdi.
~Oʻqi koʻr !
Leyla telefondagi sur’at va yuqorida turgan sarlavhani koʻrib qimirlamay qoldi . Demir qizni qoʻlidan telefoni yulib oldi.
~Buni sen qildingmi Derya ?
~Ha men qildim ! Men his qilgan ogʻriqni his qilishingni istadim . Ana endi otam birgina meni emas seni ham oʻldirishga harakat qiladi. Arzanda farzandini qilmishlariga koʻz yuma olarmikan
~Derya
~Qilgan ishimdan afsuslanmayman opa , sen munosib eding. Nihoyat bizning hison tenglashdi.
Leyla ortga bir qadam tisarildi . Soʻngra xushidan ketdi . Demir qizni ushlab qoldi.
~Sen mendan battaroq maxluqsan Derya ! Kichiklingdan ajratilganinga kelsak oʻzing shunga munosib ekansan , sendek tuban va ichi chirk bosgan insonlar shunday taqdirga munosib aslida .
Sen bilan gapimiz tugamadi !
Demir xushidan ayrilgan Leylani koʻtargancha yuqoriga koʻtarilib ketdi
Andrea Mikaelson tomonidan yozildi. Yozuvchining ismi Andrea