May 15

Firibgar

Author:Hae

Minso chiqish eshigini ochmoqchi bo‘lganida, belidan o‘ralgan qo‘llar uni aylantirib, quvvatli iskanjaga oldi.

– Bugun qochish yo‘q. Bugun men seni qo‘yib yubormayman.

Eunwoo eshik yonida turib, Minsoning har bir nafasini eshitardi. Qiz undan qutilishga urindi. U lablari qaltiragancha yigitni o‘zidan itardi, ammo kuchsizlik sabab harakatlari samarasiz bo‘ldi.

– Bunday qilma, Eunwoo... – dedi u, ovozida titroq bilan.

Qora dori uni o‘zgartirgan edi. Endi yigit dori boshqaruvida.

– Men sen uchun yetarlicha kurashdim. Endi seni kuch bilan bo‘ysundirishim vaqti keldi. Axir boshqacha tushunmayapsan-ku!

Minsoning yuragi to‘xtagandek bo‘ldi. Sovuq ter chiqqancha muzlab qoldi.

Shu payt Minso stol ustidagi haykalchani ushlab, Eunwoo’ning yelkasiga urdi. Yigit baqirib, orqaga og‘di. Qiz darhol eshik tomon yugurdi, kalitni topdi, eshikni ochdi va yuragi bo‘g‘ziga tiqilgancha yugura boshladi.

Orqasidan baqiriq eshitildi:

– Minso! Sen menga tegishlisan!

Ammo qiz yugurishda davom etdi. Ko‘zlarida yosh, yuragida g‘azab va qo‘rquv.

•••

Tashqariga chiqqach, Minso baquvvat tanaga urildi. Tanish ifor.... uni tanasiga yengillik yugurishiga sabab bo‘ldi. Jungkook tezda uni bag‘riga oldi, qizning betartib nafasini va ko‘ylagidagi namlikni his qildi.

– Minso yig‘layaptimi? – deb o‘zicha o‘yladi u. So‘ng sekin qizni yelkasidan ushlab, o‘ziga qaratdi:

– Nima bo‘ldi?

Minso yosh to‘la ko‘zlari bilan boshini chayqadi:

– Hech nima...

Qiz yana Jungkookning issiq bag‘riga boshini qo‘ydi. U yigitning qo‘llarini mahkam ushlab turgan edi. Jungkook esa, nima bo‘lganini o‘ylagan sari asabiylashdi. Ammo shu payt eshikdan yelkasini ushlab chiqqan Eunwoo’ni ko‘rib, haqiqatni tushundi.

– U senga nimadir qildimi? – dedi, nigohida g‘azab bilan.

Minso oldinda nima bo‘lishini anglab, Jungkookni qo‘lidan ushladi:

– Ketaylik... meni olib ket.

Jungkook Minsoni mashinaga o‘tqazdi. Qiz hali ham uning qo‘lini tutib turgan edi. Jungkook bir zum o‘ylanib qoldi, so‘ng eshikni yopmadi. U Minsoning yuziga ohista tikildi:

– Sen bu yerda qol. Qimirlama.

Qiz ko‘zlarini katta ochdi:

– Yo‘q, iltimos... u hali ham dori ta’sirida. Senga nimadir qilishi mumkin...

Jungkook sekin bosh irg‘adi:

– Mendan xavotir olma. Men o‘zimni himoya qila olaman, bilasan-ku. Aytganimni qil.

U eshikni ohista yopdi. So‘ng burilib, yengini baland ko‘tardi. Qadamlarida qat’iyat bor edi – har bir qadami Eunwoo uchun ogohlantiruvchi zarba edi go‘yo.

Eunwoo hali ham eshik og‘zida turardi. Og‘riqdan lablarini tishlab, yuzida telbacha tabassum bilan:

– Qaytdingmi, qahramon? Nima qilmoqchisan? Meni urasanmi?

Jungkook yaqinlashdi. To‘xtamadi. O‘rtadagi masofa qisqardi.

– Unga nima qilganingni bilmayman. Ammo ko‘zlaridagi qo‘rquvni ko‘rish menga yetarli. Buning uchun esa sen javob berasan.

Shu so‘zlardan so‘ng Jungkookning mushti Eunwoo’ning yuziga qattiq zarba bo‘lib tushdi. Yigitning boshi devorga urildi. U javob qaytarmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkookda endi faqat sof g‘azab bor edi. Ikkinchi zarba, uchinchi... Eunwoo pastga qulab tushdi.

Jungkook egildi. Sovuq ohangda dedi:

– Yana bir marta Minsoning yaqiniga kelsang, seni o‘sha dorilarga cho‘ktiraman. Tushundingmi?

Eunwoo xirillab yotardi.

Jungkook turdi. Burnini artdi. Mushti shishgan, ammo yuzida mamnuniyat bor edi. Mashina tomon yurarkan, ko‘ylagini to‘g‘irladi.