FIRIBGAR
Hayot turfa sinovlarga boy ekanligiga yashaganingiz sayin amin bo‘lib borasiz. Qo‘rqqanlarimiz doim bizni qarshi olishadi va undan keyin bizni kutayotgan voqealarga kuchli va chidamli bo‘lishimizni ta'minlashadi. Hayot bizni yiqitishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Chunki ba'zida bizga tirgak bo‘lgan inson vaqt o‘tishi bilan bizdan yuz o‘girishi va o‘zimiz uchun o‘zimiz tirgak bo‘lishimizga undashi mumkin. Bu hayot va yolg‘on to‘la dunyoda hatto o‘z soyangizga ham ishonch yo‘q. Chunki quyosh kirganda soyamiz ham bizni tark etadi...
Emily vafoti.... Hae hayotidagi keyingi zarba bo‘ldi. To‘satdan bo‘lgan o‘lim qiz dunyosini ostin-ustin qildi. Doktorlar “Opangiz tuzalishiga umid bor,” degan gapi uni anchagina umidlantirgan edi. Ammo hozir u siqilish uchun vaqt emasligini ham bilardi. Barchasini birlashtirdi va ketma-ket o‘limlar xunini olishga qaror qildi. Ko‘rsatilgan dalillar sababli Taehyung hibsga olindi. Balki qiz uni o‘ldirishni ham o‘ylagandir, lekin tiriklayin har bir lahzasini azobda o‘tishini xohladi. Balki yigitga oddiy o‘lim bilan mukofot berishni xohlamadi.
•••
Qamoqxona panjaralari ortida jig‘ibiyron bo‘layotgan yigit yaqinlashayotgan qadam tovushlarini eshitdi va panjara tomon yaqinroq yurdi. Ko‘ringan insondan ko‘zlarida umid chaqnagandek bo‘ldi go‘yo.
— Shunchalik kelish qiyinmidi, aka? Bu yerda ikki kundan buyon turibman...
Massimo bir zum Taehyungga shunchaki sovuq ifodada tikildi va sekin, yuziga iblisona tabassum olgancha panjara tomon yaqinroq bordi.
— Ayb o‘zingda. O‘yindan chiqaman demasliging kerak edi. Eslaysanmi? Senga aytgandim: bu qizga bo‘lgan ishtiyoqing bir kun seni tamom qiladi, degandim. Mana, uka, o‘sha kun keldi.
— Aqldan ozdingmi?! Bularning hech birini men qilmaganimni bilasan!
Taehyung asabiylashishni boshlab, qo‘llari bilan panjaralarni siqdi.
— Men bilaman. Ammo boshqalar emas. Seningcha Hae dalillarni qayerdan topdi? Agar bu axmoq qizning kichkinagina miyasi ishlab, mashina avtohalokatidagi ishni qo‘zg‘amaganda, balki hozir sen o‘lgan bo‘larding.
Massimo gaplari bilan Taehyungning ko‘zlari kattarib, bir zum unga boqib anglashga urindi. Keyin esa qamoqxona panjarasi ortida yigitning qattiq kulgu ovozi yangradi. Ammo bu kulgu ko‘pga cho‘zilmadi. Bir zumda jiddiylashgan Taehyung akasiga o‘lim nigohi bilan boqdi.
— Taxmin qilishim kerak edi. Bularning hammasi seni ishing. Ammo nega? Nega meni o‘ldirmoqchi eding? O‘yindan chiqmoqchi ekanligimni aytganim uchunmi? Chunki chindan qilardim... Sen sababini bilasan. Men uni sevishimni angladim va u uchun barchasidan kechishga tayyor edim. Kech anglagan haqiqatim shu edi. Dunyo boyliklari poyimga sochilsa ham, u bo‘lmasa menga barchasi ahamiyatsiz ekan.
— Oshiq Romeo... Men seni oldindan o‘ldirishni rejalashtirganman. Bu ish tugashi bilan, barcha mol-mulk o‘z-o‘zidan menga qolardi. Chunki xotining allaqachon o‘lgan bo‘lardi. Men hech qachon seni ukamdek ko‘rmadim. Sen maqsadimga yetish uchun bir vosita eding, xolos. Vazifangni bajarib bo‘lgach, seni yo‘q qilmoqchi edim. Onajonimizning o‘ynashidan orttirib olgan bir haromi... Ammo hitlar hitlanib qolishdi va menga aybdor kerak edi. Shunchaki hammasini senga to‘nkadim. Axmoq Hae esa ishimni osonlashtirdi. Oh, aytgancha, hozir u juda mehr va e’tiborga muhtoj — bularni unga men beraman. Xavotir olma, sen qila olmagan ishni men qilaman... Uni pokizaligidan mahrum qilaman va har bir daqiqasidan rohatlanaman.
Taehyung jag‘lari siqildi, ko‘zlari qisilgancha akasiga vishilladi:
— Seni o‘z qoninga cho‘ktiraman! Unga teg — va men seni bu hayotda qayta nafas olmasligingni ta'minlayman. Men asrab kelgan g‘unchani yakson qila olmaysan. Men qaytaman. Seni ajaling bo‘lib qaytaman. Shunchaki meni kut...
Massimo Taehyungning gaplarini butunlay e’tiborsiz qoldirdi va ortga ketish uchun burildi. Bir nechta qadam tashlab, yelkasidan ortga qaradi:
— Baxtli onlarimizdan bizdan suratlar kut, qadrli uka!
— Jungkook, menimcha, kechikdik.
Minso Hae bilan bo‘lgan qo‘ng‘iroqni yakunlab, Jungkookga yuzlandi.
— Hae Taehyungga qarshi dalillar to‘plab, uni qamattiribdi. Senga aytgandim, u nimadir qiladi, ogohlantiraylik, degandim. Men uni bilardim.
Jin ursin! U nimadir qilishini bilgandim. U bilan gaplashib olishim kerak. Men uning uyiga boraman.
Jungkook Minsoni bilagidan tutib qoldi.
— Hozir shoshqaloqlik qilib bo‘lmaydi, Minso. Biz yaxshilab o‘ylashimiz kerak.
— Ammo qayerga keldik? Haeni himoya qilamiz deb, maxluq qo‘liga topshirib qo‘ydik. O‘sha oqshom u menga qilgan tahdid shunchaki tahdid emas edi.
Flashback (Minso Haening yoniga ketgan kun)
Minso baribir chiday olmadi va Haening haqiqatni bilishga haqqi bor deb o‘yladi. Jungkook uxlaganida Haega qo‘ng‘iroq qildi, ammo javob yo‘q. Keyin esa ovozli pochta qoldirdi. Taehyungning rejasi haqida barchasini unga aytdi. Birozdan so‘ng esa Haedan xabar keldi: “Menikiga kel, gaplashib olamiz.”
Minso Jungkookni sekin uyg‘otdi, Haening ahvoli yaxshi emasligini bahona qildi va uning uyiga ketdi. Ammo u bilmasdi — uni butunlay boshqa voqealar kutayotgan edi. Massimo o‘sha oqshom Hae yonida bo‘lganligi sababli barchasini eshitdi. U buni shunday qo‘yib bo‘lmasligini bilardi. Bir o‘q bilan ikki quyonni urdi: Jungkookning onasidan pul oldi va Minsoni Jungkookdan uzoqlashishini ta'minladi. Hae bilan esa tahdid qilib Minsoni og‘zini yopdi.
Ammo u Jungkookni kam baholagan edi. Bittagina xabar bilan u Minsoni tinch qo‘ymasligini o‘ylamadi. Minso, Jungkook kelgan kuni unga hammasini aytdi va ular Haega ziyon bermagan holda bu masalani hal qilishga kelishishdi. Omma oldida ajralgandek ro‘l o‘ynashdi lekin asta sekin bu o‘yinni tugatish rejasini tuzishdi. Ular Massimoni Taehyungning o‘yini ichidagi o‘yinchi deb o‘ylashdi. Ammo asl firibgar Massimo ekanligini payqashmadi. Natijada esa Taehyung qamoqdan joy oldi va tom ma'noda Massimo o‘z maqsadiga yetdi.
Taehyungni qamoqqa tushirgach, Hae endi siqilish uchun vaqt topdi. O‘z dardlariga ko‘milib uzoq yig‘ladi. O‘z-o‘zini yupatdi. Opasi iforini sog‘inib, uning kiyimlarini qidirdi, ammo hech biri unda qolmagan edi. Oxirgi kuchini sarflashga ahd qilgan qiz opasining uyi tomon yo‘naldi. Emily kiyimlaridan bir nechtasini olib, chuqur hidladi. Doim unga tirgak bo‘lgan, yashashga undagan inson endi u bilan emasdi. Boshqa bu yerda qololmasligini bilardi. Har bir buyum va bu xonaning har bir duyumi unga qayta-qayta opasi yuzini eslatib battar yuragini o‘rtadi.
Eshik tomon yo‘naldi, ammo eshitilgan italyancha talaffuzlar uni sekinlashishga majbur qildi. Taehyungning ish kabinasidan kelayotgan Massimo ovozlari tomon sekin qadamlarda yaqinlashdi. Tinglagan so‘zlaridan qiz nafas olishni unutgandek bo‘ldi, go‘yo.
— È tutto sistemato, papà. Le proprietà sono intestate a me. Taehyung è in prigione. E ho una sorpresa per te. Ti porterò anche una sposa.
(Hammasi hal bo‘ldi, ota. Mol-mulklar endi men nomimda. Taehyung qamoqda. Va siz uchun yana bir sovg‘am bor — sizga kelin olib boraman.)
Qolgan so‘zlar qiz quloqlariga kirmadi. Muvozanatini yo‘qotgani sabab eshikga suyanib qoldi.
Natijada chiqqan tovushdan Massimo darhol sergaklashdi. Nigohlari Haening nigohlariga to‘qnash keldi. U tomon tez qadamlar bilan yurishni boshladi.
Ammo Hae ohirgi lahzada o‘ziga keldi va eshik tomon yugurdi. Zinalardan tezlikda o‘tib, chiqish eshigiga yetishga ulgurgandi. Ortidan o‘ljasini ta’qib qilayotgan yirtqich misol yugurib kelayotgan yigitni ko‘rib, nafasi ichiga tushdi.
Yo‘lga chiqdi — lekin ayni shu paytda tezlikda kelayotgan mashina qizga urildi. Tepaga uchgan qiz yerga quladi. Bir zumda asfaltni uning boshidan sizib chiqqan qon qoplay boshladi...