June 5

FIRIBGAR

Author: Hae

— Qanday insonsan o‘zi? Seni inson deb atash mumkinmi?

Hae Taehyungga tarsaki tushirib yubordi. Yuzi yon tomonga burilgan yigit baqirmaslik va ortiqcha ish qilmaslik uchun labini tishlab, o‘zini tinchlantirishga urindi. Haeni bilagidan og‘riqli siqqancha, ikkala qo‘lini bir katta qo‘li bilan boshi tepasiga mahkamladi.

— Haddingdan oshyapsan...

Hae yuziga Taehyung nafasi kelib urildi. U juda yaqin edi. Undan taralayotgan issiqlik qiz ongiga ta’sir qilishni boshladi. Hae har chand kurashmasin, narkotik o‘z vazifasini bajarishni boshlagandi. Qiz ongi xiralashishni boshladi.

— Taehyung...

Qarshiliklar foydasiz ekanligini anglagan qiz titrab shivirladi.

— Qilma, iltimos qilma... Men opamga xiyonat qilgan bo‘laman. Butun umr o‘zimni kechira olmay o‘taman. Sendan birinchi va ohirgi marta iltimos qilyapman. Menga tegma, hirsingga yengilma...

Hae ko‘zlarida yosh jilvalandi. O‘tinch ila yigit nigohlariga duch keldi. Taehyungning qoraygan ko‘zlarida bir zum boshqa narsa chaqnadi. U buni joylashtira olmadi. Ammo bu na nafrat, na tashnalik edi — bu butunlay boshqa his. Qiz ko‘z yoshlarini ko‘rgan yigit yuragida og‘riq his qildi.

— Yig‘lama...

Haeni qo‘llaridan halos etgan yigit ortga chekindi, qizdan yuz o‘girdi, ammo bir zumda ortga qaytdi. Bu safar qo‘pollik bilan emas, aksincha g‘ayrioddiy yumshoqlik bilan Hae yuzini tutdi. Bosh barmog‘i ko‘z yoshlarni artar ekan, uni yuzini sekin silagancha erkaladi.

— Yig‘lama... bu meni o‘ldiryapti. Seni ko‘z yoshingni ko‘rganimdan ko‘ra dunyoga o‘t qo‘yganim afzal... Unday qilma, jin ursin hammasini, qilma... Meni zaiflashtiryapsan.

Hae entikib nafas olgancha yigitga tikildi. Endi qiz to‘liq dori ta’sirida edi. Hozir uning qarshisida opasining eri emas, go‘yo sevgilisi turibdi. Shu sabab yigit qo‘llaridan uzoqlashmadi, aksincha uni teginishidan ko‘zlarini yumgancha zavqlandi.

Taehyung ohista lablarini qiz labiga bosdi. Ikki lab birlashganda butunlay dunyo ular atrofida so‘nib ketdi. Lablar harakatiga monand urayotgan yuraklar bir-biriga yetishgandan mamnun edi go‘yo.

Biroz davom etgan bo‘sa yakunlandi. Yigit peshonasini qiz peshonasiga bosdi. Hozir bo‘lgan voqeadan hali ham sarmast bo‘lgancha nafasini rostlashga urindi. Lablar harakatlandi va shivir bilan so‘zlar sirg‘alib chiqdi:

— Seni sevaman...

•••

Ertangi kun.

Hae kuchli bosh og‘rig‘ini his qilgancha uyg‘ondi. O‘z yotog‘ida yolg‘iz edi. Kecha bo‘lgan voqealarni g‘ira-shira esladi vahima ko‘tarilishni boshladi, ammo eshik jiringladi. Eshik qo‘ng‘irog‘i ovozi qiz xayollarini bir zumda tarqatdi. Istamay qo‘zg‘algancha pastga tushdi. Eshikni ochganda militsiya xodimlariga duch kelib, hayrat ila ularga boqdi.

— Chon Hae?

Bir militsiya xodima oldinlab unga ro‘baro bo‘ldi.

— Ha, men Chon Haeman. Muammo bormi, janob inspektor?

— Hae xonim, biz bilan borishingiz kerak. Ota-onangiz aeroportdan chiqqanda o‘tirgan mashina avtohalokatga uchragan to‘g‘rirog‘i mashina yonib ketgan. Ichidan 3 ta jasad topdik. Siz ularning shaxsini tasdiqlashingiz kerak.

Hae joyida muzladi. Muvozanatni yo‘qotgancha eshik romiga suyanib qoldi.

•••

Dafn marosimi yakuniga yetdi. Afsuski, bu jasadlar chindan ham qizning ota-onasiga tegishli edi. Qabrlar qarshisida soatlardan buyon turgan qiz hech siljishni istamas, ko‘z yoshlari yuzida qurigan. Boshqa yig‘lashga na kuchi, na xohishi bor edi. Hozir hech nimani his qilmayapti — na og‘riq, na dard. Butunlay bo‘shliqqa mahkum bo‘lgandi go‘yo.

— Ketishimiz kerak...

Minso qiz yoniga cho‘kkalab, yelkasidan tutdi.

— Emilyga qanday aytaman? U ko‘tara olmaydi.

— Sen hozir o‘zing haqingda qayg‘ur. Ahvolingga qara. Bilaman, bu oson emas. Lekin shu ham peshonangda bor ekan. Hae, sening bu holating ularni qaytarib bermaydi. O‘zingni qo‘lga olishing kerak.

— Gapirish oson, Minso... Men ham ketishni xohlayman. Ular bilan birga bo‘lishni xohlayman. Meni ham olib ketishsin. Boshqa kuchim qolmadi. Bilmayman, hayotning menga atab qo‘ygan yana qanday qismati bor, ammo men boshqa chiday olmayman. O‘lishni xohlayman.

— O‘lim bu yechimmi? Ota-onang seni ortlaridan borishingni xohlaganmi? Ular uchun ham sen kuchli bo‘lishga majbursan. Senga ularning omonati bor — Emily. U uchun ham majbursan.

2 haftadan so‘ng*

— Hae xonim, siz haq bo‘lib chiqdingiz.

Inspektor Hae yoniga papka tashladi va o‘z o‘rnidan joy oldi, gaplarini davom ettirdi.

— Aytganingizdek, surishtiruv ishlarida ma’lum bo‘lishicha, ota-onangiz mashinasining motori atayin ishdan chiqarilgan. Bu rusumdagi mashinaga faqat bir xil yoqilg‘i quyilishi kerak, ammo unga boshqa yoqilg‘i quyilgan. Oqibatda esa mashinada portlash yuzaga kelgan. Haydovchi doimiy haydovchi bo‘lgan — u adashib quyishi mumkin emas. Demak, xulosa shunday: ularga suiqasd uyushtirilgan. Agar xohlasangiz, ishni boshlayman.

— Xohlayman. Ishni boshlang va surishtiruv ishlarini olib boring. Aybdorni to‘liq jazo olishini ta’minlang.

— Kimdandir gumoningiz bormi?

Inspektor savolidan Hae o‘yga botdi va sekin bosh chayqadi.

— Hozircha yo‘q.

— Unda ketishingiz mumkin. Mendan javob kuting, xonim.

— Sizga ishondim, janob inspektor.

— Ishonchingizni oqlayman.

•••

Bugun Emily kasalxonadan chiqishi kerak. Hae hali ham unga ota-onasi haqida xabar bermadi. O‘zi tiklanib olishiga ancha vaqt ketdi, ammo hali ham to‘liq tiklanmagan. Lekin u hozir kuchsiz bo‘la olmaydi — opasi unga muhtoj. Emily xonasini saramjomlarkan, u kirganida uyda hech kim yo‘q edi, ammo zinalardan chiqayotgan qadam tovushlarini eshitgancha kiyim shkafida qoldi. (Ma’lumot uchun: bazilarda kiyim shkafi kichikroq xona ko‘rinishida bo‘ladi.)

Taehyung ovozi... U shkafdan chiqmoqchi edi. Ammo yigit so‘zlari uni joyida qotishiga sabab bo‘ldi.

Taehyung telefonda gaplashayotgan edi. Va uning ohirgi so‘zlarini anglay oldi Hae:

— Mashina garajida kamera yozuvini tekshiring va barchasini o‘chirib tashlang. Hech qanday iz qolmasligini ta’minlang.

Telefon qo‘ng‘irog‘i yakunlandi va Taehyung qo‘lidagi fayllarni xonada
joylashgan rasm ortidagi seyfga qo‘ydi. Hae gaplarni hazm qilishga urinar ekan, seyf kodini ko‘rishga ulgurmay qoldi. Ishini tugatgach, Taehyung xonadan chiqib ketdi.

Hae tezlikda seyf yoniga bordi. Bir necha taxminlarni ishga solib kod terib ko‘rdi, ammo foydasiz. Miyyasiga bir sana keldiyu: “Bo‘lishi mumkin emas,” deb fikridan qaytdi. Ammo sinab ko‘rishga qaror qildi. 20220113 — bu ular uchrashishni boshlagan sana edi.

Taxmini to‘g‘ri chiqdi.

Seyfdagi fayllarni varaqlar ekan, qiz ko‘zlari hayratdan kengaydi. Barcha mol-mulklar Emilydan Taehyung nomiga o‘tkazilgan edi. Burchakda dori qutisi ham bor edi. Qiz uni ochib qaradi. Kapsulani ochganida esa hayratdan muzlab qoldi. Bu o‘sha kapsula edi — oldinroq Emily dorilarini ko‘rgandagi.

Dori qadoqini o‘qirkan, qiz ko‘zlaridan yoshlar oqishni boshladi.

Bu dori Emilyga mumkin emas — kasali avj olishiga sabab bo‘ladigan dorilardan biri edi.

Telefon qo‘ng‘irog‘i ovozidan Hae seskanib tushdi. “Shifoxona” kontakti edi. Chuqur nafas olib, Emily ketishga tayyor, deyishlarini kutgancha go‘shakni ko‘tardi.

Ammo eshitgan so‘zlari butunlay boshqa edi:

— Opangizning yuragi to‘xtab qoldi. Tezroq keling...