FIRIBGAR
Jungkook mashinadan joy oldi. Betartib nafasini rostlab, chuqur nafas oldi. Hali ham hadik ila o‘tirgan va qo‘llari titrayotgan Minso tomonga ko‘z qiri bilan nazar solgancha, mashina gaz pedalini bosdi va asfalt yo‘lda ortidan tutun qoldirgancha, uy oldini tark etdi.
Uydan biroz uzoqlashib, mashinani tinch joyda chetga olib to‘xtatdi va tezda Minsoni bag‘riga oldi.
— Shhh, moychechagim, men shu yerdaman...
Yigitning g‘azabi qizni bag‘riga kiritganda bir zumda iliqlikka o‘zgardi. Minsoni sochlaridan silagancha, uni iforidan nafas olib, ko‘zlarini yumib, o‘zini tinchlantirdi. Minsoning ko‘z yoshlari Jungkookning ko‘ylagini xo‘lladi, ammo yigit bunga e’tibor bermay, uni bag‘rida yig‘lab tinchlanib olishiga imkon berdi. So‘zsiz qizni ovutdi.
Jungkook Minso bilan uyiga kelishdi. Ko‘p o‘tmay eshik qo‘ng‘irog‘i yangradi. Jungkook Minsoni yashash xonasidagi divanda qoldirgancha, eshikka javob berdi. Uy ichida onasi paydo bo‘ldi. Ayolning kulib turgan chehrasi Minsoni ko‘rishi bilan o‘zgardi.
Qoshlarini istehzo bilan chimirgan ayol Jungkookga yuzlandi.
Jungkook onasining holatini qaytardi.
— Men senga aytgandim, oilamizga mos qizga uylanasan. Bu qizni esa men sen uchun topaman.
— Va men ham aytgandim. Men o‘z hayotimni qura oladigan yoshdaman. Onajon, ko‘zingizni oching, men endi sizning besh yoshli erkatoy o‘g‘lingiz emasman. 28 yoshdagi, o‘z fikriga ega bo‘lgan erkakman!
— Sen familiyamizni davom ettiradigan, nasl-nasabli oila qiziga uylanasan!
— Oilamiz familiyasining davomchilarini dunyoga keltiradigan inson — shu yerda. Men boshqa ayolga bu huquqni bermayman.
Jungkook jilmaygancha onasini quchdi va eshik tomon yo‘naldi.
— Endi esa boraqoling. Otam sizni sog‘inib qolgandir. Ha, aytgancha, tezroq nabira ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, to‘yni rejalashtirishingiz mumkin. Biz tayyormiz, Jeonlar qirolichasi.
Jungkook onasining g‘azablangan yuziga qarab irshaygancha eshikni yopdi va telefonini chiqarib otasiga qo‘ng‘iroq qildi.
— Dada, sizga sabr tilayman. Onamni jahlini chiqardim, alamini sizdan oladi. Sevimli yoringiz didyolariga tayyorlaning.
Otasining javobini tinglab, yanada kengroq jilmaygan yigit telefonni qo‘ydi va Minsoga yaqinlashdi. Hamma gapni tinglab o‘tirgan qiz sekin o‘rnidan turdi.
Bu so‘zlardan so‘ng, Jungkookning tabassumi birdan so‘ndi.
— Onangiz haq. Men sizga munosib emasman. Keling, yaxshisi shu yerda tugatamiz. Men xohlanmagan oilaga qo‘shilishni xohlamayman. Men charchaganman, Jungkook. Insonlar uchun o‘zimni ortiqchadek his qilishdan, yolg‘izlanishdan, keraksizdek o‘zimni his qilishdan. Qo‘yib yubor va men yana o‘zim bilan qolaman...
Jungkook Minsoni bilaklaridan tutib ortga qaytardi. Qizni qayta joyiga o‘tirg‘izib, yuzini kaftlari orasiga oldi.
— Meni tingla. Sen hech qachon unday bo‘lmagansan. Bu — sening miyangdagi bekorchi fikrlar, o‘zing o‘ylab chiqqan xayollar. Sen keraklisan. Men uchun eng muhim, eng aziz insonsan. Qo‘yib yubor deysanmi? Yo‘q, Chon xonim, men qilmayman. Men hayotimning mazmunini, yorqin chirog‘imni, ilituvchi quyoshimni tark etmayman. Men olmosimni aldamchi yoqutlarga almashmayman. Sen — meni tirikligim sababisan. Qorong‘u taraflarimga qaramay, meni sevding. Meni zulmatimdan olib, o‘z yorug‘lig‘ingga ko‘mding. Endi aytchi, men sendan kecha olamanmi? Qilolmayman. Moychechagim, sensiz hayot kechirmayman. Sen menikisan, menga tegishlisan. Ortiqcha gaplarga hojat yo‘q. Men tinglamayman... Butun dunyo menga qarshi chiqsa ham, men seni tanlayman. Yagona va o‘zgarmas tanlovim.
— Sen... Nima qildimki, meni bunchalar sevding? Bu so‘zlar menga qanchalik muhim, ahamiyatli ekanini bilmaysan, Jungkook...
— Menda bitta sabab bor — seni borlig‘ing. Seni sevishim uchun mavjudliging kifoya.
— Men seni sevaman, Jeon Jungkook.
Minso ko‘zdagi yoshlarini artib, burnini tortgancha sekin jilmaydi.
Jungkook o‘z lablarini qiznikiga bosdi.
Qorong‘u xona jimjitlikka cho‘mgan edi. Yagona yangrayotgan ovoz — xonada osilgan soat chiqqillashi va uzoqdagi mashinalar shovqini. Qiz o‘z hislariga burkangancha, qo‘lidagi suratdan ko‘z uzmasdi.
Xonadagi yagona yorug‘lik ostida o‘tirgan Hae eski suratga tikilgancha harakatsiz qolgandi. Taehyung va o‘zi tushgan eski surat. Doktorlar Emilyning ahvoli yaxshilanayotganini aytishdi. Hae yengillik his qildi. Kun bo‘yi uning yonida bo‘ldi va bugun o‘z uyiga qaytdi. Ota-onasi hozir safarda, katta uyda yolg‘iz edi. Tun kirishi bilan qiz xayollari sargardonlikka cho‘mdi. Yuragining tubiga ko‘mib kelayotgan hislar otilib chiqib, unga tahdid qila boshladi. Balki u kuchli bo‘lishdan charchagandi. Yertiah uchun ko‘zi qiymagan oxirgi suratni olgancha, xotiralarni yodga oldi.
Yigit ko‘ksiga yuzini ko‘mib olgan qiz undan ajralishni istamasdi.
— Ketishni xohlamayapman, — sekin shivirladi Hae.
Taehyung uning boshini tepasidan o‘pib, ohista sochlaridan siladi.
Yigit shivirlagancha davom etdi.
Hae sekin boshini ko‘targancha, Taehyungning yuziga tikildi.
— Sevgimga xiyonat qilmaslikka.
Taehyung qiz yonoqlarini sekin siladi.
— Vada beraman. Sevgimizga hech qachon xiyonat qilmayman.
— Agar vadangni buzsang, men o‘laman... Yashashim mumkin, ammo sen uchun o‘laman. Kechirmayman, aslo. Shunday ekan, meni o‘ldirma, sevgilim.
Taehyung Haeni peshonasidan bo‘sa bosdi.
Hae siniq jilmaygancha suratdagi kulib turgan yigit yuzini sekin siladi.
— Qilolmayapman... Seni, sin ursin, Kim Taehyung! Yuragimdan chiqarib tashlolmayapman. Bu dard, bu sevgi meni kemiryapti, yeb bitiryapti. Sensiz — sensizlik og‘ir. Va bundan-da og‘iri — barcha bergan og‘riqlaring bilan seni sevishda davom etishim...
Bu ishq o‘tadi degan kunim, men eng katta xatoni qilgandim. Haqiqiy ishq o‘tmas ekan. Unutilmas, qalbingda ketmas bo‘lib iz qoldirar ekan.
Ammo bu ishqni qalbimdan yulib olishni xohlayman. Men xato qildim. Noto‘g‘ri insonga butun borlig‘imni, ishonchimni, qalbimni, vaqtimni, mehrimni — hammasini berdim. Ammo evaziga-chi? Xiyonat.
Har baqirgancha suratni yirtib tashladi va xona bo‘ylab uloqtirdi. Tizzalarini quchib olgancha, ko‘zlariga quyilib kelgan yoshlarga erk berdi. Yuzi ko‘z yoshlar bilan bo‘yaldi.
To‘satdan xonasi eshigi ochildi. Cho‘chib tushgan qiz eshikdan kirgan insonga qarab qotib qoldi...