June 4

FIRIBGAR

Author: Hae

Sokinlik xohlayman... Tinch hayot. Men o‘z olamimni istadim — bu ko‘pmi edi?

Jungkook telefonni siqqancha mashina o‘rindig‘iga uloqtirdi. G‘azab tanasini egallashni boshladi. Bu Minsoga emas, ular hayotiga burun suqayotgan, tinchligini buzayotgan insonlarga qaratilgan edi.

Jungkookning manzili aniq edi: u Haeni uyiga, Minso yoniga boradi. Mashina gaz pedalini bosgancha manzil tomon yo‘naldi.

Eshik qo‘ng‘irog‘i bir-ikki marta jiringladi. Nihoyat, qadam tovushlari yangradi va eshik ochildi. Hae biroz hayratlandi, ammo hayratini yashirmadi.

— Jungkook?

— Minsoni chaqir.

Yigitning buyruq ohangi qiz qoshlarining chimirilishiga sabab bo‘ldi.

— Minso yo‘q.

— Men bilan o‘ynashma, Hae. Uni chaqir.

— Men rost gapiryapman. U kelmadi.

— Jin ursin!

Jungkook asabiy sochlaridan barmoqlarini o‘tkazdi.

— Aldamayapsan, shundaymi?

— Men qachon seni aldadim? Bu gaplarni qo‘yib tur. Dugonam qani? Nega sen uning qayerdaligini bilmaysan? Yoki uni xafa qildingmi?

— Bu savollarga menda javob bo‘lsa, hozir bu yerda bo‘lmasdim. U kelsa, xabar ber. Raqamimni bilasan.

Haening keyingi gaplarini hattoki kutmagan Jungkook mashinadan joy oldi.

— Endi gaplashamiz...

Hae eshik ortida turgan qizga yuzlandi.

••••

— Demak, onasi sabab...

Hae Minsoga yaqinroq o‘tirdi.

— Aniq boshqa sabab yo‘qmi? Minso, Jungkook qaytmasligini bilasan. Menimcha, gaplashib olganing ma’qul.

— Hae, men qaror qabul qilib bo‘ldim.

— Yaxshi, ammo kechir. Men hayotingdagi yagona senga tirgak bo‘lgan erkakni qo‘yib yuborishingga yo‘l qo‘yolmayman. Jungkookga xabar yozdim. U deyarli kelib qoldi. Sen esa u bilan gaplashib olasan.

— Hae, aqldan ozganmisan?!

Minso ovozini balandlatgancha o‘rnidan turdi.

— Ketishga ulgurmaysan. U bilan gaplashib olishing kerak. Ungacha men ko‘chani aylanib kelaman.

Hae gaplarini yakunlashga ulgurmasdan eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Eshikdan chiqqan qiz Jungkookni ichkariga kirgizdi.

Jungkook ichkarilab, Minsoning nigohlariga duch keldi, ammo qiz bir zumda undan nigohlarini olib qochdi.

— Ortiqcha gapirmayman. Nega bunday qilganingni bilaman. Oilam bilan muammo bo‘lmaydi, bu senga daxli yo‘q. Va bir narsani unutma: men hech narsa yo‘q bo‘lsa ham, sen yonimda bo‘lsang menga yetarli. Sen — mening xazinamsan, hamma narsam. Meni yozgan xabaringa ishonadi, deb o‘ylayotgan bo‘lsang, meni bilmas ekansan, Minso xonim. Senga pul muhim emasligini men allaqachon anglaganman. Shunday ekan, hozir men bilan uyga qaytasan.

— Qaytmayman!

— Qaysarlikni bas qil, ketamiz. Men bir marta gapiraman.

— Men ham ketmasligimni aytdim!

Xafsala bilan nafas chiqargan Jungkook Minsoga yaqinlashdi.

— Malikam, ketamiz. Yura qol.

Yumshoq bo‘lishga uringan Jungkook sekin qiz qo‘lidan tutdi.

— Jungkook, kechir, lekin ketmayman... Men qila olmayman...

— Minso, nimalar bo‘lyapti senga?

— Buni aytmayman. Ammo ajralishimiz kerak. Bu muhim. Meni kechir, ammo qilolmayman.

— Onang senga tahdid qildimi?

— Yo‘q, unday qilmadi.

— Unda nega bunday qilyapsan? Aniq onam senga nimadir qilgan menga aytasan hammasini aytasan.

— Jungkook qo‘rqib ketyapman..

Minso ko‘zlarida yosh jilvalanishni boshladi.

— Ochiqroq gapir. Bilasana men seni hammasidan himoya qilaman. Sen qo‘rqma faqat qo‘rqma sevgilim men borman.. endi esa gapir.

— Bu... bu Haega bog‘liq..

Minso & Jungkook

•••

Uzoq suhbatdan so‘ng Jungkook Minsoni o‘zi bilan olib ketdi. Hae uyga qaytdi. Ammo uy bo‘sh edi. Na Jungkook, na Minsodan asar bor edi. O‘ziga jilmaygan qiz sekin ust kiyimini yechdi. O‘zi bilan olgan ichimlik va sneklarni muzlatkichga joyladi. Ichimligini ko‘targancha xonasiga yuqoriladi. Bu katta uy qizni ba’zan qo‘rquvga solar, ammo shu bilan birga yolg‘izlik — xotirjamlik bag‘ishlashni bilar edi.

Xonasiga qadam bosgan Hae joyida muzladi. Tanish ifor dimog‘ini to‘liq qamrab oldi. U bu iforni unuta olmaydi. Hatto juda xohlasa ham. Bu hid qiz miyyasiga o‘rnashib olgan.

— Shu yerda ekaningni bilaman...

Hae

Hae xotirjam so‘zladi. Hayotidagi voqealar uni shu darajada zaiflashtirdiki, bunday holatlar endi u uchun odatiy bo‘lib qolgan edi. Parda ortidan, yuzida tabassum bilan chiqqan yigit qiz tomon qadam bosdi.

— Berkinmayotgan edim, kapalagim. Toza havodan nafas olib o‘zimni tinchlantirayotgan edim. Chunki sening iforing meni mast qilishini bilaman.

— Yana mastmisan?

— Ichmadim.

Telbalikdan porlab turgan nigohlar qiz qalbida g‘ulgula aralash qo‘rquv uyg‘otishni boshlagan edi. Baquvvat tana tomonidan iskanjaga olingan kichik jussa devorga mahkamlangan, nigohlar esa qiz lablariga qadalgandi.

— Aqldan ozdingmi?! Uzoqlash mendan! Hatto mast emassan, nega bunday qilyapsan?

Titroq bilan yangragan ovoz yigit ko‘zlarining yanada qorayishiga sabab bo‘ldi. Qizning qo‘rquvdan titrayotgan tanasi uni yanada o‘ziga tortdi.

— Bu safar alkogolga emas, boshqa narsa — boshqa lazzatga mastman. Va buni senga ham his ettirmoqchiman...

Bir qo‘li bilan qizni joyida ushlagancha, ikkinchi qo‘li bilan cho‘ntagidan tabletka chiqargan yigit qiz og‘ziga uni soldi, nafas yo‘lini to‘sib, tabletkani yutishini ta’minladi.

— Ana endi, sen ham bu lazzatni... va meni to‘liq his etasan. Yillar davomida bosmagan chegarani bugun buzaman!

— Aqldan ozgan telba! Bu nima edi?!

Hae yo‘talgancha dorini chiqarishga harakat qildi, ammo endi juda kech edi. Organizmi bu tabletkani qabul qilishga ulgurgan edi.

— Bu narkotik, kapalagim...

Taehyung qiz sochlari bilan sokin o‘ynadi.

— Sen chindan telbasan!

Vishillagancha, Taehyungni o‘zidan itarishga harakat qildi Hae, ammo befoyda.

— Aslo yengilmayman. Senga o‘zimni topshirmayman. Bu axmoqona, qora dori meni nazorat qilolmaydi!

Taehyung lablariga iblisona kulgi tortdi.

— Nozik jussangda aylanayotgan narkotik o‘z ta’sirini boshlaganda... va tanang muhtojlik va ehtirosdan alangalanib ketganda, gaplashamiz. Va bu olovni men o‘chiraman. Senga tegishga haqli bo‘lgan yagona erkak — menman. Senga tekkan qo‘llarning yodi har soniyada o‘chishini ta’minlayman. O‘zga bag‘ridan taskin topganing xunini bugun to‘laysan, sevgilim!

Taehyung