ARXIDEYA
Pov_avtor: Sevgi va nafrat ôrtasida kichik parda bor xolos..
Baxt mendan yuz ógirgan kun ólib bolgandim men. Ornimdan qozgalishga ham kuchim yoq aslida. Daraxtlar oralab qayergadir ketyabman. Manzili nomalum bir joy. Orqamdan kelgan ovozdan gangib qoldim.
~Kechir meni Daeyon
~Sen..?
Ter oralagan yuzim bilan sapchib ornimdan turdim. Hansirab nafas olar ekanman bu tush ekanligini faxmlab shukr aytardim.
~Bu tush Daeyon ozingni bos.
Ornimdan qózgalishga urindim. Biroq bu imkonsizligini tushundim. Yana ósha lanati chaqiruv tugmasini bosdim.
5 daqiqadan song akam ichkariga kirib keldi.
~Daeyon uyģondingmi? Nimadir xoxlaysanmi?
~Sayr qilmoqchiman.
~Hozr ozm yordamlashaman shoshma.
Menga mehr berib kelayotgan yagona inson bu akam. Uning ham boshiga kopgina tashvishlar tushirdim. Nogiron singilni boqish zarilmi unga. Mening sólib borayotganim unga tasir qilayotganini sezyabman. Kechiring aka harakat qilishim uchun umid yoq.
Nihoyat zulmat qoplagan xonamdan tashqariga chiqdim. Akam hovli bóylab aravachani harakatlantirardi. Oradagi sukutni buzib:
~Shifokorlar umid bor deyishdi.
~....
Yurishdan toxtab akam men tomonga ogirilib qollarimdan ushlab:
~Deyon iltimos hayoting uchun kurash singlim meni qiynama. Kóz ongimda gunchadek soliyabsan.
~.......
Sukut bilan yaqin dostlarga aylandik desam adashmayman. Atrofimda sodir bolayotgan voqealarga etiborsizman. Nega? Meni bu darajada hayotdan sovutgan narsa nima yoki kim? Qanotlarimni sindirgan dunyomni ostin ustun qilgan yorim...
Qiz 3 qavatning tomida qóllarini qushdek keng qilib chuqur nafas oldi. Shamol uzun sochlarini hilpiratardi. Yuqoridan pastga qaradi.
~Ólim yechim emas
Orqadan kelgan ovozdan chóchib ketgan qiz ógirildi.
~Nima?
~Oz joningga qasd qilmoqchimisan? Nega odamlar noshukur. Ularga berilgan hayotdan nolishadi va darrov oz jonlariga qasd ailishadi. Biroq kurashish haqida hech oylashmaydi.
Qiz endi oģiz juftlab gapiraman deganda telefon ovozi jiringladi.
~Daeyon qayerdasan yana yóqolib qoldingmi? Mensiz hech qayerga chiqma degandimku!
~Hammasi joyida aka shunchaki toza havodan nafas olayotgandim hozir oldingizga boraman
~Yaxshi tezroq kel hamkorlar bilan shartnoma imzolab bolindi.
Telefon tindi. Qiz yuqoridan pastga tushdida ortiga ogirildi. Yigit hali ham unga qarab turgandi.
~Demak isming Daeyon
~Shunday senchi?
~Men...qiziqma afsuslanasan.
Daeyon yigitning ishchi kiyimidagi ismiga qaradida:
~Demak Taehyung?
~Sezgir ekansan
Daeyon indamay Taehyung oldidan otib ketayotgan payt
~Biz hali korishamiz Daeyon
~Men unday deb oylamayman
~Hey qizaloq ishonch bilan gapirma zero buni hayot deydilar.
Daeyon bir zum qarab turdida indamay ketib qoldi.
~Qayerda eding Daeyon
~Aka xavotir olmasangizchi mana keldimku
~Seni bir daqiqaga ham yolgiz qoldirib bolmaydi.
~Nega buncha asabiylashyabsiz?
~Shifokoring uyda sen biz esa hali ham mana bu tantiq qizning qiliqlariga chidab otiribmiz.
~Ólishimni aytdimi osha shifokor?
~Daeyon!
~Yaxshi ketdik.
**
~Jungkook òsimta Daeyonning miyyasida tobora kattalashib bormoqda..
~Bu bilan nima demoqchisiz. U óladi biz hech nima qila olmaymiz sen ham taqdirga tan ber demoqchimisiz?
~Biz qoldan kelgancha harakat qilamiz
~Agar unga nimadir bolsa hammangizni yoq qilaman tushunarlimi
~Bu irsiy..
~Bass! Bilaman bu oyimdan unga irsiy qolganini ham lekin men ikkinchi bor yaqinimni yoqotmoqchimasman.
Jungkook asabiy u-yoqdan bu yoqqa yurardi. 3 oydan beri Daeyon yurishni mashq qilardi. Biroq bundan biron natija chiqmadi.
~Daeyon nega..negaa! Jonsiz tanadek harakat qilyabsan. Nega meni oylamayabsan Jin ursin! Iltimos ozingga kel U uchun shu ahvolga tushganingni hammamiz bilamiz. Boshingdan kop ishlar otdi. Lekin bu toxtab qolish kerak degani emas. Ming lanat Taehyung nega uni oldirishimga yol qoymaysan? Hech bolmaganda oģir jazo bilan qamatib yuborardim. Lekin konmading. Shu darajada sevdingmi-?
Jungkook asabiy aravachada hech qanday reaksiyasiz turgan Daeyonga baqirardi.
~Gapirsangchi Jin ursin seni nega buncha qiynading meni? Jonimdan ham ortiq korgan singlim bu ahvolda yoki menda biron xusumating bormi ey hayot-?z
~U meni tashlab ketdi...
Nihoyat Daeyon tilga kirdi.
~Men..farzandimdan ayrildim. Aravachada mixlanib qoldim. Sevgan insonim kóz oldimda boshqasi bilan ketdi.
~Daeyon..
~Buni qanday oģirligini bilasizmi? Axir men uni sevgandim. Mening aybim nima aka? Nahotki baxt mendan yuz ogirgan bolsa. Unda shunchaki jonimni olaqolsin.
~Jim..gapirma! Boshqa ólim haqida oģiz ochma. Sen yashaysan va baxtli bolasan.
~Lekin nega yashashim kerak? Yóqotadigan narsam qoladi.
~Menchi?
~Aka..
~Lanati Taehyung seni tashlab suyuq oyoq xotini bilan har kuni men shartnoma imzolagan kompaniyaga kelib ketyabdi. Ular qanchalik baxtli bilasanmi?
~Bas qiling bass. U bunchalikga bormaydi.
~Boradi!! Bordi ham u seni unutdi. Buni tan olish vaqti keldi. Shuncha qilgan ishiga qaramay har kuni deraza yonida tashqariga termulib uni kelishini kutayotganingni bilmaydi deb oylaysanmi?
Daeyon kozlarini yumib yiģlab yubormaslik uchun lablarini tishlab oldi.
~Men dam olmoqchiman!
~Lekin..
~Iltimos
~Yaxshi
Akam bir amallab xonamga eltib qoydi. Gaplashmoqchi bolganida hozr dam olnoqchi ekanimni aytdim. Bechora rosa qiynalib ketdi. Lekin menchi?
Nihoyat xonada yolģiz qoldim. Doimgi ólik sukunat. Ushla turgan koz yoshlarim yuzimni yuvdi. Qalbim yonib ketyabdi. Suģurib oladigsn darajada. Nima dedi? Boshqa ayol bilan baxtli?
Qólim bilan yuzimni bekitib necha yillik alamlarimni chiqarib oldim. Toxtay desam kóz yoshlar quyulib kelardi.
FLASHBACK
Taehyung Daeyonning kozlarini yumib qayergafir olib borayotgandi.
~Yetib keldikmi?
~Yana biroz shoshmay tur.
~Boldimi?
~Ha mana yetib keldik.
~Kozlarimni ochsam boladimi
~Ha
Daeyon kozlarini ochganda jannatga tushib qoldimmi deb oylab qoldi.
~Axir bu..
~Ha bu ósha sen yoqtiradigan Arxideya gullari. Har xil navlaridan óstirdim. Ya..
~Yo Xudo axir bu "Oltin Kinabalu" ku? Uning narxi juda baland Taehyung..
~Bilaman lekin sen arziysan. Mening Arxideyam sensan Daeyon nahotki bir gulga arzimasang?
~Lekin..
~Hoy shoshma orqaga qara. Endi bu bizni yangi uyimiz. Shifokor seni koproq toza havoda sayr qilib dam olishingni aytdi.
~Bu uy biznikimi?
~Ha senga yoqdimi?
~Judayam aynan menga yoqqan dizayn
~Bilaman azizam
~Juda etiborlisiz janob Taehyung.
COMEBACK
Pov_Jungkook
Jungkook boshi oģrigani uchun dori qutichasini oldida bugun Daeyonga qattiq gapirganini sezdi. Dorisini ichib singlisining xonasiga kótarildi. Xonaga kirganda Daeyon uxlab yotardi. Jungkook sekin yoniga borib otirdida sochlaridan silay boshladi.
~Malikam mening sen albatta tuzalasan.
Endi ornidan turib ketishga tayyorgarlik koryotganda Daeyonning yonidan dori qutisi tushib ketdi.
~Bu nima? Jin ursin DAEYON..
Jungkook xavotir aralash yuz ifodasi bilan yiģlashdan beri keldida Daeyonni kotarib mashinasi tomon bordi. Ehtiyot bolib Daeyonni mashinaga joylashtirib tezlikni oshirdi.
~Iltimos Daeyon meni tashlab ketma otinaman. Nega joningga ozor berding
Jungkook mashina rulini qattiq urib mashinani yanada tez haydadi.
Pov_Taehyung
Taehyung mashini toxtatib shifoxona tomon yugurdi.
~Kechirasiz mening xotinim shu yerda ekan. Ismi Kim Emili
~Narigi palatada 203 xona
~Raxmat
Taehyung tezlik bilan yuqori qavatga chiqib ketdi.
~Emili
~Taehyung azizim
~Bu yerda nima qilyabsan? Bolaga nimadir boldimi?
~Yoq hammasi joyida shunchaki tekshirtirgani kelgandim.
~Nega bir oģiz aytmading menga nega bunaqa ózboshimchasan?
~Vay Taehyung hammasi joyida dedimku. Mana bu dorilarni olib kelish kerak.
~Sen shu yerda qol ozim olib kelaman
~Yaxshi.
Taehyung palatadan chiqib dorixonaga borish uchun tashqariga chiqdi. Shu payt 2 tanish chehrani korib joyida qotib qoldi.
Pov_Jungkook
Jungkook shifoxonaga yetib keldida Daeyonni kotarib kirish eshigida Taehyungni korib qoldi. Hozir u bilan janjallashish vaqti emasligini bilib yonidan otib ketayotgan payt.
~Shoshma Jungkook Daeyonga nima qildi.
~Undan qólingni tort iflos. Sen bilan pachakilashib otirishga vaqtim yoq. Qoch yolimdan.
Jungkook Taehyungga ola qarash qilib ichkariga kirib ketdi.
Nima bólayotganini miyyasida tahlil qilayotgan Taehyung
~Nimalar qilib qoyding Daeyon...
Jungkook u-yoqdan bu yoqqa tinmay yurar xayoliga kelayotgan qorqinchli fikrlarni miyyasidan óchirishga urinardi. Narigi tomonda unga qarab turgan Taehyungga qarab bostirib bordiyu musht tushurdi.
~Ming lanat senga iblis. Nega uni hayotiga kirib kelding. Uni ham yashashga haqqi bor jin urgur.
Taehyung oģzidagi qonini artib tashladi. Jungkook hali ham uni yoqasidan ushlab turgandi.
~Taehyung..
Jungkook va Taehyung osha tomonga qarashdi.
~Emili hammasi joyida ichkariga kir
~Iye qoyil xotiningni shu yergacha olib keldingmi?
Shifokorning ovozi barchani etiborini tortdi.
~Bemorning yaqinlari kim?
Ikki yigit baravariga "men" deb baqirishdi.
~Qizning oshqozonini tozaladik. Biroz kech qolganinigizda qutqarib qola olmasdik. Hozir hammasi yaxshi. Biroz dam olishi kerak.
~Raxmat doktor
~Doktor uni korsam boladimi?
~Taehyung xayolingga ham keltirma. Aks xolda seni oldiraman.
Narigi tomonda qizning ingrashi bariga nuqta qoydi.
~Emili yaxshimisan?
~Ha biroz..
~Jin ursin u sendan homiladormi? Ikkingiz ham kozimdan yoqoling aks holda bolangga qaramay yóq qilaman Taehyung!