Forbidden love 🥀
Episode 4✨
Episode 4✨
Tong nurlari oynadan tushayotgandi. Taehyung ohista cho‘zilib, ko‘zlarini ochdi. Yostiq yonida Jungkookning yuzini ko‘rdi u taega tikilib yotar labida yengil tabassum bilan.
Bir zumda yuragi qinidan chiqib ketgudek bo‘ldi. Bu tush emas edi. Bu haqiqat edi.
Tae: “Demak... biz qaytdik. Yangi hayot... ammo sevgi o‘sha-o‘sha.”
U asta o‘rnidan turdi, xonaga qaradi. Bu zamonaviy uy — baland derazalar, oq devorlar, san’at asarlari. Ammo qalbida — saroyning sovuq devorlari, yashinli tunlar, va Jiminning yegudek nigohi hanuz yangrayotgandi.
JK: “Seni orzu qilganimga ming yillar bo‘ldi, Tae.”
*Tae jilmayib, jkni qo‘lini ushladi*
Tae: “Endi esa bizda vaqt bor. Hech kim ajrata olmaydi.”
Bir galereya ochilishida Taekook ishtirok etishdi. Taehyung rassom sifatida yangi ko‘rgazmasini ochayotgan edi. Uning asarlarida tarix, og‘riq, va muhabbat mujassam edi.
Bitta rasm barchani lol qoldirdi “Yomg‘ir ostidagi Qasam”. Unda ikki yigit yomg‘irda quchoqlashib turgan, orqada qilich va saroy devorlari. Tomoshabinlar suratga tikildi, lekin ular bu asar hikoyasini bilmasdi.
Odamlar orasidan ajralib chiqqan qop-qora ko‘zoynakli, qora kostyum kiygan yigit rasmga yaqinlashdi. U asta kuldi. So‘ng rasmga tagiga kichik yozuv qoldirdi:
“Ba’zi sevgilar unutilmaydi, hatto vaqtni kesib o‘tsa ham.”
— J
*Jungkook o‘sha yozuvni ko‘rib, yurak urishi tezlashib ketdi. U Taehyungga qaradi*
JK: “U qaytdi.”
Shu onda, galereya tashqarisida qora mashina harakatga keldi. Ichida Jimin. Uning yonida esa, Yoongi... Undi ular ham juftlik💗
Qadimiy saroy. Taekook g‘oyib bo‘lganidan keyin...
Shabnamli tong. Saroy jimjit. Qilichlar sadosi o‘chgan, yuraklarning bongi esa devorlar orasida aks-sado berar edi.
Jimin uzoq qarshiliklardan keyin taxtga o‘tirgan edi. Lekin bu g‘alaba unga quvonch emas, faqat og‘irlik olib kelgandi. Taekook g‘oyib bo‘lgan — hech kim ular qayerda ekanini bilmas edi. Shubhalar, afsonalar, g‘iybatlar...
Jimin har kecha saroy bog‘ida yolg‘iz yurar, yodida uning ushalmagan muhabbatinig kulgisi, sukunatdagi so‘zsiz sevgi.
Ammo uning qalbida ham bir sir bor edi. Bosh soqchi Yoongi. Har doim jim, ammo ko‘zi hammasini aytar. Ularning ko‘zlari har gal to‘qnash kelganda, vaqt to‘xtardi.
Bir kuni, yomg‘irli kechada, Jimin o‘zining shaxsiy yozuv daftarchasiga shunday so‘zlarni yozdi:
“Men endi yashirin sevmayman. Taehyung mening yuragimdagi qo‘rquvni sindirdi. Agar bu taxt uchun jinoyat bo‘lsa... bo‘lsin. Men ham sevaman.”
Oradan kunlar o‘tdi. Saroyda yangi farmon e’lon qilindi.
“Endilikda saroyda xech qanday sevgiga taqiq yo‘q. Asl yuraklar jazolanmaydi.”
Bu farmonni Jimin shaxsan imzoladi. Zallar jim bo‘ldi. Ko‘pchilik buni aqldan ozish deb bildi. Ammo Yoongi jim jilmaydi.
Kecha qorong‘isida, ular birinchi marta ochiqcha saroy bog‘ida yurish qildi. Qadamlar ohangida yurak urushi eshitilardi.
Jimin asta to‘xtadi, yuzini osmonga qaratdi:
Jimin: “Men ular kabi jasur bo‘lishni o‘rganayotgan bo‘lsam kerak, Yoongi.”
Yoongi asta yaqin keldi, shivirladi:
Yoongi: “Yoki sen ham taqdiringni tanlagandirsan, Jimin.”
O‘sha kecha birinchi marta Jimin unga qo‘l uzatdi.
Saroy devorlari ko‘p narsa ko‘rgan, ammo bu sevgi — yangilik edi. Bu, Taekook boshlab bergan yo‘lning davomi...
Saroydagi tunlar oldingidek emasdi. Qorong‘ilik tinch edi, lekin u tinchlikda to‘lib-toshgan sog‘inch, sirlar va aytilmagan so‘zlar yashirin edi.
Jimin taxt oldida turgan holda, devordagi qadimiy gilamga tikilib qoldi. Unda qirollarning jasorati tasvirlangan, lekin sevgi — birorta betda yo‘q.
Jimin:Nega yurak har doim dushman sanaladi?..
Yoongi orqasidan yaqinlashdi, jim. Har safar shunday gaplardan ko‘ra ko‘proq sukunat bilan yuraklarini tushunar edi ular.
Jimin: Bugun ham bog‘da uchrashamizmi?
Yoongi:Agar istasangiz. men sizni kutaman.
Yomg‘ir yog‘moqda. Daraxtlar orasidan yo‘llar loyqa, ammo yuraklar aniq. Jimin va Yoongi bir-biriga qarab turgan, ammo hali yaqinlashmagan.
Jimin: Men har kuni o‘zimni ayblayman. Ular ketdi, lekin men qolib, sen bilan sevgini tanladim.
Yoongi:Ular sevgan... va ketgan. Sen sevasan — va qolgansan. Bu kuch emasmi?
*Jimin ko‘zlariga yosh to‘lib jilmaydi.*
Jimin: Ammo bu sado qanday yangraydi, bilmayman...
*Yoongi asta uning yuziga qo‘l tekkizadi.*
O‘sha kecha ilk marta ularning lablari birlashdi. Saroy devorlari guvoh, yulduzlar esa sukutda qo‘shiq aytardi.
Saroyda yangi buyruq chiqdi. Endi sevgi uchun jazolash yo‘q. Ularni hukm qilganlar jim.
Balki kimdir norozidir, ammo birinchi marta saroyda yurak erkin urmoqda...
•
•
•
•
Paaq 4-qism tugadi keyingi qism 80+ reak kopgina koment dan keyin💆🏻♀💗