Soʻngi sayohat 🪄 (Zombi apakalipsis🧟♀)
So‘nggi kurs o‘quvchilari uchun bu sayohat bitiruvdan kunidan oldingi oxirgi imkon edi tabiat bilan tanishish, bir necha kunlik dam olish. Ammo avtobus yengil harakatlanar ekan, hech kim ushbu safar so‘nggi xavfsiz joyga olib borayotganini bilmasdi.
Avtobus orqasida Taehyung derazadan tashqariga termulgancha jim edi. Yonida Jungkook. Har doimgidek jimgina, ammo har safar Taehyung qarab turgan payt yuziga issiq qizillik yugurar , boshini kitobga suqib oqib oʻtirardi. Ular sinfdosh, har kuni ko‘rishadi, lekin yurakdagi ozgacha tuyulgan tuyg‘ular haqida hech kim soʻz boshlamagan. Jungkook — kuchli, jismoniy faol, ammo yuragida eng zaif sirlar yashiringan bola edi.
Old tomonda Namjoon o‘zining kichik daftarchasiga nimanidir yozar, Jin esa oynachasiga qarab goʻzal yuzidan baxramand boʻlardi.
Jin: juda kelishgan... (Oziga etvotti.)
Namjoon jilmaydi , u ham bu gapga qoʻshiladi qalbidagi tuygʻusini hali oshkor etib ulgurgani yo'q xalos
Orqada, so‘nggi o‘rindiqda, Jimin telefonida musiqa tinglar, boshi orqaga tashlangancha ko‘zlarini yumgan edi. Uning yonida Yoongi Jiminni har gal kuzatib turardi.
Jimin: Nega qarayapsan? dedi ko‘zini ochmasdan.
Yoongi: chunki shuni xohlayapman
Jimin indamadi. Ammo yuragi allaqachon tez ura boshlagandi.
*Time skip*
Avtobus sekinlashdi. Qisqa tormoz va keyin — to‘xtash.
Haydovchi orqaga qaradi. Ko‘zlarida xavotir :
Bolalar... blok post bor. Ammo... bu yerda nimadir noto‘g‘ri.
Shu zahoti, bir askar Jin yaqinidagi derazaga urildi. Uning yuzi qon bilan belangan, og‘zi ochiq, koʻzlari hayot emas edi
Taehyung avtomatik Jungkookni ortiga tortdi:
Ortimda boʻl
Jungkook hop deganday bosh chayqadi, qoʻllari titramoqda...
Zombi apakalipsis. Real. Hayotda.
*Va endi ular uchun bu sayohat tirik qolish kurashi edi. Yurakdagi his-tuyg‘ular esa, xavf bilan yuzma-yuz bo‘lgan paytda asta-sekin yuzaga chiqa boshlaydi...*