Forbidden love 🥀
1830-yil, kechki payt. Qirollik bog‘i...
Taekook hali hanuz qari tol soyasida, barmoqlari bir-biriga ilashgancha osmondagi yulduzlarga tikilib yotardi. Lekin yuraklaridagi sokinlik ortida — xavf bor edi. Chunki sevgining soyasida har doim kuzatuvchi ko‘zlar, yovuz niyatlar yashiringan bo‘ladi.
Taehyung ohangdor ovozda so‘z boshladi: Tae: “Ba’zan orzularni yurak saqlay olmaydi, Jungkook. Ular ko‘z orqali toshib chiqadi... Sening ko‘zlaringdagi sog‘inchni har safar sezaman.”
Jungkook esa uning yuziga muloyimlik bilan qaradi, sochini asta siladi. JK: “Men sening ko‘zlaringda yashaganman, Taehyung. O‘tmishda ham, hozirda ham... Men endi ketolmayman.”
Ammo bu osoyishta lahzani baland tovush buzdi. Uzoqda, saroy minorasidan qong‘iroq jiringladi — bu odatda “favqulodda yig‘ilish” belgisi edi.
Shahzoda Jimin nihoyat o‘zining ichki bo‘roniga chiday olmadi. U butun kechani Yoongi bilan kuzatishda o‘tkazdi. Ammo hozir — u harakat qilmoqchi edi.
Jimin: “Yoongi... meni kechir. Ammo men bu yigitni yo‘q qilmasam, qalbim tinchimaydi.” Yoongi: “Iltimos... sevgi nafrat bilan emas, jasorat bilan isbotlanadi. Uni yo‘q qilish sizni erkin qilmaydi.”
Ammo Jimin allaqachon qaror chiqargan edi.
Saroyning maxfiy maslahatchilar zalida...
Qirolning katta maslahatchisi bayon qildi: “Janobi oliylari! Osmon jismi tushganidan so‘ng, qirollik tevaragida begona kiyimli yigit ko‘ringani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Uni tutish lozim!”
Qirol boshini qimirlatdi: “Agar bu odam sehr orqali kirgan bo‘lsa — u butun Qirollikni xavf ostiga qo‘yadi. Uni toping!”
Bu orada Taekook orqaga, bog‘ning ichkarisiga qaytmoqda edi. Jungkook dushman nafasini his qilayotgandek edi.
JK: “Bizni kimdir kuzatmoqda, Taehyung. Men buni yuragim bilan sezyapman.”
Taehyung to‘xtadi, so‘ng asta boshini burdi.
Tae: “Saroy... seni qabul qilmaydi, Jungkook. U yerda qalbingni emas, nasabingni so‘rashadi. U yerda sevgi – jinoyat.”
Jungkook uning qo‘lini mahkam ushlab oldi. JK: “Men bu sevgi uchun kurashaman. Men o‘tmishni o‘zgartirish uchun keldim. Agar zarur bo‘lsa... butun dunyo bilan kurashaman.”
Qirollik harbiylari butun bog‘ni tekshira boshladi. Jungkook va Taehyung yashirinib qolishga majbur edi. Ular sirli yo‘l orqali saroy tashqarisidagi g‘or tomon yurdi — bu g‘or qadimdan “Sehrli oynalar g‘ori” nomi bilan tanilgan edi.
Bu yerda, rivoyatlarga ko‘ra, vaqt bilan bog‘liq kuch yashiringan, xotiralar va taqdirlar aks etuvchi ko‘zgular mavjud edi.
Taehyung bir oynaga qaradi — u yerda ular birga gul ekayotgan, kulayotgan, so‘nggi marta xayrlashayotgan edi. Xuddi xotira filmi kabi.
Jungkook esa boshqa bir oynaga qaradi — u yerda Taehyung qatl maydonida edi... va Jungkook esa tomoshabinlar orasida yig‘layotgan, ammo harakatsiz. Bu ko‘z yoshi ko‘zgusi edi.
JK: “Bu haqiqatmi? Men seni himoya qila olmadimmi?”
Tae: “Sen qo‘rqqanding, lekin yuraging meni sotmadi. Endi bizda yana imkon bor. Bu safar... men ham kurashaman.”
Jimin Yoongiga qaradi.
Jimin: “Uni toping. Uni menga olib keling. Agar rad etsa... saroy qonunini o‘zi tanlaydi.”
Yoongi bu buyruqni olishdan oldin ko‘zini yumdi. Yuragida og‘irlik — u bu jangda kim tomonida bo‘lishini bilmas edi.
Taekook g‘or tashqarisida, tog‘ etagida panoh topgan.
JK: “Sen sevish oʻlimga yetaklasa ham, sevishga arziysan.”
Tae: “Men seni o‘zim bilan olib ketishni istayman. Nafaqat o‘tmishda, balki kelajakda ham.”
Jungkook unga ohista yaqinlashdi. Ularning peshonalari tegdi. Shunda... uzoqdan qilich taqqillashi, ot shovqini eshitildi.
Ular qochishlari kerak edi... yoki kurashishlari?
Tun. Tog‘ etagida. Yomg‘ir tagida...
Jungkook va Taehyung bir-biriga suyangancha g‘orning og‘zidan yurib chiqmoqchi edi. Ammo uzoqdan ot shovqinlari, qilich qinining taqqillashi yaqinlashardi. Jungkook tizzasini bukdi, pichirladi:
JK: “Agar bugun bizni tutib olishsa, men seni himoya qilaman. Bu mening so‘nggi qasamim bo‘lsa ham.”
Tae: “Yo‘q... bu boshlanish bo‘ladi. Men endi qochmayman. Men sen bilan turaman. Bu saroy, bu taqdir , bizni parchalamoqchi bo‘lsa ham, biz bir butun boʻlib qolamiz″
Shu onda, yo‘lni to‘sib, qirollik qo‘riqchilari ko‘rinish berdi. Ularning oldida Yoongi yurardi. U qilichini yelkasiga osgancha yurib keldi. Uning ko‘zida og‘riq va qaror bor edi.
Taehyung oldinga chiqdi, qo‘lini ko‘tardi:
Tae: “Yoongi... men uni sevaman. Bu sevgim jinoyat bo‘lsa, unda meni ham jinoyatchi deb hukm qiling.”
Yoongi bir zum to‘xtadi. So‘ng asta javob berdi:
Yoongi: “Men bu dunyoda ko‘p hukmlar ko‘rdim. Ammo hech biri yurakdan ustun emas. Shahzoda Jiminning buyrug‘ini bajarmasligim... sadoqatimni emas, odamligimni ko‘rsatadi.”
Shunda orqadan yana bir ovoz eshitildi.
U qop-qora libosda, yomg‘irda ho‘l bo‘lib kelardi. Uning ko‘zlari Taekookga to‘g‘ri tikilgan.
Jimin: “Men seni sevganman, Taehyung. Balki sevgim yovuzlikka aylandi, lekin sen meni rad etganingda yuragim parchalanib ketib boʻlgan.”
Taehyung yurib unga yaqinlashdi, ammo masofani saqlab turdi.
Tae: “Sen meni sevganingni bilaman. Ammo haqiqiy sevgi — ozodlik beradi. Qamal emas.”
Jimin bir zum jim bo‘ldi. So‘ng Jungkookga qaradi:
Jimin: “Sening ko‘zlaringda... u quvonch topgan. Men esa faqat yo‘qotish topdim.”
Birdan — osmonda yashin chaqnadi. Ko‘zgular g‘ori ortidan nur yugurdi. Va sirli kuch uyg‘ondi. Bu “Qismat eshigi” edi.
Yoongi hayqirdi: “Bu sehrli oynalarning qutqaruv kuchi! Ular yurakdagi eng pok tilakni eshitgan!”
Ko‘zlarida yosh bilan, Taekook bir-birining qo‘lidan tutib, yugurib, nurning ichiga kirishdi.
Ularning atrofida vaqt muzlay boshladi. Hamma tovush so‘ndi. Ularning yurak urishlaridan boshqa hech narsa eshitilmasdi.
Va birdan — yorug‘lik so‘nib, hammasi qorong‘ilikka cho‘mdi.
Jungkook uyg‘onib ketdi. Yuragi tez ura boshladi. U boshi tagidagi kitobni ko‘tarib qaradi: “Choson Saroyidagi Sevgi” — qadimiy qissa
Lekin yonida, u hali hushida bo‘lmasa-da, Taehyung yotardi bugungi zamonda, bugungi libosda.
Ular qaytib kelgan edi. Ammo... bu o‘tmish emasdi. Bu — yangi imkoniyat edi.
Jungkook ohista pichirladi:
JK: “Seni topdim. Qaytadan... va abadiy.”
Taehyung sekin ko‘zlarini ochdi...
50+ reak 15+ koment shundayam kam soradm
Avtor: #sojin 🦦