June 30

Step brother 🐾 Ep:2

Taehyung uyiga keldi va tezda hech kim bilmasligi uchun xonasiga kirib oldi. Telefonini quvvatlagichga qóydi. Va bólgan voqealarni óylay boshladi. U o'sha qólida tattoo si bor baland bóyli yigit haqida ko'p ôyladi.

Thv: oldin uni qayerdadir ko'rganman...
Taehyung óylab turganida Jisoodan xabar keldi.

Taehyung hayron qoldi
Thv : nima qildim?
Jisoo: kecha... Xabaring yóqmi...
Thv: eslolmayapman kecha kop ichdim.... Nima bóldi.
Jisoo: kecha jinniliklar qilgansan. Instagram akauntingni shaxsiy qilib qo'yding... Ózingning rasmlaringni óchirib tashlabsan. Hammadan obunani olgansan faqat bitta kishiga obuna bólgansan kimligini kórolmadim. Nega bunday qilding? Keyin istoriyangda endi men tegishliman deb yozilgan yozuv qóygansan.... Nega bunaqa qilding. Yoki kimdir bilan uchrashyapsanmi..
Thv: ... Nimalar deyapsan men qachon unday qildim ...

Jungkook. Taehyungning telefoniga butunlay ulangan edi. U xabarlarni óqib rohatlanardi. Tabassum qildi. Jungkook Taehyungning javobini kutardi...

Taehyung buni Jungkook qilganini angladi. Lekin jisooga hech narsani aytmadi. Va gapni boshqa joyga burdi
Thv: ertaga qayergadir yig'ilamizmi
Jisoo: ha Jimining uyida yig'ilishimiz kerak.
Jungkook gapning bunday keskin burilishini kutmagan edi.

Suga : nima qilyapsan.... Nima uni kuzatyapsanmi?
Jk: shunchaki o'zimning hayotim zerikarli bo'lyapdi.. Uning hayoti qiziqarli ko'rindi
Suga: haa qachon uyinga kóchib o'tasan mehmonxonada qolish.. Bu axmoqlik axir shinam va katta uying bor.
Jk: u yer men uchun qulay emas.
Suga : sen uchun qulay joyni ózi yóq.
Jk: ha shunaqaroq. Menga boshqa mehmonxona topib ber kollejimizga yaqin bo'lsin.
Suga: uning yaqinida yaxshi mehmonxona bormi ózi?
Jk: qidirib kór.
Suga : jin ursin seni talablaringni bajarish jonimga tegdi yetmaganiga yosh boladek qaysarsan
Jk: iltifot uchun rahmat
Suga: .... Axmoq.

Biroz vaqt oʻtib Jungkook otasi Jeon Jehun qoʻng'iroq qildi
J. J: hoy senga kecha nechi marotaba telefon qilganimi bilasanmi?
Jk: xoʻp shunga nima qilibdi?
J. J: narsalaringni olda tezda uyga kel.
Jk: uyga? U sizning uyingiz... Borishni xoxlamayman
J. J: nega bunchalik qaysarlik qilasaan men senga kel deb aytdim. Oilaviy masala bor.

Jungkook telfoni o'chirib qo'ydi
Suga: nima otang ham kel dedimi
Jk: ha nega hamma narsa meni o'sha uyga tortadi
Suga : balki omading baxting osha yerdadir
Jk: menga serialdagi soʻzlarni aytishni bas qil
Suga : ... Bu kitobdan edi...
Jk: sen kitob o'qishing haqida shu paytgacha bilmagan ekanman
Suga: masxara qilishni bas qil. Aytgancha kollejimizga yangi oʻquvchilar kelishidan xabaring bormi?
Jk: rostanmi. Koʻngil xushlik qilmaymizmi
Suga: albatta qilamiz.
Jungkook va Suga boshqalar oldida jiddiy ammo yolg'iz qolishsa xazllar qilib gaplashishardi. Va ular doim yangi kelganlarni martabasiga qarab kamsitishgan

Bu paytda Taehyung ning onasi. Taehyungning xonasi eshigini taqilatdi.
Mira: oʻrningdan turdingmi
Hardoim yo'g'on ovozda oʻrningdan tur deydigan odam birdan yumshoq va samimiy muommila qilganiga Taehyung ajablandi.
Thv: ha sizga nimadir bo'ldimi?
Mira: yoʻq nega soʻrayapsan..
Thv : bu samimiylik ... Nimadan?
Mira: haligi ... Mira yerga qaradi va biroz sukut saqladi . Taehyung buni payqadi.
Thv: xoʻsh men sizni eshitaman
Mira: men... Men
Thv: nima siz,
Mira : men rozi boʻldim
Thv: rozi boʻldim deganingiz nimasi?
Mira: boshlig'imni taniysan ha?
Thv: ha taniyman
Mira: osha bilan oila qurishga rozi boʻldim .
Taehyung onasiga hayron boʻlib jim qolgan holatda qarab turdi

Mira: agar xoxlamasang men buni bekor qilaman ha men shunday qilaman. Sendan so'roqsiz rozi bo'lmasligim kerak edi axmoq va yomon onaman . Mira shoshilib gapirardi
Thv: tinchlaning. Men hafa emasman agar siz oʻsha odamni oʻzingizga munosib koʻrsangiz va baxtli bo'lsangiz. Men buni toʻg'ri qabul qilaman. Faqat baxtli boʻlishga va'da bering
Mira: u yaxshi insonn. Oʻylaymanki biz baxtli boʻlamiz. Sen nufuzli universitetda oʻqiysan. Va biz hech qachon qiynalmaymiz.

Thv: men faqat baxtli bo'lishingizni hohlayman. Siz bunga munosibsiz.
Shu payt Miraga telefon bo'ldi yuklaringizni yig'avering sizlar uchun xona tayyorlab qoʻyildi deb yoshi kattaroq odam gapirdi
Mira: aha men tushindim
Thv: kim ekan.
Mira: xoʻsh bo'lajak otangning yordamchilaridan biri. Hozir kerakli narsalaringni ol. Keyinchalik qolganlarini ham olamiz.

Mira xonadan chiqib ketdi.
Taehyung bu holatdan xursand bo'lishni ham xafa bo'lishni ham bilmasdi. U telefonini oldida Jiminga xabar yubordi.

Ularni Jungkook óqidi.
Jk: Yoongi meni ishim chiqib qoldi ketishim kerak
Sg: qanaqa ish. Bugun bekorchiman degan edingku.
Jk: otam chaqirgan edi borishim kerak.
Sg: qayerdan quyosh chiqdi ?
Jk: mayli men ketdim.
Aslida Jungkook Taehyungning uning otasini mahalasiga ko'chib o'tayotgani uchun. Uni uchratib qolishim mumkin degan maqsada bormoqchi edi. Afsuski Jungkook keyingi bo'ladigan ishlardan xabari yóq xursand holda mashinaga ótirib ketardi.