Wingless bird (qanotsiz qush) Episode-25
Taehyung va Jungkook baxtli edi.Lekin Taehyung bu azobga boshqa chiday olmasdi. U har kuni axvoli og'irlashsa ham Jungkookga bildirmaslika harakat qilardi ammo u charchadi va axiyri kurasha olmay yiqildi.
Jungkook u uchun oshxonada nonushta tayyorlayotgan edi. Birdaniga ovoz eshitib Jungkook tashvishlandi
Jk: Tae yiqilib tushdingmi. U oshxonadan turib baqirardi ammo hech qanday ovoz kelmasdi.
Jk: Tae senga gapiryapman. Azizam . Tae . U ovoz kelmagani sababli zina tomonga bordi
Jk: Tae ehtiyot bôlmaysanm~~.U gapini tugatmasidan yerda hushsiz yotgan Taehyungni kórdi kózlari kattalashib yuragi tez ura boshladi . Jungkook shockda edi
Taehyung kózini ochdi va yonida Jungkook uni qóliga kótarayotganini kórdi. Taehyung vaziyatdan chiqish uchun rolga kirdi
Tae: hoy men hazilashdim
Jk: nima
Tae: men hazildan shunday yotib oldim. Sizning emotsiyangizni kórmoqchi edim
Jk: voyy axmoq qanchalar xavotir olganimni bilasanmi ólib qolay dedim.
Tae: agar rostdan ólganimda nima qilardingiz
Jk: hech ikkilanmay ózimni óldirardim
Bu javobdan sóng Taehyung aytmaslika yanada qaror qildi.
Jk: yuraqol nonushta tayyor. Agar yana qaytib shunday qilsang seni ózim óldiraman .
Oradan ikki kun ôtib Taehyung holsizlanib qoldi
Tae: Jungkook
Jk: haaa nimadir bóldimi
Tae: boshqalar qanday baxtlimi
Jk: xaaa bogum va uning oilasi tinch. Felix oying va Hyunjin ham baxtli ular katta restarantni yuritishyapdi. Minji va Sulli yaqin shunday ekan hamma baxtli
Tae: sizchi?
Jk: men ham juda baxtliman. Ózingchi?
Tae: sizning baxtingizni kórib men ham baxtiyorman. Taehyung biroz chuqur nafas oldi va kózini yumdi.
Tae: ozgina uxlasam bari ôtib ketadi. Ozgina.
Taehyung juda kóp uxlayotgani uchun Jungkook undan xavotir oldi va Taehyunga aytmay shifokorni chaqirdi.
Xonaga shifokor kirganida Taehyung biroz g'alati bóldi
Tae: Jungkook nega shifokor chaqirding
Jk: tinchlan u shunchaki sog'lig'ingni tekshiradi. Shu kunlarda holsizsan. Jungkook Taehyungning sochlarini silab qóydi.
Tae: istamayman.
Jk: nima? Nega?
Tae: shunchaki boshqa payt hozir emas
Shifokor Taehyunga yaxshilab qaradi
Shifokor: siz Kim Taehyung edingiz shekili. doktor Min ning bemori
Jk: nima?
Tae: ha shunday endi keting
Shifokor: u sizdan xavotir olyapdi anchadan buyon shifoxona bormadingiz
Jk: tushinmayapman.
Tae: Jungkook ózim keyin tushintiraman
Jk: yóq Taehyung hozir .
Taehyung hammasini aytib berdi. Jungkook juda kuchli edi ammo yig'lab yubordi. U qóli bilan Taehyungning yuzidan ushladi
Jk: nega menga aytmading? Og'riqlarga chidab yuribsanmi? Hoziroq shifoxona boramiz.
Ular shifoxonaga kirishganida. Taehyung yana xavotirlana boshladi
Shifokorlar Taehyungni tekshira boshlashdi
Min: afsuski bu kasalik ancha yil oldindan boshlangan edi. Miyyada ósimta kattalashgan olib tashlab bólmaydi. Uning umri qisqa faqat mójizagina uni saqlab qoladi
Jk: mójiza? Biz ertakda emasmiz. Qólingizdan nima kelsa qiling
Min: biz allaqachon qilib bóldik. Hozir og'riq qoldiruvchi dorilar yozib beraman ammo bular vaqtinchalik. Yana bemorga kóp siqilish mumkin emas balkim u yashab qolar balkim esa yóq.
Jungkookning jaxli chiqardi hech narsa qilolmayotganidan , oldindan bu haqida bilmagani uchun u faqat ózini aybladi.
Oradan biroz vaqt ótdi. Kuzning oxirlari barglar tókilyapdi. Taehyung yotgan joyidan deraza tomonga qaradi va bir daraxtni kórdi
Tae: Jungkook
Jk: haa nimadir bóldimi yaxshimisan. Nimadir xoxlaysanmi.
Tae: manashu daraxt barglarining hammasi tókilganida men ólaman
Jk: hoy aqldan ozyapsanmi sen ólmaysan.
Taehyung daraxtdan kózini uzmasdi
Jungkook Taehyungning siqilganini kórdi va gap boshladi
Jk: yur birinchi marta borgan joyimizga boramiz. Ramyon yeb olamiz
Tae: yomg'irdami
Jk: haaa men yomg'irni yoqtiraman
Tae: yaxsh hozir.
Ular mashinaga ótirishdi va yól bôyi suhbatlashib ketishdi.
Ammo yomg'ir tufayli yólda tirbandlik hosil bólgan edi.
Jk: axxx shibal buni yoqtirmayman.
Taehyung burnidan qon kelayotganini sezdi
Tae: men shu yaqin oradagi hojatxonaga boraman. Tirbandlik hali tugamaydiganga óxshaydi.
Jk: xóp ehtiyot ból.
Taehyung mashinadan tushib yugurib ketdi.
Birozdan sóng Jungkookning kózi Taehyungning órindig'idagi birozgina oqan qonga tushdi. Va mashinadan otilib chiqib Taehyung tomon yugurdi.
Jungkook Taehyungning axvoli og'irligini kórdi va uni qólida kôtarib oldi.
Jk: Tae biroz chida hozir shifoxonaga boramiz
Tae: yóq Jungkook bóldi bas qil. Borishni xoxlamayman. Oxiri qanday tugashini bilaman. Shifoxonaga borsam battaroq bóladi. Iltimos.
Jungkook Taehyungning yuziga qarab turdi.Jungkook nimadir qilolmasligidan afsuslandi. Mashinaga chiqanida Taehyung hali ham quchog'ida edi.
Tae: hoy bu xafvli va qoidalarga tôg'ri kelmaydi. Sen mashinani qanday haydaysan
Jk: menga suyan. Qancha jarima bólsa ham tôlayman. Mendan uzoqlashma.
Taehyung boshini Jungkookning kókragiga qóydi.
Uyga yetib borgach Jungkook Taehyunga dorilarini berdi.
Taehyung ular axvolini ôzgartirmasligini bilardi ammo Jungkook uchun bularni ichdi.
Taehyung televizorni yoqanida.
Moychechaklarni kôrdi.
Tae: ohhh ular juda chiroyli
Jk: haa ular senga yoqadi shundaymi
Tae: juda ham
Ertasi kuni ertalab Jungkook dôkondan shkoladli qulupnay va 1 dona moychechak oldi
Chunki bu Taehyungning sevimli narsalari. Taehyung hali ham derazadan ósha daraxtga qarardi. Va daraxt barglari sekin asta yerga tushardi.
Jk: taqq taq men keldim.
Tae: oo bu....
Jk: sen yoqtirgan moychechak.
Tae: axaxax u juda kichkina ekan
Jk: unda uni kattaroq qilasan.
Tae: bunga uncha vaqt ketadi
Jk: bizda vaqt kóp.
Tae: haa ammo~~~
Taehyung gapini tugatmasdan Jungkook gap boshladi
Jk: qara senga yana nima oldim. Bu kayfiyatingni kôtaradi.
Tae: ooo haa albatta janob Jungkook Jeon mening kayfiyatimni kôtarmoqda.
Vaqt ôtdi har tongda jk moychechak olib kelardi. Ammo bugun bitta olib kelsa ertasiga ikkita undan keyin uchta shunaqa olib kelardi. Va Taehyungning guldoni tólib qolay degandi ammo nafas olishga qiynalardi
Shifokorlar oxirgi marta uni tekshirishganda nafas olish uchun moslama taqishini aytishgandi
Bugun 25 kun
Jungkook 25 ta moychechak sanadi.
Jk: huh bular juda kóp ôylaymanki Taehyung juda xursand bóladi. U sekin asta tuzalyapdi. Jungkook uyi tomon yaqinlashganda.
Qóshnisi ósha daraxtni kesayotgandi
Jk: nega kesyapsiz. James
Uning qôshnisini ismi James edi. U biritaniyalik. Koreaga kóchib kelgan
James: ahh qachondan beri kesmoqchi edim. Bu daraxt sónib qolgan. Lekin bu menga qadrli daraxt bôlgani uchun sôngi bargi tókilishini kutdim. Bugun tongda sóngi bargi tókilibdi.
Jk: sóngi barg? Boshida Jungkook hayron qoldi lekin keyin u Taehyungning gaplarini óylab uyi tomon yugurdi.
Jk: Taehyung., Taehyung men keldim. u yotoqxona tomonga yugurdi.
Taehyungning kózi yumuq butun tanasi sovub bólgandi.
Taehyung ólgani haqida yaqinlari xabar topishdi.
Felix yig'lab yubordi. Hyunjin uni yupatish uchun quchoqladi
Felix: oyim oyim bu haqida bilmasin aks holda undan ham ayrilaman. U buni kôtarolmaydi.
Hyunjin: xóp unga bu haqida aytmaymiz.
Onasi restarantda ishlayotganda biroz yuragi sanchib ôtirdi
Felix: sizga nima bôldi onajon
Heesun: kecha tunda tushimda Taehyung ni kórgan edin axvoli yaxshimi anchadan buyon gaplashmadim
Felix gapirolmay qoldi
Hyunjin: haa u Jungkook bilan baxtli siz restarantda qoling biz ularni kôrib kelamiz.
Heesun: yaxshi borgach telefon qilinglar.
Dafn marosimi. Jungkook juda qattiq yig'lardi va qabrni quchoqlab olgan edi.
Jk: n-nega uni kómdingiz. Axir u hazilashyapdi. U ólmagan u m-men bilan doim hazilashadi. U ózini shunday holga solib oladi b- birozdan sông turadi. Jungkook yig'lardi va duduqlanib gapirardi
Bogum: Jungkook ózingni qólga ol u endi yóq
Jk: jim ból! Tae ayt ularga menga ishonishmayapdi. Hazilashyapman deb ayt.
S-sen hazilashyapsan shundaymi? Men senga moychechak keltirdim ularni yoqtirasanku shunday haa.
Hamma Jungkook ni bu holatini kôrib chidab turolmasdi. Oradan ancha yil ancha vaqt ôtdi. Jungkook harkuni uyiga moychechak olib kelib ekardi. Va uning uyi moychechakdan tólgan edi
Yillar davomida Jungkook faqat bir azob bilan yashadi va har kuni Taehyungni asrab qolmagani uchun ózini ayblab keldi. Axiyri bir kun u moychechaklar ichida ôtirdi va biroz kóz oldi xiralashdi. Va kóziga Taehyung kórindi
Qólida moychechaklar bilan Jungkookga yaqinlashdi.
Tae: hoy bu senga sovg'am. Ular juda chiroyli shundaymi
Jk: sen sen ólmagansan haqiqiy Tae misan?
Tae: yóq men ólmadim. Buni senga kim aytdi.
Jk: unda qayerda eding
Taehyung qólini Jungkookning chap kókragiga qóydi.
Tae: mana bu yerda sening qalbingda. Taehyung tabassum qildim
Jk: men seni juda sog'indim
Tae: shu uchun ham keldim seni olib ketishga. Men bilan ketasanmi?
Jk: hech ikkilanmay. Sendan boshqa hech nimam yóq.
Ósha kuni yomg'ir yog'di.
Jungkookning qóshnisi James kóchada qoldirgan narsalarini olib kirish uchun chiqanida Jungkookning uyi tomonga qaradi moychechaklar ichida Jungkookning yotganini kórdi
James: hoyy yomg'ir yog'yapdi bunaqada shamolab qolasiz. Janob Jungkook.
Jungkook qimirlamay yotar edi.
James: eshitmadi. Shekili. Janob Jungkook... Huh bilganini qilsin. U óz uyiga kirib ketmoqchi bôlganida biroz tóxtadi va soyabon olib Jungkookning hovlisi tomon yuridi.
James: men uyimdan turib baqirdim eshitdingizmi.
Keyinchalik uni ólganiga amin bólgach Jungkookning yaqinlariga telefon qildi.
Bogum buni eshitib darhol yetib keldi.
Jungkookni Taehyungning qabri yoniga dafn qilishdi. Ammo bundan bir necha soat oldin. Bogum Jungkook kaftida mahkam qisib olgan qog'ozni topib olgan edi. U xat deb óyladi. Unda shunday sózlar yozilgan edi
Jkpov: bizdan uchishimizni talab qilishdi. Sen qanot qoqib ucha olding ammo men ucha olmadim qanotsiz quch kabi sening osmonlarga uchishingni kuzatib turdim xolos kechir. Seni albatta topaman
Va bu sózlarni Bogum Jungkookning qabr toshi ustiga ôyib yozdirdi.