April 24, 2025

Love me again

2-bob

ℒ𝒾𝓁𝓎

Lily yuragi hapqirib, Taehyung ortidan yurarkan, xayolida ming xil savol aylanardi. Qanday qilib u bu taqdirdan qochishi mumkin? Qanday qilib yuragini eshitishga jur’at topadi?

Saroy yo‘laklaridan o‘tayotganlarida, har bir devor unga ozodlik eshiklari emas, balki qamoqxonaning devorlaridek tuyulardi. Taehyung indamay yurardi. Uning qadamlarida qat’iyat, ko‘zlarida esa nimadir yashiringan — afsusmi, g‘azabmi yoki... tushunishmi?

Lily ohangdor, ammo titroq tovush bilan so‘radi:

– Nega meni to‘xtatdingiz?.. Agar bu sizning hayotingiz bo‘lsa, qochishga harakat qilmasmidingiz?

Taehyung bir zum to‘xtadi. U asta Lilyga yuzlandi.

– Agar men qochsam, bu ikki xalqning taqdiridan qochgan bo‘lardim. Men bu yerni tanladim. Sen esa... hali qaror qilmagansan.

– Men... faqat ozodlikni xohlayman. Yuragim tanlagan yo‘ldan yurishni istayman...

Taehyung yengil kulimsiradi.

– Balki sen hali yuraging nima deganini bilmassan. Lekin men seni bu siyosiy o‘yinda yo‘q bo‘lib ketishingni xohlamayman.

Ular pastki qavatga tushishdi. Marosim boshlanishiga bir necha daqiqa qolgan edi. Saroy ichida harakatlar avjida: xizmatkorlar, musiqachilar, mehmonlar — hammasi tayyorgarlik bilan band edi. Lily yuragida go‘yo ikki kuch to‘qnashayotgandi — biri taqdir, ikkinchisi esa orzu.

Toj kiyiladigan xonaga kirishdan avval Taehyung to‘xtadi.

– Hali kech emas, Lily. Agar haqiqatdan bu nikohni istamasang... men senga bir yo‘l qoldiraman.

– Yo‘l? Qanday yo‘l?

U ko‘zlarini Lilyga tikdi:

– Tunnel. Saroy bog‘i ostidagi eski yo‘l. Faqat men va otam bilamiz. U seni chegaradan tashqariga olib chiqadi. Lekin esingda bo‘lsin: bu yo‘l faqat yuraging haqiqatni aytganda ochiladi.

Lily hayratda edi. Bu taklif — bu ishonch — hammasi unga kutilmagan edi.

– Nega buning uchun yordam berayapsiz?

Taehyung ko‘zlarini yumdi, so‘ng javob berdi:

– Chunki men ham o‘zim tanlamagan yo‘lga majburman. Ammo sening yuragingni himoya qilishim mumkin bo‘lsa, hech bo‘lmaganda shuni qilay.

U asta yurib ketdi. Lily esa orqasidan qarab qoldi.

Yuragida esa bir dona savol yana paydo bo‘ldi:

"Men Taehyungga ishonishim mumkinmi?..”

> Tashqarida marosim uchun barabanlar chalinar, ichkarida esa bir yurak qaror qilish arafasida edi.

Taehyung

Marosim zaliga yaqinlasharkan, Lily yuragi gurs-gurs urardi. Taehyungning so‘nggi so‘zlari xayolidan chiqmasdi:

“Bu yo‘l faqat yuraging haqiqatni aytganda ochiladi.”

U esa... yuragiga quloq solishga harakat qilardi.

Qadamlarini to‘xtatdi. Orqasida xizmatkorlar jim turardi. Taehyung esa oldinga yurib borayotgan edi, biroq Lily qimirlamadi. U ko‘zlarini yumdi, chuqur nafas oldi. Keyin, ohangdor ovozda, ammo o‘ziga qat’iy:

– Men qochmayman...

Taehyung to‘xtadi. U asta o‘girildi. Nigohlari Lilyga qadalgandi.

– Ishonchim komil emas. Qo‘rqyapman... lekin men ketmayman, – dedi Lily ovozida kuchli titroq bilan. – Agar men bu yerda qolib, o‘zimni yo‘qotmasam... balki bu ittifoqqa o‘z yuragim bilan hissa qo‘shishim mumkin.

Taehyung bir zum indamay turdi. So‘ng asta jilmaydi — bu jilmayishda hayrat ham, yengillik ham, ehtimol, hurmat ham bor edi.

– Demak, malika bizning “ittifoqimiz”ni tanlaydi? – dedi u yumshoq ohangda, biroq chuqur ma’noda.

Lily ko‘zlarini pastga qaratdi, so‘ng yana unga tikildi:

– Men bu ittifoqda faqat qirollik emas, balki xalqim uchun yurtimni qutqarish uchun

Taehyung unga yaqinlashdi. Bu safar qo‘lidan ushlamadi, balki faqat yonida turdi.

– senga imkon berdim o'zing bilasan )

Ular yonma-yon yurib, tobutkoshlar ortidan zalga kirdilar. Musiqa sadosi ostida yig‘ilgan xalq ularga tikilib turgandi. Har bir nigohda umid, har bir yurakda kutish bor edi.

Lily yuragidagi g‘amni ichiga yutib, boshini baland tutdi.

-hammasi yurtim va oilam uchun )


Bu oxir emas🌙❤️

Memories never die !