April 24, 2025

Love me again

1-bob

ℒ𝒾𝓁𝓎

Quyosh ufqqa yaqinlashayotgan edi. Uning so‘nggi nurlari osmonni to‘q to'q sariq va binafsha ranglarga bo‘yagan. Shamol sekin esardi, havo g‘alati og‘ir edi – go‘yo tabiatning o‘zi ham yaqinlashayotgan voqeani his qilayotgandek.

Osmonga qaragan odam, yuraklar urayotgandek silkinayotgan bulutlarni ko‘rardi. Ammo bu go‘zallik ortida katta voqealik yotardi – Luvesta va Revanor qirolliklari birlashishga qaror qilgan edi. Bu ittifoq qonga to‘la tarix, chegaradagi urushlar va chuqur nafratga barham berish uchun yagona yo‘l edi.

Bu yo‘l — shahzoda Taehyung va malika Lilyning siyosiy nikohidan boshlanardi.

Lily – Revanorning eng kenja farzandi, saroy devorlari ichida ulg‘aygan bo‘lsa-da, yuragi erkinlikni, muhabbatni, osmon va she’rlardagi beg‘uborlikni orzu qilardi. U kechqurun bog‘da oy nurida she’r yozishni, osmondagi yulduzlar bilan sirli suhbatlar qurishni sevardi. U hech qachon muhabbatsiz turmush qurishni tasavvur qilmagan edi.

Ammo bugun... u siyosat qurboni bo‘lgandi.

Saroyda esa bayramona shodlik hukm surardi. Oltin to‘rlar bilan bezatilgan devorlar, gullardan yasalgan bog‘lar, mumtoz kuylar ostida yig‘ilgan mehmonlar — barchasi ushbu nikohning guvohi bo‘lish uchun kelgan.

Qirol va qirolicha, ikki qirollik elchilari, zodagonlar... Barchaning nigohi bitta nuqtaga qaratilgan edi — Luvesta shahzodasi va Revanor malikasi.

Lily oynaga tikildi. Libosi oppoq, beg‘ubor – go‘yo hech qanday qayg‘u uni ushlamagan. Sochlariga qadalgani esa... oltin toj. Ammo bu toj unga og‘ir edi – yelkasini bosardi. Ko‘zlarida esa quvonch emas, balki ichki kurash, yurakda to‘lib-toshgan savollar bor edi.

U pichirladi:

– Qirollikni qutqarish uchun muhabbatimni qurbon qilamanmi?..

Shu payt eshik ochildi. Saroy xizmatkori boshi egik holatda, yumshoq ovozda e’lon qildi:

– Luvesta qirolligining shahzodasi Taehyung keldi, malika hazratlari.

Lily to‘satdan orqasiga o‘girildi. Yuragi urib ketdi. Xizmatkor unga yaqinlashib, libosining orqa tugmalarini yopa boshladi:

– Bugun ikki qirollik, balki ikki taxt birlashadigan kun... – dedi xizmatkor ohangida hayrat bilan.

Ammo Lily past ovozda, g‘am bilan shunday dedi:

– Ammo men buni xohlamayman...

Gapini tugatishga ulgurmasdan, birdan eshik yonida turgan Taehyung unga yaqinlashdi. U sekin, ammo qat’iy harakat bilan Lilyning labiga barmog‘ini qo‘ydi.

– Malika... Sizdan kimdir xohlaysizmi, deb so‘radimi? Siz yosh bola emassiz. Yoshingiz 18 ga kiryapti. Bu qaror sizdan baland, lekin siz hali ham bu taqdirda o‘zingizni yo‘qotishingiz shart emas.

Lily jim qoldi. Nigohlari titradi. Ichidan bir narsa sinayotganini his qildi.

– Xizmatkor, tayyorlaning. Tezda pastga tushinglar, – dedi Taehyung, va yana so‘nggi marta Lilyga qarab, xonani tark etdi.

Xizmatkor bosh egdi:

– Xo‘p bo‘ladi, shahzodam.

Eshik yopildi. Lily yolg‘iz qoldi. U chuqur nafas oldi va pichirladi:

– Men albatta qochib ketaman...

– Nimadir dedingizmi, malikam?

– A? Yo‘q... yo‘q, men shunchaki... siz ketavering, menga biroz vaqt bering.

– Xo‘p, malikam. Keyin chaqiring, men eshik oldida bo‘laman.

Xizmatkor chiqib ketdi.

Lily chuqur nafas oldi, osongina olib tashlab bo‘lmaydigan tojiga qo‘lini tekkizdi.

– Uhh, Xudo shukur... endi qanday qochsam bo‘ladi? – dedi u, derazaga qarab.

Shu payt miyaga bir fikr keldi. Yotoq ustidagi parda tasmasini yechdi, keyin uni divanga bog‘ladi. Keyin yana birini, va yana... birin-ketin ulab chiqdi. So‘ng uni deraza tokchasiga bog‘lab, asta sekin pastga tushishga harakat qildi.

Saroy devorlari bo‘ylab pastga qarab siljiy boshladi. Yuragi qattiq urardi. U endi oz qolgandek edi.

Ammo... darvoza oldiga yaqinlashganida... kimdir qo‘lidan mahkam ushladi.

Lily ko‘zlarini katta ochdi. Orqasiga qaradi.

U edi.

Taehyung.

-Tea....tae..hyung ) lablarim orasidan uning ismi chiqanida butun tanam qaltirab ketdi.

-Hotinjon ) qo'limdan qattiq ushladi .

Bundan keyingi ishlar nima bo'lishini o'ylab yuragim o'ziga bosinmasdi .

U meni shunde chaqirganida meni mazax qilayotgani shunday bilib turardi .

-Mening yovvoyi hotinim qochib ketishini oldindan taxmin qilgandim ) deya qo'limdan tortib o'ziga yaqin keltirib , - senga men yoshbola kabi o'ylashni bas qil degandim ) qo'lim qattiq siqib

-A !Taehyung og'riyapti qo'yib yuboring ) qo'llarimni undan olishga urinarkanman

-Tez orqa eshikdan kirib tayyorlan bir necha soatlardan so'ng marosim boshlanadi ) meni qo'limdan tortib eshik tomon yetalarkan

Lily pov:

Hayotim davomida barcha qilgam ishlarimdan afsuslanmagan edim ammo bundan keyingi ishlarni eslab yuragim hapqirib ketardi.


Bu oxir emas❤️🌙

Memories never die !
#lily🎀